A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
131K subscribers
4.99K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
#1_oktabr_bayram

O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida "1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bayram tadbiri o'tkazildi. Unda institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar ham taklif etildi.

Tadbir avvalida institut rektori hamda tashrif buyurgan mehmonlardan bayram tabrigi tinglandi. Shundan so'ng, uzoq yillik olib borilgan mehnat faoliyatlari uchun faxriy ustozlarga bayram sovg'alari topshirildi. Yil davomida samarali xizmat ko'rsatgan institut xodimlarining bir qanchasiga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbirning badiiy qismi esa jonli kuy va musiqalarga ulanib ketdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Tanlov komissiyasi ikki nafar ilmiy darajali nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya qildi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining professor-o‘qituvchi hamda ilmiy tadqiqot bo‘limlaridagi vakant lavozimlarga ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish maqsadida tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 14 nafar nomzodlar tomonidan hujjatlar topshirildi. Vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish tartibiga asosan, Institutning tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi tomonidan nomzodlaring hujjatlari o‘rganib chiqildi.

🧳 O‘rganish natijasida malaka talabiga to‘g‘ri kelgan ilmiy darajali nomzodlar bilan joriy yilning 29-sentabr kuni tanlovning keyingi suhbat bosqichi o‘tkazildi. O‘tkazilgan suhbat bosqichi natijalariga ko‘ra, Tanlov Komissiyasi tomonidan 2 nafar ilmiy darajali nomzodlar bilan mehnat shartnomasi tuzish tavsiya etildi.


⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr_bayram

🎬"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 “1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

⚡️Poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida vazirlik tizimidagi 40 nafar ta’lim sohasi xodimlarini "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram