A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
135K subscribers
4.94K photos
993 videos
95 files
3.41K links
Download Telegram
#yangiliklar

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida konferensiya tashkil etildi.

“Zamonaviy maktablarda o‘qitish uslublari: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi mazkur rus-o‘zbek ilmiy-metodik konferensiyasi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada maktabgacha va maktab taʼlimining hududiy boshqarmasi vakillari, pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy milliy markaz vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida umumtaʼlim maktablarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, biologiya, fizika, kimyo hamda boshlang‘ich taʼlimni rus tilida o‘qitish metodikalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Konferensiya sho‘balari to‘g‘risida batafsil keyingi postlarimizda


⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Avvalgi postimizda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida konferensiya tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur ilmiy-metodik konferensiyada A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov "Umumta'lim maktablari rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi" mavzusidagi nutqi bilan ishtirok etdi.

O'z nutqi avvalida institut rektori umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida o'tkazilgan islohotlar va bu borada amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Keyingi o'rinlarda esa direktorlikka nomzodlarni tayyorlashda yo'lga qo'yilgan menejerlik kurslari hamda “Zo'r! (Класс!)” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida tinglovchilarga ko'plab ma'lumotlar berib o'tdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
A.Avloniy nomidagi MTI kutubxonasi fondini boyitish ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kutubxona fondini boyitishda tinglovchilar, maktab direktorlari, doktorantlar va institut xodimlarining ehtiyojlarini aniqlash maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

🔵So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi va eng yaxshi adabiyotlar kutubxona fondiga olib kelindi.

💬Yangi kelgan adabiyotlar bilan quyidagi havola orqali doimiy tanishtirib boriladi.

t.iss.one/AAvloniy_ARM

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI (Mamatkulova Nigora)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-METODIK KONFERENSIYA

➡️Rossiyaning A.I.Gersen nomidagi RDPU hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida "Zamonaviy maktabda dars berish metodikasi:dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar" mavzusida ilmiy - metodik konferensiya bo'lib o'tdi.

🔤Konferensiyada Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori v.v.b., pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) dotsent  Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovna,
«Историко-педагогические аспекты и передовой зарубежный опыт совершенствования системы непрерывного профессионального развития педагогов» mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

🎤Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
✈️Telegram |™️Facebook |🌐Website |▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

Manfaatlar to‘qnashuvi
- shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov Rossiya Fanlar Akademiyasi Xalqaro Assotsiatsiyasining Ta’limni rivojlantirish boʻyicha Ilmiy kengashi a’zosi boʻldi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Moskva shahrida ushbu Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kengash Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy kengashi hisoblanadi. Yig‘ilishda ilmiy kengashning tegishli milliy vazirliklar bilan hamkorlikdagi faoliyatida quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

bola va o‘smirning individual psixologik, psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy xususiyatlarini fanlararo tadqiqotlarda o‘rganish;

pedagogik taʼlimni modernizatsiya qilish;

umumiy taʼlim tizimidagi rahbar va o‘qituvchilarning malakasini oshirish;

yosh avlodni axloqiy tarbiyalash;

murabbiylikni rivojlantirish;

raqamli transformatsiya sharoitida umumtaʼlim, o‘rta kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim mazmunini yangilash;

turli yo‘nalishlarda inklyuziv taʼlim, bolalarning axborot xavfsizligini oshirish;

Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad ta'lim sohasidagi dissertatsiya ishlari sifatini hamda ulg'ayib kelayotgan yosh avlod vakillaridagi axloqiy tarbiyasini oshirishga oid masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Maʼlumot uchun: mazkur yig‘ilish tarkibiga O‘zbekiston, Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston Tojikiston, Ozarbayjon hamda Armaniston davlatlari vakillari kiritilgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Moskva shahrida bo'lib o'tayotgan Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy kengashining birinchi yig‘ilishida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov ma'ruza bilan ishtirok etdi.

🎙️"Pedagoglarni kasbiy rivojlantirishni tashkil etish" mavzusidagi nutqida institut rektori O'zbekistonda kasbiy rivojlantirish tizimida olib borilgan islohotlar, yutuqlar, muammolar va takliflar bilan o'rtoqlashdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

💬Korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yoʻlida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor boʻlishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qogʻoz, boshqa koʻrinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda oʻz xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish; korrupsiyaviy huquqbuzarlik – sodir etilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik belgilab qoʻyilgan korrupsiya alomatlariga ega xatti-harakatdir.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida umumtaʼlim maktab direktorlarining malaka oshirish kurslariga rossiyalik tajribali mutaxassislar jalb etildi

Bugun institutda “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining professori Trapitsin Sergey Yurevich hamda dotsenti Agapova Yelena Nikolayevnalar Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari rahbarlari uchun “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar olib bordi. Unda 45 nafar maktab direktorlari ishtirok etdi.

Seminar davomida lektor bugungi kunda ta'lim rivojida kuzatilayotgan xalqaro tendensiyalar, rahbar va menejer o'rtasidagi farqlar, rahbar xodimdagi liderlik qobiliyatlari, shuningdek boshqaruv, huquqiy, moliyaviy, kadrlar yollash, metodik, o'quv jarayonlarini tashkillashtirish sohalaridagi kompetentligi borasida ma'ruza qildi.

Seminarning o'ziga xos tomoni shunda bo'ldiki, bunda faqat ma'ruza qilish bilangina cheklanilmasdan, mavzuga oid hayotiy masalalar ham muhokama etildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlari davom etmoqda

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida onlayn o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗣Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy- nazorat bo`yicha ma'sul xodim D.A.Rejapova tinglovchilarga korrupsiya haqida tushuntirib o‘tdi.

✏️Poraxo‘rlik va unga qarshi jazoning qo‘llanilishi, korrupsiya jamiyatning iqtisodiga va barqaror rivojlanishiga, fuqarolarni qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va erkinliklari, manfaatlarini buzilishiga olib kelishini taʼkidladi.

Bundan tashqari korrupsiyaning salbiy oqibatlari, ularni kelib chiqish omillari hamda bartaraf etish usullariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Seminar so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

✈️ Telegram | 🔵Facebook |▶️YouTube | 😀 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

“ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida olib borilayotgan seminarning ikkinchi kuni amaliy munozaralarga boy o'tdi

Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida olib borilayotgan “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminarning ikkinchi kunida Toshkent viloyatidagi maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarning bu galgi qismidagi ma'ruza dotsent Agapova Yelena Nikolayevna tomonidan olib borilib, tadbirning dastlabki qismi ham nazariy ham muloqot shaklida o'tkazildi. Ushbu jarayon davomida lektor "Ta'lim tashkilotlari rahbarlarining muhim kompetensiyalari" mavzusida ma'ruza qilib, zamonaviy ta'lim rivojining muhim yo'nalishlari, direktorning mehnat vazifalari, liderlikning besh turdagi ko'rinishlari hamda liderning samarali xarakterlari haqida tushunchalar berib o'tdi.

Seminarning navbatdagi qismida esa qatnashchilar ikki guruhga bo'lingan holda auditoriyalarda amaliy mashg'ulotlarni olib bordilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM