Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | АРГОС
52.7K subscribers
9.82K photos
1.91K videos
14 files
6.43K links
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги

👉Веб-сайт:
https://argos.uz
👉Facebook:
facebook.com/argos.pressa
👉Instagram: https://instagram.com/argos.uz?igshid

👉 Вакансиялар портали — https://t.iss.one/vacancy_argos
Download Telegram
#QR #yoshlar #ARGOS

👉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi Farmonida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb etish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etilgan.

Joriy yilning 23-fevral kuni Agentlik xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida davlat tashkilotlarida ishlayotgan yosh davlat xizmatchilari va hududdagi iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

📌Unda yoshlarga davlat fuqarolik xizmati tushunchasi va mazmun mohiyati, agentlikning asosiy vazifalari davlatimizda kadrlar siyosati hamda inson resurslarini rivojlantirish sohasida bo'layotgan yangiliklar va o'zgarishlar, shu jumladan davlat xizmatiga iqtidorli yoshlarni jalb qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

⚡️Tadbirda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

https://t.iss.one/argos_uz
#vacancy #ARGOS #online

⚡️Suv xo'jaligi vazirligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlar uchun e'lon qilingan ochiq mustaqil tanlovlarning yakuniy bosqichi boshlandi.

Eslatib o'tamiz, tanlovning yakuniy bosqichi — assessmentning taqdimot usulida bo'lib o'tadi. Unda vakant lavozimlar uchun o'tkazilgan ochiq tanlovning yakuniy bosqichiga yo'llanma olgan 16 nafar nomzod ishtirok etadi.

🔷 Ushbu havola orqali tanlovning so'nggi bosqichi jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin: https://youtu.be/Jbrgk_vT2lU

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
​​#Hamkorlik #strategiya #OAV #blogerlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi keng jamoatchilik vakillarini Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlikka chorlaydi.

Joriy yilning 25-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Strategiya loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassis, mahalliy ekspert va olimlar ishtirokida muhokamasi tashkil etilmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasi loyihasiga o'z taklif va mulohazalarini bildirish istagini bildirgan barcha OAV vakillari va blogerlarni tadbirda ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

Tadbir 2021-yilning 25-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi. Muhokamalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo’lib o’tadi. Muhokamalarda “Zoom” platformasi orqali ishtirok etish imkoniyati ham mavjud.

Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/7439305412?pwd=aDlOT0xzdVRNTTVaQlVqTHIwUGJ5dz09

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos\_uz
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | АРГОС pinned «​​#Hamkorlik #strategiya #OAV #blogerlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi keng jamoatchilik vakillarini Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlikka…»
#Navoiy #ARGOS #Vacancy

📌 Kuni kecha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida yoshlar uchun davlat fuqarolik xizmati faoliyati bilan bevosita tanishishga yo‘naltirilgan “Open public service” (“Ochiq davlat xizmati”) tadbiri tashkil etildi.

👥Uchrashuv davomida yoshlarga agentlikning ustuvor vazifalari hamda vatanparvar, masʼuliyatli va yuqori salohiyatga ega qobiliyatli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida qabul qilish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi, shuningdek ularga davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar to‘g‘risida maʼlumot berilib, Agentlik tomonidan yuritilayotgan vacancy.argos.uz portalidan foydalanish tartibi tanishtirildi.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos\_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar #Kelajak #liderlari

"Kelajak liderlari" maxsus malaka oshirish dasturida ham nazariy bilimlarini, ham amaliy tajribalarini oshirib bormoqda.

Kuni kecha dasturga jalb etilgan 50 nafar yosh liderlar Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati bilan tanishdi.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#Davlat #fuqarolik #xizmati #strategiya #2030

Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan seminar òz ishini boshladi.

Seminarda respublikamizning turli vazirlik va idoralardan vakillar ishtirok etmoqda.

Seminar Zoom platformasi orqali ham tòg'ridan tòg'ri translatsiya qilinmoqda.

Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/7439305412?pwd=aDlOT0xzdVRNTTVaQlVqTHIwUGJ5dz09

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak #liderlari #Namangan

👉Namangan viloyatida "Kelajak liderlari" mavzusida bo'lib o'tgan ochiq muloqot tafsilotlari.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#1kunqoldi #Liderlar #klubi #Samarqand #deadline

Sizda hali vaqt bor, roʻyxatdan oʻtishga shoshiling!

"Kelajak liderlari" klubiga roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 1 kun qoldi.

Klub aʼzoligi uchun hujjat topshirgan nomzodlar 4 bosqichli ochiq tanlov orqali saralanadi

📚🔖 Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga bosing:
https://forms.gle/74xAno4qJsEjSc8Q7

Batafsil...

Maʼlumot uchun: +998 55 701 11 16

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#Siyosiy #ma'rifat #soati

Rahbar kadrlar va davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma'rifat soati"ning navbatdagi soni 2021-yil 26-fevral kuni soat 9:00 da boshlanadi.

"Siyosiy-ma'rifat soati"da ma'ruzachilar quyidagi masalalarga to'xtalib o'tadilar:

• Ikki hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati;
• Mamlakatimiz mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari;
• Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlashga doir chora-tadbirlari;
• Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar;
• Resurs soliqlari va mol-mulk solig'ini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari.

"Siyosiy-ma'rifat soati"ni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining YouTube'dagi kanalida to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin!

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos\_uz
#ARGOS #Boshqaruv #psixologiyasi

Joriy yilning 25 fevral kuni Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “Boshqaruv psixologiyasi” bo'yicha onlayn seminar o'tkazildi.

Onlayn seminarda:

☑️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tarkibiy tuzilma xodimlari;
☑️ Respublika vazirlik va idoralarning xodimlar bilan ishlash bo'linmalarining rahbar va mutaxassislari;
☑️ Hududiy Bandlik boshqarmalarning birinchi o'rinbosarlari qatnashdilar.

Onlayn seminarni:

☑️ Respublika kurslari direktori U.Sultanov ochib berdi va olib bordi;
☑️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Shomuradova;
☑️ Kasb-hunar ta'limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti katta o'qituvchisi psixolog N.Roziqovalar o'z ma'ruzalari bilan olib bordilar.

Onlayn seminarda “Boshqaruv psixologiyasi” bo'yicha:

☑️ Taym-menejment vaqtni maqsadli boshqarish;
☑️ Boshqaruvda liderlik va uning tabiati. Liderlik turlari va ularning asosiy motivlari;
☑️ Rahbarlik mahorati va muloqot madaniyati. Faoliyatni tashkillashtirishda nutq madaniyati va notiqlik san'atining o'rni mavzulari bo'yicha ma'lumotlar berildi onlayn seminar qizg'in muhokamalar, bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos\_uz