A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
133K subscribers
4.97K photos
995 videos
95 files
3.41K links
Download Telegram
#PISA
#Parij

Fransiyaning Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD) PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari O’zbekiston vakili ishtirokida bo’lib o’tdi.

❗️Dastur doirasida Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukraina, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bosh mutaxasisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalari tahliliga bag‘ishlangan treninglarida ishtirok etdi.

⚡️Ma'lumot uchun, mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.

✔️Ta'kidlash joiz, trening jarayonlarida orttirilgan tajribalar asosida kelgusida mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.

❗️Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotlarining xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova: “Maqomi yuksak pedagoglar ishidan, davlatdan rozi bo’lib yashaydi”

👉Batafsil:
“Yangi O’zbekiston” gazetasida

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzi kitoblar bizning hayotga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiradi. Sizni qaysi adabiyotlar qiziqtiradi?

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining navbatdagi so‘rovnomasi institutning Axborot-resurs markazi kutubxona fondini boyitishga qaratilgan.

✏️Pedagog-ustozlardan, institut xodimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilaridan kutubxona fondini qanday adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha takliflar kutib qolamiz.

💬Sizning fikringiz biz uchun muhim. So‘rovnomadagi ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!

✏️So‘rovnomada ishtirok etish

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.

🎓 Doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

📄 Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan – 15-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/24

📞 Bog'lanish uchun: (71) 246-06-63

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakillari TALIS-2024 tadqiqoti doirasida Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilayotgan Milliy loyiha menejerlari va maʼlumotlar boshqaruvchilarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Capstan ligvistika markazi jamoasi hamda tadqiqotda ishtirok etuvchi mamlakatlardan 100 dan ortiq vakillar ishtirokida o‘tayotgan ushbu uchrashuvni Sloveniya Taʼlim vaziri janob Dr Darjo Felda ochib berdi hamda TALIS-2024 tadqiqotida barcha tashkilotchilar hamda ishtirokchi davlatlarga muvaffaqiyat tiladi.

👨‍💼 Uchrashuv davomida tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab direktorlari va o‘qituvchilarini tanlab olish tamoyillari, 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan asosiy tadqiqotda foydalaniladigan so‘rovnoma materiallarini moslashtirish, tarjima qilish va xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazish hamda tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarida foydalaniladigan maxsus onlayn dasturiy vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.

🗓 Institut vakillari umumiy uchrashuvlardan tashqari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning tanlov jarayonlari bo‘yicha xalqaro ekspert Ralph Carsten hamda maʼlumotlar boshqaruv jamoasi (IEA Data Management team) boshlig‘i Renato Coppi bilan tor doiradagi uchrashuvlarda ishtirok etib, tadqiqotda ishtirok etuvchi maktablar tanlovining hozirgi kundagi holati hamda asosiy sinovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashdilar.


🛍 Ushbu xalqaro uchrashuv doirasida orttirilgan tajribalar kelgusida O‘zbekistonning TALIS-2024 tadqiqotda munosib ishtirok etish uchun xizmat qiladi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_tayyorlov

QAYSI NOPEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

📣DIQQAT!

💬Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida:
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Tarix fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻

✔️Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:

. Falsafa
. Siyosatshunoslik
. Huquqshunoslik
. Dinshunoslik
. Sotsiologiya
. Arxivshunoslik
. Arxeologiya

✔️Bakalavr va magistrlar:

➡️Falsafa
➡️Siyosatshunoslik
➡️Huquqshunoslik
➡️ Dinshunoslik
➡️Sotsiologiya
➡️Arxivshunoslik
➡️Arxeologiya
➡️Ijtimoiy ish

⚠️Bizning manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

📞Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

💬Savol va takliflaringizni https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

🔼Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🔔 A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Axborot-resurs markazi tinglovchilar, maktab direktorlari, doktorantlar va institut xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida o'zining telegram sahifasini yaratdi.

➡️ Kanalda magistr va doktorantura yo'nalishi talabalari uchun turli xildagi ilmiy va badiiy adabiyotlar, maqolalar va ko'plab manbalar, мaktab direktorlari uchun "Maktabni boshqarish san'ati", "Umumiy Pedagogika" va shu kabi boshqa qiziqarli kitoblar tinglovchi va xodimlar uchun ham o'z sohalariga oid va sohadan tashqari qiziqarli badiiy adabiyotlarni qamrab olgan elektron kitob bazasi, audiokitoblar va ajoyib faktlarga to'la yangiliklar yoritib boriladi.

✏️Bizning sahifamizda bundan tashqari "muloqot chati" tashkil qilingan bo'lib, unda siz o'zingizga kerakli bo'lgan adabiyotni yozib qoldirsangiz, biz sizga ushbu kitoblarni topishingizda amaliy yordam beramiz.

📶Marhamat!
Quyidagi ssilka orqali elektron kutubxonamizga qo'shilishingiz mumkin.

t.iss.one/AAvloniy_ARM
t.iss.one/arm_murojaatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

ҚАЙСИ НОПЕДАГОГ КАДРЛАР ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ КУРСЛАРИДА ТАҲСИЛ ОЛИШЛАРИ МУМКИН?

📣ДИҚҚАТ!

🔼Навбатдаги қайта тайёрлаш курслари тўғрисида

➡️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти Тасвирий санъат ва чизмачилик фани ўқитувчиси ҳуқуқини бериш бўйича касбий ва педагогик қайта тайёрлаш курсларини эълон қилади 👇🏻

✔️Олий маълумотли қуйидаги мутахассислар:

➡️Амалий санъат

➡️Безакчи-рассом

➡️Инженерлик соҳасидаги йўналишлар

✔️Бакалавр ва магистрлар:

➡️Санъатшунослик (тасвирий ва манзарали амалий санъат)
➡️Амалий санъат (турлари бўйича)
➡️Рангтасвир (турлари бўйича)
➡️Ҳайкалтарошлик (турлари бўйича)
➡️Дизайн (тасвирий, манзарали ва амалий санъат)
➡️Муҳандислик иши таълим соҳаси
➡️Транспорт таълим соҳаси
➡️Қишлоқ хўжалиги техникаси таълим соҳаси
➡️Ишлаб чиқариш техник билим соҳаси

🌐Бизнинг манзил: Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, Зиё кўчаси 6-уй
Мурожаат учун телефонлар: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

💬Савол ва таклифларингизни https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov телеграм гуруҳига йўллашингиз мумкин.

🤫Бошқа йўналишлар бўйича навбатдаги постларимизда.

⚠️ Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar
Pedagoglar uchun yana bir qulaylik

Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidan ro'yxatdan o'tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi

🗣️ Xabaringiz bor, yaqin kunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmaganligi bois tinglovchilarning ma’lumotlari mutaxassislar tomonidan tekshirilib, faollashtirildi. Bu esa, ma'lum vaqt talab qilib, ustozlarning malaka oshirish jarayonini boshlashini cho'zilishiga sabab bo'layotgan hamda pedagog xodimlarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan edi.

📈 Endilikda "Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi hukumatning One ID – Yagona identifikatsiya tizimi bilan to'liq integratsiya qilindi. Bu esa roʻyxatdan oʻtgan va oʻzi haqidagi ma’lumotlarni toʻliq kiritgan tinglovchilarning akkauntlarini avtomatik tarzda faollashtirish imkonini beradi.

Endi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, akkauntingizni faollashtirish uchun institutning Onlinedu.uz/Rasmiy 24/7 сhatiga murojaat qilib, soatlab kutishingiz shart emas.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.

🎓 Doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

📄 Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan – 15-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/24

📞 Bog'lanish uchun: (71) 246-06-63

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Direktor - tinglovchi: so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan mavzular dars jadvaliga kiritildi

🎙️ Tinglovchi: o‘quvchiga erkinlik berish kerak;

👨‍🏫 O‘qituvchi: o‘quvchilarda yozma nutqni rivojlantirish kerak;

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida kasbiy rivojlantirish kurslari maktab direktorlarining ehtiyojlari asosida tashkil etilmoqda. Bugun joriy haftada tashkil etilgan kurs tinglovchilarining fikrlarini tingladik.

🎞 Yuqoridagi video lavha shu haqida. 👆👆👆

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari endi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida

Respublikamizdagi koʻp sonli boshlang‘ich ta’lim oʻqituvchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshlangʻich sinf fanlari (Informatika va AT, Matematika, Ona tili, Oʻqish savodxonligi, Alifbe, Tarbiya, Texnologiya, Tasviriy sanʼat va Tabiiy fanlar) boʻyicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.

Endi siz profilingizda joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

✉️Kurs yakunida sizga ushbu kursni oʻqiganligingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.

💻 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun moʻljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan boʻlib, ushbu kurslarda Respublika boʻyicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.

Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Institut doktorant va xodimlari uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etildi

Institut rektori tashabbusi bilan xodimlar va doktorantlar uchun ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra, bepul kurslar tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

Bugundan institutda doktorantlarga Ingliz tilini maqsadli o‘qitish akademiyasi (English Specific Purpose Academy) tomonidan birinchi dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bunda asosan, doktorantlarning ilmiy izlanishlariga oid tizimli kurs mashg‘ulotlarini olib borish ko‘zda tutilgan.

Ushbu bepul kurslardan qilingan maqsad, institut xodimlari va doktorantlarining chet tilini bilish darajasini ko‘tarish va salohiyatini oshirishdir.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️Metodistlar uchun zamonaviy ilg‘or metodikalarga asoslangan malaka oshirish kurslari boshlandi

Umumtaʼlim maktablaridagi taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy o‘sib borishini taʼminlash, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlarini, malaka va ko‘nikmalarini muntazam oshirishda metodistlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega.

9-oktyabr sanasidan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining 30 nafar metodistlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Kurslar zamonaviy ilg‘or metodikalar asosida taʼlim jarayonlarini tashkil qilish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarni taʼminlashga qaratilgan dasturlar asosida olib boriladi.

Kursning olib borilishi va tinglovchilar fikr-mulohazalarini keyingi postlarimizda kuzatishingiz mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM