A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
123K subscribers
5.2K photos
1.03K videos
95 files
3.5K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
№-36.pdf
1.7 MB
"Бугун раҳбар бўлиш оғир, шу билан бирга, шарафли масъулият. Демократик жамиятда давлат бошқарувида халқ раҳбарларни, раҳбарлар халқни қўллаб - қувватламас экан, асл мақсад, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги, эртанги кунга ишонч билан яшашга эришиш муаммолигича қолаверади"

Шукритдин Пахрутдинов
сиёсий фанлар доктори, профессор

"Янги Ўзбекистон
" газетасининг 2023 йил 22 февраль сонида А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти профессори, сиёсий фанлар доктори Шукритдин Пахрутдиновнинг "Янги Ўзбекистонда демократик жамият ва раҳбар масъулияти" номли мақоласи билан танишинг.

❗️Миллий -тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakant lavozimlarini eʼlon qiladi

Institutning ikkita ilmiy bo‘limi, yaʼni Kasb-hunarga yo‘naltirish metodologiyasi ilmiy-tadqiqot bo‘limi va Taʼlim sifatini baholash ilmiy-tadqiqot bo‘limlariga mudirlikka vakant lavozimlar mavjud.

Bunda malaka talablari-oliy maʼlumot, fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori ilmiy darajalaridan biriga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ilmiy ishlari mavjudligi va taʼlim sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi ham lozim.

💵 Oylik maoshi- 8 355 440 so‘m

Boshqa vakant lavozimlar va malaka talablari to‘g‘risida institutning rasmiy veb-saytida https://avloniy.uz/uz/about/vacancies havolasi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun tel: (71) 246-98-69
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️#yangiliklar

Yana 6 ta fan yo'nalishida onlayn malaka oshirish kurslari faollashtiriladi

13-fevral
sanasidan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun 5 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

🗓 23-fevraldan soat 14:00 dan boshlab navbatdagi 6 ta fan yo'nalishida:

➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya uchun onlayn malaka oshirish kurslari faollashtiriladi.

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Savol: Hozirgi vaqtda onlayn malaka oshirishda qaysi fanlar faollashtirilgan?

Javob: Ayni paytda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo;
➡️ Biologiya;
➡️ Fizika;
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya

📱 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari yaqin fursatlarda bosqichma-bosqich asosda faollashtirilib boriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi

Yaqinda Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mazkur maktabda ham bo'ldilar.

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.

Davlatimiz rahbari qashqadaryolik o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.