A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
131K subscribers
4.99K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
#yangiliklar

🗣Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan pedagoglarga qayta imkoniyat yaratilmoqda

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda, joriy yilning 4–15-dekabr kunlari maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o'tkazildi.

Ayrim o'qituvchilar texnik sabablar
tufayli diagnostika testlarida belgilangan vaqtda qatnasha olmagan.

Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

18-dekabr kuni

➡️Fizika
➡️Matematika
➡️Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
➡️Informatika va axborot texnologiyalari
➡️Tarix
➡️Davlat va huquq asoslari
➡️Musiqa madaniyati
➡️Tasviriy san’at va chizmachilik
➡️Texnologiya
➡️Iqtisodiy bilim asoslari
➡️Tarbiya
➡️Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
➡️Boshlang‘ich ta’lim

19-dekabr kuni

➡️O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
➡️Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➡️Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
➡️Ingliz tili
➡️Nemis tili
➡️Fransuz tili
➡️Davlat (o‘zbek) tili
➡️Davlat (qoraqalpoq) tili
➡️Kimyo
➡️Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
➡️Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➡️Biologiya
➡️Geografiya

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti mahalliy hamkorlari sonini yana bittaga oshirdi

🗣️ Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xalqaro va mahalliy hamkorlik faoliyatini kengaytirish doirasida muntazam ishlar olib bormoqda. Bu galgi hamkorlik aloqalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan o'rnatildi.

🔵Hamkorlikning asosi quyidagi yo'nalishlarga qaratilgan:

Ilmiy va madaniy-ma'rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni o'tkazishda hamkorlik qilish;
Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish. Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi.ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlariga ko`maklashish;
Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari;

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🆕Menejerlik trening kurslarida nimalar o'rgatildi?

Yuqoridagi lavhada kurs jarayonlari va ishtirokchilar fikrlarini kuzatishingiz mumkin.

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

✈️ Telegram | 🔵Facebook | YouTube😀Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

📢Diqqat!

🔵 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!

👩‍🏫 SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi.

MAVZU: “RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FANLARARO INTEGRATSIYANI QOʻLLASHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: XALQARO TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI ”

📢 Sizni mazkur konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓 O‘tkazish sanasi: 2024-yil 15-16-mart

🕓Boshlanish vaqti: soat 10:00

🔗 Konferensiya havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/87953376629?pwd=L0VUd2tLYXFZR0QrejIyZEJZY3JGdz09

🔒Konferensiya identifikatori
879 5337 6629

🔑Kodi:2024

Konferensiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

💎Dastur ➡️batafsil Sirdaryomoi.uz

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar_Ozarbayjon

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘yicha delegatsiya aʼzolari xizmat safari bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibdi.

Bugun Baku shahrida o‘tkazilayotgan PISA bo‘yicha II ICESCO vazirlar konferensiyasida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rektori, PISA boshqaruv kengashi aʼzosi A.Ismailov "Maktabda taʼlim olish muhiti hamda o‘quvchilarning osoyishtaligi” mavzusida taqdimot qildi.

Konferensiya tafsilotlari to‘g‘risida keyingi postlarda.

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🚀
Telegram | 🔵Facebook
🎬
YouTube | 📷Instagram
#yangiliklar
#xalqaro_hamkorlik
#Ozarbayjon

Baku shahrida hamkorlik memorandumi imzolandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari S.Radjabov boshchiligidagi delegatsiyaning Bakuga tashrifi doirasida А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori А.Ismailov Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim institutida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim instituti rektori Аliyev Elnur Gazanfar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Xususan, maktab rahbarlari salohiyatini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy taʼminotni yaxshilash, shuningdek, baholash natijalaridan rivojlanish maqsadlarida foydalanishda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring


🚀
Telegram | 🔵Facebook
🎬
YouTube | 📷Instagram
#yangiliklar

Navbatdagi malakaviy imtihon jarayonlari bo'lib o'tdi

A.Avloniy milliy-tadqiqot institutida 13.00.07-Ta’limda menjement (maktab ta’limi yo‘nalishi) ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihonda jami 11 nafar talabgorlar ishtirok etdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  📸 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Ilmiy tadqiqotchining dissertatsiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi

A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha Ilmiy darajalar beruvchi PhD. 28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda institutning tayanch doktoranti Sanobar Turayevaning "Innovatsion yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitish usullari" mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar a'zolarining muhokamasidan keyin tadqiqotchi S. Turayevaning dissertatsiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  📸 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

"Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar"
konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha trening kurslarining birinchi kunidan lavhalar

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

📱 Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  📸 Instagram
#yangiliklar

Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha o’tkazilayotgan trening kurslarining ikkinchi kuni oʻzgarishlar murakkabliklarini yoʻnaltirish, maqsadlar hamda
oʻzgarish dinamikasini anglash doirasida olib borildi.

Singapurlik ta’lim eksperti Attaju Kanan Ramdas tomonidan olib borilayotgan kurslarda oʻzgarishlarning murakkabliklari va emotsional jihatlarini anglash, qarshiliklarni boshqarish va yoʻnaltirish bo’yicha ko’nikmalar berildi.

Mashg’ulotda ishtirokchilar oʻzgarishlarga qanday munosabatda boʻlganligi haqida mulohaza yuritishi va oʻzgarishlarni amalga oshirishga taʼsir qilishi bilan bogʻliq boʻlgan his- tuygʻular va qiyinchiliklarni tushunish haqida fikr yuritdilar.

Shuningdek, individual va guruhda fikrlash, jamoaviy muhokama, kun davomida olingan bilimlarni sintez qildilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

📱 Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  📸 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha o’tkazilgan trening kurslarining uchinchi kuni oʻzgarish uchun liderlikni rivojlantirish doirasida davom ettirildi.

Bunda liderlik koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻqituvchilarni rivojlantirishni qoʻllab‐quvvatlash modullari bo‘yicha mashg'ulotlar olib borildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram