A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
165K subscribers
6.19K photos
1.1K videos
95 files
3.76K links
Download Telegram
PISA 2022 natijalari asosida “yo‘l xaritalari” tayyorlanadi
 
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA 2022 natijalari, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari va barcha hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida hududiy boshqarmalar rahbarlarining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti hamda keyingi yilga rejalashtirilgan loyihalari haqidagi axboroti tinglandi.

✔️Shundan so‘ng, PISA 2022 natijalari to‘g‘risida tahliliy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda o'zbekistonlik o‘quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.

Har birimiz bu tadqiqotlar asosida turgan nuqtamizni yaxshiroq tushunishimiz va bundan keyingi harakatni shunga qarab amalga oshirishimiz lozim. Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025-yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy  tayyorlanish zarur.

Xabaringiz bor, xorijlik ekspertlar va o‘zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyalari va barcha hudud rahbarlari takliflari asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqamiz.

Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi,
dedi Hilola Umarova.

🔴 Ma’lumot uchun: ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda OECD tashkilotining rasmiy saytida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab borishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishida maxsus platforma yo‘lga qo‘yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma’lum qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍25317🔥9
#Ayni_damda

💬“Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar”

➡️Ayni paytda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent shaharidagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida “Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

🔗Tadbir tafsilotlarini keyingi postlarimizda kuzatishingiz mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍743🔥2
“Raqamli taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini jonli kuzatishingiz mumkin.

➡️https://www.youtube.com/live/tTwC4iwT4eI?si=KtHa__VDTOycTBLg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍384🔥3
Xabaringiz bor, bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Raqamli ta‘lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

➡️Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad ta‘lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish va undan samarali foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini ta‘minlash, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolariga yechim topish hamda ularni amaliyotga joriy qilishdir.

Konferensiyada vazirlik mas’ullari, sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek amaliyotchi pedagoglar ishtirok etdi.

Konferensiyadan kutilayotgan natijalar:

- maktabgacha va maktab ta‘limi tizimi ta'lim tashkilotlarida raqamli ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

- maktabgacha va maktab ta‘limi tizimi pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish va boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

- soha xodimlarining kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida malaka oshirish ta‘limining tabaqalashtirilgan dasturlarini ishlab chiqishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

- pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etishda shaxsga yo‘naltirilgan ta‘limni amalga oshirishga ko‘maklashadigan raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍576
#foto_lavha
“Raqamli ta‘lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan foto lavhalar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥43