A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
142K subscribers
4.87K photos
982 videos
95 files
3.39K links
Download Telegram
#таълим_ислоҳотлари
#конференция

Ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

❗️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini yanada takomillashtirish, bu boradagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘z ishini mavzuga doir qator shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

Unda ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilg‘or xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1358

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT!

📍 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-dekabr kuni soat 12:00da matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: "Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari"

🏢Manzil: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

Matbuot anjumanini agentlikning facebookdagi (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1441275100062629/) sahifasi orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги матбуот анжумани
#1dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

✏️Ushbu konferensiyadan ko'zlangan maqsad boshlang‘ich ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini tashkil qilish va takomillashtirish borasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga doir samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdir.

Konferensiya o‘z ishini shoʻbalarda davom ettirdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hayot davomida o‘qish
Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini takomillashtirishdan iborat.

🟢Bunda diagnostika natijalari asosida tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilishi va bunda diagnostika natijalari guruhlarga ajratilgan hamda ushbu guruhlarga mos o‘quv reja va dasturlarining ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali onlayn  ravishda va test shaklida o‘tkaziladi, unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni kompyuter orqali topshirishlari mumkin.

📱Shuningdek, barcha gadjetlar, ya’ni, telefon, planshet, noutbuklar yordamida mobil versiyalar orqali ham testlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Cўраган_эдингиз
#Ilmiy_tadqiqot

⚡️Xabar berganimizdek, bugun maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mavzuga doir savollarga mutasaddilar tomonidan javob berib o‘tildi.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari natijalari oylik maoshga ta’sir qiladimi?

Ta'kidlash joiz, diagnostika natijalari o‘qituvchilar uchun hech qanday moliyaviy va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ularning oylik maoshlari, toifalari yoki mehnat faoliyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mazkur test jarayonlari malaka oshirish kurslari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidlash mumkin bo‘ladi.

Diagnostika natijalari e’lon qilinmaydi va faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram