Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!
Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.
Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.
Muhtaram muallimlar!
Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.
Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.
Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.
Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!
Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!
Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!
Ehtirom bilan,
Hilola Umarova

Уважаемые преподаватели и наставники, дорогие коллеги!
Я счастлива вести свою деятельность в сфере образования Нового Узбекистана, где честь учителя чтится каждый день, а качество образования и школьные вопросы стали приоритетом государственной политики. Мне доставляет огромную радость и гордость приветствовать вас с праздником в эти благоприятные минуты, когда статус учителя почитается и достоинство учителя укрепляется законом.
Дорогие учителя!
В ваших руках не только воспитываются завтрашние хозяева нашей страны, но и окутываются с безграничной любовью, терпением, драгоценным временем и вниманием. Путь просвещения, которого вы указываете молодому поколению, даст возможность формированию светлого будущего.
Еще раз хочу подчеркнуть, что вы являетесь обладателем столь непростой и почетной профессии, которая требует от вас безусловной самоотдачи!
Верю, что вы самоотверженно поднимете качество образования в нашей стране на высокий уровень и, как сказал Глава нашего государства, не пожалеете сил, чтобы воспитать наших детей способными взять на себя ответственность за судьбу и будущее нашего народа.
От всей души поздравляя всех вас с праздником, в памяти проносятся знаменитые строки о высокой мечте великого поэта «Как бы мне хотелось, чтобы меня называли учителем!».
Желаю, чтобы вы просвещали сердца подрастающих поколений, чтобы ваше тело имело неиссякаемую силу, душа была счастлива, семья была благословлена, а ваш труд имел большой успех!
Пусть статус учителя всегда будет таким, как сегодня, пусть наш праздник будет вечным!
С уважением, Хилола Умарова

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#PISA
#Parij
✅ Fransiyaning Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD) PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari O’zbekiston vakili ishtirokida bo’lib o’tdi.
❗️Dastur doirasida Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukraina, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bosh mutaxasisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalari tahliliga bag‘ishlangan treninglarida ishtirok etdi.
⚡️Ma'lumot uchun, mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.
✔️Ta'kidlash joiz, trening jarayonlarida orttirilgan tajribalar asosida kelgusida mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
❗️ Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotlarining xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Parij
✅ Fransiyaning Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD) PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari O’zbekiston vakili ishtirokida bo’lib o’tdi.
❗️Dastur doirasida Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukraina, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bosh mutaxasisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalari tahliliga bag‘ishlangan treninglarida ishtirok etdi.
⚡️Ma'lumot uchun, mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.
✔️Ta'kidlash joiz, trening jarayonlarida orttirilgan tajribalar asosida kelgusida mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
👉Batafsil: “Yangi O’zbekiston” gazetasida
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️So‘rovnomada ishtirok etish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.
🎓 Doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.
📄 Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan – 15-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
⏩ Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/24
📞 Bog'lanish uchun: (71) 246-06-63
⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸 Instagram

#yangiliklar
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakillari TALIS-2024 tadqiqoti doirasida Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilayotgan Milliy loyiha menejerlari va maʼlumotlar boshqaruvchilarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
✅ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Capstan ligvistika markazi jamoasi hamda tadqiqotda ishtirok etuvchi mamlakatlardan 100 dan ortiq vakillar ishtirokida o‘tayotgan ushbu uchrashuvni Sloveniya Taʼlim vaziri janob Dr Darjo Felda ochib berdi hamda TALIS-2024 tadqiqotida barcha tashkilotchilar hamda ishtirokchi davlatlarga muvaffaqiyat tiladi.
👨💼 Uchrashuv davomida tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab direktorlari va o‘qituvchilarini tanlab olish tamoyillari, 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan asosiy tadqiqotda foydalaniladigan so‘rovnoma materiallarini moslashtirish, tarjima qilish va xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazish hamda tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarida foydalaniladigan maxsus onlayn dasturiy vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.
🗓 Institut vakillari umumiy uchrashuvlardan tashqari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning tanlov jarayonlari bo‘yicha xalqaro ekspert Ralph Carsten hamda maʼlumotlar boshqaruv jamoasi (IEA Data Management team) boshlig‘i Renato Coppi bilan tor doiradagi uchrashuvlarda ishtirok etib, tadqiqotda ishtirok etuvchi maktablar tanlovining hozirgi kundagi holati hamda asosiy sinovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashdilar.
🛍 Ushbu xalqaro uchrashuv doirasida orttirilgan tajribalar kelgusida O‘zbekistonning TALIS-2024 tadqiqotda munosib ishtirok etish uchun xizmat qiladi.
⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakillari TALIS-2024 tadqiqoti doirasida Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilayotgan Milliy loyiha menejerlari va maʼlumotlar boshqaruvchilarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_tayyorlov
❓ QAYSI NOPEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?
📣 DIQQAT!
💬 Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida:
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Tarix fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻
✔️ Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:
. Falsafa
. Siyosatshunoslik
. Huquqshunoslik
. Dinshunoslik
. Sotsiologiya
. Arxivshunoslik
. Arxeologiya
✔️ Bakalavr va magistrlar:
➡️ Falsafa
➡️ Siyosatshunoslik
➡️ Huquqshunoslik
➡️ Dinshunoslik
➡️ Sotsiologiya
➡️ Arxivshunoslik
➡️ Arxeologiya
➡️ Ijtimoiy ish
⚠️ Bizning manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64
💬 Savol va takliflaringizni https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.
🔼 ⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸 Instagram
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Tarix fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻
. Falsafa
. Siyosatshunoslik
. Huquqshunoslik
. Dinshunoslik
. Sotsiologiya
. Arxivshunoslik
. Arxeologiya
Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
А.Авлоний. Қайта тайёрлаш. 9:00 дан 18:00 га қадар иш кунида мурожаат қилишингиз мумкин
Мурожаатларни иш вақтига қараб, имкон қадар тез, иш кўпайганда эса 72 соат ичида жавоб берилади.
712469022, 555080667 (2)
Манзил: Олмазор тумани Зиё кўчаси 6-уй
712469022, 555080667 (2)
Манзил: Олмазор тумани Зиё кўчаси 6-уй
#yangiliklar
🔔 A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Axborot-resurs markazi tinglovchilar, maktab direktorlari, doktorantlar va institut xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida o'zining telegram sahifasini yaratdi.
➡️ Kanalda magistr va doktorantura yo'nalishi talabalari uchun turli xildagi ilmiy va badiiy adabiyotlar, maqolalar va ko'plab manbalar, мaktab direktorlari uchun "Maktabni boshqarish san'ati", "Umumiy Pedagogika" va shu kabi boshqa qiziqarli kitoblar tinglovchi va xodimlar uchun ham o'z sohalariga oid va sohadan tashqari qiziqarli badiiy adabiyotlarni qamrab olgan elektron kitob bazasi, audiokitoblar va ajoyib faktlarga to'la yangiliklar yoritib boriladi.
✏️ Bizning sahifamizda bundan tashqari "muloqot chati" tashkil qilingan bo'lib, unda siz o'zingizga kerakli bo'lgan adabiyotni yozib qoldirsangiz, biz sizga ushbu kitoblarni topishingizda amaliy yordam beramiz.
📶 Marhamat!
Quyidagi ssilka orqali elektron kutubxonamizga qo'shilishingiz mumkin.
t.iss.one/AAvloniy_ARM
t.iss.one/arm_murojaatlar
Quyidagi ssilka orqali elektron kutubxonamizga qo'shilishingiz mumkin.
t.iss.one/AAvloniy_ARM
t.iss.one/arm_murojaatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
❓ ҚАЙСИ НОПЕДАГОГ КАДРЛАР ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ КУРСЛАРИДА ТАҲСИЛ ОЛИШЛАРИ МУМКИН?
📣 ДИҚҚАТ!
🔼 Навбатдаги қайта тайёрлаш курслари тўғрисида
➡️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти Тасвирий санъат ва чизмачилик фани ўқитувчиси ҳуқуқини бериш бўйича касбий ва педагогик қайта тайёрлаш курсларини эълон қилади 👇🏻
✔️ Олий маълумотли қуйидаги мутахассислар:
➡️ Амалий санъат
➡️ Безакчи-рассом
➡️ Инженерлик соҳасидаги йўналишлар
✔️ Бакалавр ва магистрлар:
➡️ Санъатшунослик (тасвирий ва манзарали амалий санъат)
➡️ Амалий санъат (турлари бўйича)
➡️ Рангтасвир (турлари бўйича)
➡️ Ҳайкалтарошлик (турлари бўйича)
➡️ Дизайн (тасвирий, манзарали ва амалий санъат)
➡️ Муҳандислик иши таълим соҳаси
➡️ Транспорт таълим соҳаси
➡️ Қишлоқ хўжалиги техникаси таълим соҳаси
➡️ Ишлаб чиқариш техник билим соҳаси
🌐 Бизнинг манзил: Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, Зиё кўчаси 6-уй
Мурожаат учун телефонлар: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64
💬 Савол ва таклифларингизни https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov телеграм гуруҳига йўллашингиз мумкин.
🤫 Бошқа йўналишлар бўйича навбатдаги постларимизда.
⚠️ Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸 Instagram
Мурожаат учун телефонлар: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
А.Авлоний. Қайта тайёрлаш. 9:00 дан 18:00 га қадар иш кунида мурожаат қилишингиз мумкин
Мурожаатларни иш вақтига қараб, имкон қадар тез, иш кўпайганда эса 72 соат ичида жавоб берилади.
712469022, 555080667 (2)
Манзил: Олмазор тумани Зиё кўчаси 6-уй
712469022, 555080667 (2)
Манзил: Олмазор тумани Зиё кўчаси 6-уй
#yangiliklar
✅ Pedagoglar uchun yana bir qulaylik
Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidan ro'yxatdan o'tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi
🗣️ Xabaringiz bor, yaqin kunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmaganligi bois tinglovchilarning ma’lumotlari mutaxassislar tomonidan tekshirilib, faollashtirildi. Bu esa, ma'lum vaqt talab qilib, ustozlarning malaka oshirish jarayonini boshlashini cho'zilishiga sabab bo'layotgan hamda pedagog xodimlarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan edi.
📈 Endilikda "Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi hukumatning One ID – Yagona identifikatsiya tizimi bilan to'liq integratsiya qilindi. Bu esa roʻyxatdan oʻtgan va oʻzi haqidagi ma’lumotlarni toʻliq kiritgan tinglovchilarning akkauntlarini avtomatik tarzda faollashtirish imkonini beradi.
❌ Endi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, akkauntingizni faollashtirish uchun institutning Onlinedu.uz/Rasmiy 24/7 сhatiga murojaat qilib, soatlab kutishingiz shart emas.
⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸
Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidan ro'yxatdan o'tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.
🎓 Doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.
📄 Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan – 15-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
⏩ Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/24
📞 Bog'lanish uchun: (71) 246-06-63
⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸 Instagram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar
Direktor - tinglovchi: so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan mavzular dars jadvaliga kiritildi
🎙️ Tinglovchi: o‘quvchiga erkinlik berish kerak;
👨🏫 O‘qituvchi: o‘quvchilarda yozma nutqni rivojlantirish kerak;
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida kasbiy rivojlantirish kurslari maktab direktorlarining ehtiyojlari asosida tashkil etilmoqda. Bugun joriy haftada tashkil etilgan kurs tinglovchilarining fikrlarini tingladik.
🎞 Yuqoridagi video lavha shu haqida. 👆 👆 👆
⚠️ Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook |📹 YouTube | 📸 Instagram
Direktor - tinglovchi: so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan mavzular dars jadvaliga kiritildi
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida kasbiy rivojlantirish kurslari maktab direktorlarining ehtiyojlari asosida tashkil etilmoqda. Bugun joriy haftada tashkil etilgan kurs tinglovchilarining fikrlarini tingladik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar
Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari endi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida
✅ Respublikamizdagi koʻp sonli boshlang‘ich ta’lim oʻqituvchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshlangʻich sinf fanlari (Informatika va AT, Matematika, Ona tili, Oʻqish savodxonligi, Alifbe, Tarbiya, Texnologiya, Tasviriy sanʼat va Tabiiy fanlar) boʻyicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.
Endi siz profilingizda joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.
✉️ Kurs yakunida sizga ushbu kursni oʻqiganligingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.
💻 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun moʻljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan boʻlib, ushbu kurslarda Respublika boʻyicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.
Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.