A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
132K subscribers
4.97K photos
1K videos
95 files
3.42K links
Download Telegram
💬PISA 2022 tadqiqoti natijalarini tahlil qilishda O’zbekiston vakili ishtirok etmoqda

Xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari OECD tashkilotida davom etmoqda.

PISA 2022 dasturi doirasida El Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukrainiya, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O’zbekiston vakili ham Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etmoqda.

✏️Mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.

Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotning xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari,
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabr etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
Aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi 🔔

🇺🇿 Bugun — 4-sentabr kuni mamlakatimiz maktablarida 2023-2024- o‘quv yili boshlandi.

Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta‘lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 101-son umumtaʼlim maktabida bolajonlar hayajoni va quvonchiga sherik bo‘lib, videolavha tayyorladik.

Yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda misrlik taʼlim bo‘yicha mutaxassis Samy Soliman ham ishtirok etdi.

📚Maktabga qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘asi topshirildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

ҚАЙСИ НОПЕДАГОГ КАДРЛАР ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ КУРСЛАРИДА ТАҲСИЛ ОЛИШЛАРИ МУМКИН?

📣ДИҚҚАТ!

🔼Навбатдаги қайта тайёрлаш курслари тўғрисида

➡️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти Тасвирий санъат ва чизмачилик фани ўқитувчиси ҳуқуқини бериш бўйича касбий ва педагогик қайта тайёрлаш курсларини эълон қилади 👇🏻

✔️Олий маълумотли қуйидаги мутахассислар:

➡️Амалий санъат

➡️Безакчи-рассом

➡️Инженерлик соҳасидаги йўналишлар

✔️Бакалавр ва магистрлар:

➡️Санъатшунослик (тасвирий ва манзарали амалий санъат)
➡️Амалий санъат (турлари бўйича)
➡️Рангтасвир (турлари бўйича)
➡️Ҳайкалтарошлик (турлари бўйича)
➡️Дизайн (тасвирий, манзарали ва амалий санъат)
➡️Муҳандислик иши таълим соҳаси
➡️Транспорт таълим соҳаси
➡️Қишлоқ хўжалиги техникаси таълим соҳаси
➡️Ишлаб чиқариш техник билим соҳаси

🌐Бизнинг манзил: Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, Зиё кўчаси 6-уй
Мурожаат учун телефонлар: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

💬Савол ва таклифларингизни https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov телеграм гуруҳига йўллашингиз мумкин.

🤫Бошқа йўналишлар бўйича навбатдаги постларимизда.

⚠️ Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Касбга_ўқитиш
#Oqdaryo_tajribasi

Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Odil Abdurahmonov:

Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi va o’quv dasturlarini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.

Hilola Umarova
:

Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak.

❗️Endi malaka oshirish institutlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi.

🔴
Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi.

👉
Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234
#LMS_haqida

Endi platformada tinglovchi o'z fanini o'zi o'zgartira olish imkoniyati mavjud

2023-yildan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshiruvchi tinglovchilar uchun bir qancha yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Bu haqida bir qancha postlarimizda ham yoritib borgan edik.

Endilikda yana shunday imkoniyatlardan biri — bir nechta fandan malaka oshiradigan tinglovchi tizim adminlari yordamisiz ortiqcha vaqt sarf etmasdan, fanlarini (lavozimini) o'zgartira olishi mumkin. Faqatgina tinglovchi, avvalo, tizimga malaka oshirishi lozim bo'lgan fanlarni (lavozim) kiritgan bo'lishi shart.

Tinglovchi birinchi fanidan sertifikat olgandan so'ng, platformaning malaka oshirish qismida "LAVOZIMNI TANLASH" tugmasi paydo bo'ladi. 👆👆👆

Tizimga bir nechta fanlarni kiritish bo'yicha videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM