A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
131K subscribers
4.99K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
#yangiliklar

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tajriba-sinov tariqasidagi menejerlik o‘quv kurslariga start beriladi

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi “Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 124-son buyrug‘i asosida joriy yilning 5-iyun sanasidan boshlab A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari boshlanadi.

➡️ Shu munosabat bilan bugun, 1-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Toshkent xalqaro Vestminister universitetining xalqaro toifadagi trenerlarini jalb qilgan holda tajriba-sinov tariqasida tashkil etilayotgan menejerlik o‘quv kurslarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

✔️ Seminarda xalqaro trenerlar tomonidan “Androgogika: Trenerlik faoliyati tamoyillari” mavzusida interaktiv trening mashg‘uloti olib borildi.

📌 Mazkur treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilarning menejerlik kurslaridagi mashg‘ulotlarda direktor lavozimiga nomzodlarning jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini shakllantirishdagi faolligini oshirishga qaratilgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🅱️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Umumiy o’rta ta’lim mazmuni va metodiklari bo’limi tomonidan Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan o’qituvchilarga “Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amaliyotga joriy etish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti o’tkazildi.

🖊 Mazkur seminarda pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning fanda bugungi kunda aktual masalalari va ahamiyati, maqsad va vazifalari shuningdek ushbu tushunchaning fanga kirib kelish tarixi yuzasidan ilmiy-amaliy bilimlar negizida to’plangan ma’lumotlar taqdimot shaklida namoyish etildi.

👉 Shuningdek, tinglovchilar bilan birga ushbu mavzuning ahamiyati va to’plangan ma’lumotlar muhokama etildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from FVMMTB - Rasmiy kanali
 
Farg‘onada 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Yaponiya ta’lim metodikasini tajriba-sinov tariqasida joriy qilish rejalashtirilgan.

Yaponiyalik ta'lim bo‘yicha mutaxassis Goto Mikako tomonidan mazkur maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida trening-mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar Yaponiya ta’limining yutuqlari, darslarni tahlil qilish, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘za’ro tajriba almashish, jamoani boshqarishning o‘ziga xos usullari bilan tanishdilar.

Trening-mashg‘ulot doirasida Goto Mikakoning boshlang‘ich sinflar matematika fanidan namuna darsi o‘tib berdi.

“Mahorat darsi” tadbir qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
#qayta_tayyorlov

QAYSI NOPEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

📣DIQQAT!

💬 Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Kimyo fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻

❇️ Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:

🔠Ekologiya

➡️ Bakalavr va magistrlar:

✔️ Ekologiya va tabiatdan foydalanish
✔️ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
✔️ Farmatsiya
✔️ Davolash ishi
✔️ Agronomiya
✔️ Metallurgiya
✔️ Agrokimyo va tuproqshunoslik (agrotuproqshunoslik)
✔️ Oziq-ovqat texnologiyasi
✔️ Noorganik moddalar va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi


📍Bizning manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

💬 Savol va takliflaringizni https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

➡️ Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Endi platformada tinglovchi o'z fanini o'zi o'zgartira olish imkoniyati mavjud

2023-yildan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshiruvchi tinglovchilar uchun bir qancha yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Bu haqida bir qancha postlarimizda ham yoritib borgan edik.

Endilikda yana shunday imkoniyatlardan biri — bir nechta fandan malaka oshiradigan tinglovchi tizim adminlari yordamisiz ortiqcha vaqt sarf etmasdan, fanlarini (lavozimini) o'zgartira olishi mumkin. Faqatgina tinglovchi, avvalo, tizimga malaka oshirishi lozim bo'lgan fanlarni (lavozim) kiritgan bo'lishi shart.

Tinglovchi birinchi fanidan sertifikat olgandan so'ng, platformaning malaka oshirish qismida "LAVOZIMNI TANLASH" tugmasi paydo bo'ladi. 👆👆👆

➡️ Tizimga bir nechta fanlarni kiritish bo'yicha videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
📣Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tajriba-sinov tariqasidagi menejerlik o‘quv kurslariga start berildi

✔️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 15-maydagi “Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 124-son buyrug‘i asosida bugun, 5-iyun sanasidan boshlab A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari boshlandi.

💬O‘quv jarayoni boshlanishida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov maktab direktori lavozimiga nomzodlar bilan uchrashib, kursning asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni berib o‘tdi.

🔠Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi tashkil etilgan kurslarga hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar jalb etildi.

✔️O‘quv jarayonlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan trenering shaklda olib borilmoqda.

⚡️Eslatib o‘tamiz, mazkur treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, menejerlik kurslaridagi mashg‘ulotlarda direktor lavozimiga nomzodlarning jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Rossiya taʼlim akademiyasi (RAO) va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Rossiya taʼlim akademiyasining Prezidenti Olga Yuriyevna Vasileva, akademiya Prezidiumining bosh ilmiy kotibi Ivanova Svetlana Veniaminovna va Xalqaro hamkorlik, jamoatchilik bilan aloqalar va ommaviy axborot vositalari bo‘lim boshlig‘i Feoktistova Svetlana Sergeevna hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori v.v.b Pardayeva Mehriniso Doniyarovna, prorektor A.Baxramov va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i R.Ahmedov ishtirok etdilar.

Institut rektori v.v.b M.Pardayeva Rossiya taʼlim akademiyasining 80 yilligi hamda PIRLS xalqaro tadqiqotida Rossiya Federatsiyasi ko‘rsatgan natijasi bilan akademiyani qutlab, hozirda institut tomonidan  pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va maktablardagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish sohalarida olib borilayotgan ishlar, jumladan onlinedu.uz va ntr.avloniy.uz platformalari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Rossiya taʼlim akademiyasi tomonidan oxirgi yillarda olib borilgan tadqiqot-loyihalar natijalari, jumladan matematika fanidan o‘rta sinf o‘quvchilarining bilimidagi muammolar va yechimlar, “Murabbiylik konsepsiya”sining maktablarga joriy etilishi hamda taʼlimni baholashda akademiyaning milliy va xalqaro tajribasi haqida so‘z bordi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga, pedagoglarga yangi metodikalarni o‘rgatuvchi rus tilidagi malaka oshirish materiallarini o‘zaro almashishga, kelgusida hamkorlikda konkurslar tashkil etishga va institut xodimlarini Rossiya taʼlim akademiyasiga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborishga kelishib oldilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM