A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.93K photos
991 videos
95 files
3.4K links
Download Telegram
#seminar_trening
#informatika_axborot_texnologiyalari
#2_kun

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN YANGI DARSLIKLARNI O`RGANISH BO'YICHA SEMINAR-TRENINGLARNI IKKINCHI KUNI DAVOM ETMOQDA

Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonida AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) loyihasi doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanidan
seminar-treninglarini ikkinchi kuni davom etmoqda.

Seminarda ishtirok etkan “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” direktor o`rinbosari Zuxra Saliyeva o`qituvchilar tomonidan yangilangan darsliklar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.

✍️Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.


Pedagogika markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
TelegramInstagramFacebook | Website
#yangilik

Navbatdagi bo'lim faoliyati sarhisob qilinib, rejalashtirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi

💬 A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida rahbariyat va masʼul xodimlar ishtirokida ilmiy bo‘limlar faoliyati sarhisobi davom ettirilmoqda.

📊 Navbatdagi, “Boshlang‘ich taʼlim mazmuni va metodikalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi”ning amalga oshirgan va rejalashtirayotgan ishlari taqdimoti ko'rib chiqildi.

📈 Quyidagi ustuvor yo'nalishlar bo'yicha rejalashtirilgan ishlar namoyish etildi:

➡️Zamonaviy xalqaro talablar asosida boshlang‘ich taʼlim sifatini baholashning ilmiy asoslangan, samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya etish;

➡️Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishlar asosida va milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda, boshlang‘ich taʼlim o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish;

➡️Taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda sinf o‘quvchilarining optimal sonini belgilash.

💬Bo‘limning navbatdagi rejalari, hamda ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga joriy etishidagi vazifalar belgilandi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz

Kuni kecha muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xususan, pedagoglarning malakasini tabaqalashgan holda, yaʼni, o‘qituvchining kasbiy ehtiyojiga ko‘ra oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

"Studiya 24" da A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov so‘nggi yillarda olib borilgan va rejalashtirilayotgan taʼlim tizimidagi islohotlarga to‘xtaldi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining taqdimot materiallari

🔠Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.

🔠Mazkur kurslar ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturi va darsliklarni amaliyotga joriy etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🔠Quyida Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin:

➡️ O‘qish savodxonligi

➡️ Texnologiya

➡️ Tasviriy sanʼat

➡️ Tabiiy fan

➡️ Русский язык

➡️ Matematika

➡️ Informatika

➡️ Yozuvga o‘rgatish

➡️ Tarbiya

➡️ Alifbe

➡️ “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” dasturi doirasida trening ishtirokchisi qo‘llanmasi

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Sarimova Dildora Soataliyevna — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi @vacancy_argos portalining ochiq tanlovi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tib, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining tegishli buyrug'i bilan Toshkent viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarimova Dildora Soataliyevna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bakalavr va magistratura yo'nalishlarida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Bugunga qadar Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi”kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov boshchiligida Toshkent viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan xodimni tanishtiruv amalga oshirildi.

Tayinlov chog‘ida institut rektori A.Ismailov markazdagi professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kuni kecha muhtaram prezidentimiz raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarga to‘xtalib, markaz tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖌Institut Ilmiy kengashida prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi

Kengashda institut rektori A.Ismailov bevosita ishtirok etib, kuni kecha muhtaram prezidentimiz raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan boshladi.

💬 Xususan, o‘qituvchilarning malakasini tabaqalashgan holda oshirishni tashkil etish, o‘qituvchining bilimini diagnostikadan o‘tkazish, maktab direktorlari va o‘rinbosarlarini har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda maktab direktorlarini sertifikatlash kabi vazifalar yuzasidan maqsadli dastur ishlab chiqish belgilandi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Shuningdek, kengashda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, kafedralar tashkil etish, institut magistraturasiga qabul natijalari va to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash, uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv-mavzu reja va dasturini, magistratura o‘quv jarayonlarini tashkil etishga tayyorgarlik, magistratura mutaxassisliklarining o‘quv reja, fan dasturlari, fanlar bo‘yicha sillabus, o‘quv-uslubiy majmualar, talabalarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot dasturlari, magistrlik dissertatsiya mavzular banki, oliy maʼlumotli nopedagog va nomutaxassis kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarining namunaviy o‘quv dasturlarini tasdiqlash “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasini takomillashtirish hamda uni ichki va tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

🗣“A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti turar joylari haqida nizom”ni tasdiqlash va to‘lov miqdorlarini belgilash, Xalq taʼlimi tizimidagi kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning huquqiy va moliya-buxgalteriya xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “HR” va “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihalarining yakuniy natijalari sarhisobi bilan tanishildi.

Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning tajriba sinov dasturlarini tasdiqlash o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish hamda institut balansidagi qoldiq qiymati nol bo‘lgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

✏️Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tarkib aʼzolari ovoziga ko‘ra, nashrga tavsiya etiladigan materiallar tavsiya etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida “Taʼlim menejmenti” va “Umumtaʼlim fanlari” kafedralari tashkil etildi

🔵Bugungi kunga qadar A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 20 ta professor-o‘qituvchi shtat birligiga ega bo‘lgan yagona kafedra – “Uzluksiz kasbiy taʼlim” kafedrasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning professor-o‘qituvchi shtat birliklari soni Institutda joriy yilda malaka oshirishi lozim bo‘lgan 12396 nafar tinglovchilar tarkibiga mutanosib holda ajratilgan.

Mazkur tarkibdan 7000 nafar tinglovchining ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qolganlarini “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali mustaqil shaklda malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.

“Uzluksiz kasbiy taʼlim” kafedrasi mazkur barcha toifa xodimlarning har bir yo‘nalishini 8 ta kompetensiya bo‘yicha malakasini oshirishdan tashqari, Institut doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va magistratura talablarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatlariga doir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bundan tashqari kafedraga Institutda tashkil qilinadigan qayta tayyorlash kurslarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash, tizimdagi pedagogika markazlari tomonidan qayta tayyorlash kurslari uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash kabi qo‘shimcha vazifalar ham yuklatilgan.

Yuqoridagi vazifalarni sifatli taʼminlash maqsadida “Taʼlim menejmenti”  mutaxassislik kafedrasini tashkil etish va “Uzluksiz kasbiy taʼlim” kafedrasining taʼlim boshqaruvi bilan bog‘liq o‘quv, ilmiy va metodik ish yuklamalarini mazkur yangi kafedraga yuklash yuzasidan ilmiy kengash qarori qabul qilindi.

Shuningdek, qayta tayyorlash kurslaridagi dars mashg‘ulotlarini olib borih va kurslardagi ta’lim hamda bitiruvchilar sifatiga mas’ul “Umumta’lim fanlari” kafedrasini tashkil etish yuzasidan ham ilmiy kengash qarori qabul qilindi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

Bugun mamlakatimizda katta shodiyona!

🇺🇿Ona zaminimiz Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi keng nishonlanmoqda!

Qadri baland xalqim, aziz vatandoshlar!

Ajdodlarimiz bugungi istiqlolga erishish uchun uzoq kurash yo‘lini bosib o‘tgan. Millatimiz tili, dini, qadriyatlari va urf-odatlarini saqlab qolishni, avlodlarning taraqqiy topishini, erkin, farovon hayotni orzu qilib, kurash olib borgan.

Ko‘p yillik harakatlar, ezgu intilishlar bilan mamlakatimiz 1991-yilning 31-avgust kuni o‘z mustaqilligiga erishdi va 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni, deb eʼlon qilindi.

🇺🇿Bugun istiqlolimizga 32 yil to‘ldi!

Aziz yurtdoshlarimiz, xalqimiz, ushbu ulug‘ bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz omon bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬PISA 2022 tadqiqoti natijalarini tahlil qilishda O’zbekiston vakili ishtirok etmoqda

Xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari OECD tashkilotida davom etmoqda.

PISA 2022 dasturi doirasida El Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukrainiya, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O’zbekiston vakili ham Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etmoqda.

✏️Mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.

Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotning xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM