AppSheet Pro
368 subscribers
41 photos
30 links
AppSheetni oʻrganish uchun kerakli hammasi
AppSheetPro.uz
Download Telegram
Buyurtmalarda bitiradigan ishlar bor edi.

Afsuski, bugun efir bo'lmaydi.

Uning o'rniga ba'zi ma'lumotlarni yozib o'taman.

1. AppSheetning bepul tarifida loyihani Apps Script bilan bog'lash uchun "Call a script" usuli ishlamadi. Ozgina izlansam (fayl tanlash maydoni oldida ham yozilgan ekan o'zi )), u pullik tarifda ishlar ekan.

Apps Script kodini ChatGPT yoki Claudega yozdirayotgan bo'lsangiz, bepul tarif ishlatilganida avvaldan "Call a webhook" usulida yozishni so'rang.

2. AI instrumentlarga kod yozdirayotganda kodning "idempotent" bo'lishini so'rang. Ta'rifi - bir kodni qayta-qayta ishga tushirganda natija bir xil bo'lishi. Dublikat ma'lumotlar qo'shilishining oldini olishga ham yordam beradi.

3. Apps Script kodini 1 ta faylda ham, bir nechta faylga bo'lib ham yozsa bo'ladi.

Alohida fayllarga bo'lib yozishni tavsiya qilaman. Ham loyiha arxitekturasi tushunarli bo'ladi, ham AIga kod yozdirganda natija tezroq ko'rinadi.

Kodni tahrirlatish kerak bo'lganda ko'p kutmaysiz.
👍2
AppSheet Pro
idempotent
22:05 da Bookshop ERPni tuzish 5-efiri boshlanadi.
AppSheet Pro
Bookshop ERP 5-kun efiri boshlandi. https://youtube.com/live/QXuQDq4d6qk?feature=share
Bugun moliyaviy ishlarga oid jadvallarni qo'shdik.

Keyingi efirda "Pul harakatlari" jadvalini qo'shsak, kassalar balansini yuritish imkoniyati tayyor bo'ladi, nasib.
👍3
AppSheet Pro
Loyiha rejasining hozirgi ko'rinishi
Bugun davom ettiramizmi?
AppSheet Pro
Bugun davom ettiramizmi?
22:05-22:10 larda boshlaymiz unda nasib. Uzog'i 22:15
Boshlandi.
AppSheet Pro
22:15 da boshlaymiz. https://youtube.com/live/txXIYHK598E?feature=share
Bookshop ERPda pul harakatlari jadvalini qo'shdik.

Aylanmaga pul qo'shishda (yangi va tahrir) kassa balanslari to'g'ri hisoblanyapti.

Keyingi efirda "Pul harakatlari" jadvali va kassaga oid masalalarni tugatishga harakat qilamiz.
👍1🔥1
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak?
1-qism

AppSheetda dastur tuzish noldan tuzishga nisbatan birmuncha osonroq va tez. Shu bilan birga ba'zi noqulayliklari bor:
1. Bir loyihadagi tayyor modulni boshqasiga ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi
2. Dasturni tuzishda bir vaqtda jamoaviy ishlab bo'lmaydi. Navbat kutish kerak.
3. Hozir eslolmadim*

2024-yil avgustda bir universal boshlang'ich dastur (qolip, starter) tuzib keyingi loyihalarni shu asosida davom ettirishni reja qilgandim. Tajriba kam bo'lgani uchun oxiriga yetkazolmadim.

Post ko'rinishida shunday universal dasturda nima modul/jadvallar bo'lishi va ularning tuzilmasi haqida yozmoqchiman.

*O'zingiz duch kelgan kamchiliklar haqida izohlarda yozishingiz mumkin.

#universal_qolip
👍2
AppSheet Pro
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak? 1-qism AppSheetda dastur tuzish noldan tuzishga nisbatan birmuncha osonroq va tez. Shu bilan birga ba'zi noqulayliklari bor: 1. Bir loyihadagi tayyor modulni boshqasiga ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi…
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak?
2-qism

Users - Foydalanuvchilar

Dasturdagi profillarni boshqarish uchun.
Name - Ism-familiya
Email - elektron pochta. Takrorlanmas bo'lishi majburiy
User Role ID - foydalanuvchi roli IDsi
Phone - telefon raqam. Callable, Textable bo'ladi.
Phone Label - Phone ustunining nusxasi. Jadval ko'rinishda (View) telefon raqami ko'rinib turishi uchun.
Is Active - biron harakatni foydalanuvchi boshqarishda faqat faol profillarni ajratib olishga yordam beradi. Faollikni o'zgartirish alohida jadvalda yuritilgani yaxshi.

Audit ustunlari
(deyarli hamma jadvalda bo'lgani yaxshi)
Created At
Created By
Last Edited At
Last Edited By

🌐 Webga joylangan Universal qolip fayli

#universal_qolip
🔥3👍1
Bugungi Bookshop ERP efiri tahminan 22:20-22:30 larda boshlanadi.
https://youtube.com/live/76unrex5VOw?feature=share
AppSheet Pro
Efir boshlandi.
7-kun efirida
Kassaga pul kiritish-chiqarish amallarini Pul harakatlari jadvaliga to'g'ri tushadigan qildik.

Davomidan kassa boshqarish huquqlari va kassa mas'ullari jadvallarini qo'shdik.

===

Universal qolip Sheets fayli Telegramda yoziladigan postlar bilan bir sur'atda to'ldirib, pishitib boriladi.
👍41
AppSheet Pro
7-kun efirida Kassaga pul kiritish-chiqarish amallarini Pul harakatlari jadvaliga to'g'ri tushadigan qildik. Davomidan kassa boshqarish huquqlari va kassa mas'ullari jadvallarini qo'shdik. === Universal qolip Sheets fayli Telegramda yoziladigan postlar…
Oldingi kunlar videolarini YouTubedan tekshirib ko'rdim. Noutbuk kuchsizlik qilgani sababmi videoda ko'p qotib qolishlar bo'libdi.

Keyingi kunlar uchun videoni oldindan yozib joylasam kerak. Balki, har bir modul/mavzu uchun alohida video.
👍5
AppSheet Pro
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak? 2-qism Users - Foydalanuvchilar Dasturdagi profillarni boshqarish uchun. Name - Ism-familiya Email - elektron pochta. Takrorlanmas bo'lishi majburiy User Role ID - foydalanuvchi roli IDsi Phone…
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak?
3-qism

User Roles - Foydalanuvchi rollari

Dasturdagi foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish uchun.

Name - Rol nomi.
Odatda Super admin, Rahbar, Asoschi, Rahbar yordamchisi, Filial menejer, Ombor mas'uli, Bosh sotuvchi, Sotuvchi, Hisobchi, Moliyachi kabi rollar ishlatilishi mumkin.
Can Manage App - dasturni to'liq boshqarish huquqi.
Can Manage Users - foydalanuvchilarni qo'sha olish. Oldin faqat Super adminga bu huquqni berardim. Endi esa Rahbar roliga ham qo'shib turibman.
Can Manage ... - biron jadval bo'lsa, o'shani boshqarish huquqi alohida ustunda berilgani yaxshi.

Audit ustunlari
(deyarli hamma jadvalda bo'lgani yaxshi)
Created At
Created By
Last Edited At
Last Edited By

🌐 Webga joylangan Universal qolip fayli

#universal_qolip
🔥4
AppSheet Pro
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak? 3-qism User Roles - Foydalanuvchi rollari Dasturdagi foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish uchun. Name - Rol nomi. Odatda Super admin, Rahbar, Asoschi, Rahbar yordamchisi, Filial menejer, Ombor…
Universal AppSheet dasturda qanday jadvallar bo'lishi kerak?
4-qism

Branches - Filiallar (Sho'balar)

Dasturdagi filiallarni boshqarish uchun. Biznesda boshlanishiga filial bo'lmasa ham filiallar jadvalini boshidan qo'shib qo'ygan yaxshi. Kengayganda moslashtirish ancha oson bo'ladi.

Name - Filial nomi.

Address - Manzil.
O'zbekistondagi manzillar uchun AppSheetda ustun ma'lumot turini "Address" emas, "Text" tanlashni tavsiya qilaman. Sababi - O'zbekistondagi manzillar Google xaritaga kiritilmagan. Siz yozgan manzil avtomatik boshqa qiymatga o'tib qolishi mumkin.

Phone va Phone Label - telefon ustunlari.
Oldin izoh berilgan.

Is Active - filial statusi. Hozirgacha deyarli foydalanmadim. Lekin

Audit ustunlari
(deyarli hamma jadvalda bo'lgani yaxshi)
Created At
Created By
Last Edited At
Last Edited By

🌐 Webga joylangan Universal qolip fayli

#universal_qolip
👍2