A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.93K photos
990 videos
95 files
3.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul qilingan talabgorlar DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida mustaqil izlanuvchilikka qabul eʼlon qilingan edi.

🎙 Bugun, 29-fevral soat 10 - 00 da milliy-tadqiqot institutida 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbat bo'lib o'tadi.

🎬Suhbat jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli kuzatishingiz mumkin:

💬 https://www.youtube.com/avloniyuzb

📍Manzil: Toshkent, Ziyo ko'chasi, 6-uy
Asosiy o‘quv binosi, 103-xona


⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

Amaliy topshiriqlar ishida tinglovchilar tanlanma muammoli mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandi hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, muammolarning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

💬Tinglovchilarning amaliy topshiriqlar taqdimoti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan shakllantirilgan, tajribali mutaxassislardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlaridagi ishtiroki
#uzbekiston24

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari oʻzbekistonlik oʻquvchilarining PISA xalqaro tadqiqotlaridagi ishtiroki, keyingi tadqiqotlarga tayyorgarlik hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida “Oʻzbekiston24” telekanali orqali maʼlumot berishdi.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/CfwsoRQnqz4

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi!

💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida 2024-yil 1-mart kuni TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etadilar.

♨️Ma'lumot o'rnida:
▪️TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayoni natijalariga ko‘ra 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha 14 nafar talabgor va 13.00.07-Ta’limda menjement ixtisosligi bo‘yicha 23 nafar talabgor MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul qilindi. Jarayonlar onlayn translyatsiya orqali yoritib borildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
🌺🌺🌺

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida jamoa ayol-qizlari uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori A.Ismailov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Institut rektorining xorijiy maslahatchisi Islam Elhadary ham ayol-qizlarni bayram bilan qutladi.

Bayram tadbirida ayollar uchun tayyorlangan tabrik videoroligi namoyish etildi.

Jamoaning faol ayol-qizlari tashakkurnoma bilan taqdirlanib, barcha xotin-qizlar uchun bayram sovg‘alari ulashildi hamda ajoyib kuy-taronalar yangradi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM