Apple Developer Academy UZ
964 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
The Angel's Path (Il sentiero dell'Angelo) ga sayohatimizdan rasmlar
🇮🇹 Bagni Regina Giovannaga sayohatimizdan rasmlar
Apple Developer Academyda 2023-2024 o'quv yili o'z nihoyasiga yetmoqda. Bir odamga Italiyada yashash uchun xarajatlar quyidagicha bo'ldi:
🏠 3499 EUR - turay-joy (vaqtinchalik AirBnB, xona ijarasi)
🛫 1470 EUR - sayohat (Toshkent-Napoli-Toshkent aviachiptasi, Italiya bo'ylab sayohat, kruizda sayohat va boshqa transport xarajatlari)
🍕 1156 EUR - oziq-ovqat
🛂 374 EUR - xujjatlar (viza, tibbiy sug'urta, istiqomat qilish ruxsatnomasi)
👕 384 EUR - boshqa xarajatlar (kiyim-kechak, mobil aloqa va boshqa)
💶 6883 EUR - umumiy xarajatlar
🏠 Napolida turar-joy qidirayotganlar uchun e'lonlar. Biz shunday e'lonlar orqali topgan edik. Telefon raqamlarida Italiya telefon kodi (+39) ko'rsatilmagan bo'lishi mumkin va WhatsApp orqali aloqaga chiqasiz. E'lonlardagi ba'zi so'zlarning tarjimalari:
Affitto - ijara
Affittasi - ijara uchun
Appartamento - kvartira
Camera - xona
4 locali - 4 xonalik
Piano - qavat
Bagno - vanna
PS. Akademiya San Giovanni a Teduccioda joylashgan. Mana bu 2 xonalik uy akademiyadan 3-4 km uzoqlikdagi Porticida joylashgan.