Apple Developer Academy UZ
964 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
Men Apple Developer Academyga xujjat topshira olamanmi?
Apple Developer Academyga xujjat topshirish uchun quyidagi shartlar bor:
1️⃣ High school level diploma (maktabning 11-sinfini tugatganlik to'g'risida shahodatnoma, litsey yoki kollej diplomi) bo'lishi kerak. Maktab/litsey/kollejni qachon tugatganlikning ahamiyati yo'q.
2️⃣ Apple Developer Academyda ilgari o'qimagan bo'lishi kerak.
❗️Siz ilgari qaysi sohada o'qigansiz yoki ishlagansiz, buning ahamiyati yo'q, xujjat topshirishingiz mumkin.
@apple_developer_academy_uz
🇮🇹 Milanga sayohatimizdan rasmlar
Akademiya ishga joylashtirish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga olmaydi.
Apple Developer Academyda o'qish Apple yoki boshqa kompaniyada ishga qabul qilinadi degani emas. Hamma qatori ishga topshirasiz va loyiq deb topishsa, ishga qabul qilishadi. Italiyada yoki boshqa davlatda ishga kirsangiz, ish uchun yashash ruxsatnomasiga xujjat topshirasiz. E'tibor bering, Yevropada raqobat ancha kuchli va ishga kirish oson bo'lmaydi. iOS Developer bo'lib ishga kirishning ehtimolini oshirish uchun, quyidagilarni maslahat beraman:
1️⃣ akademiyada o'qish vaqtida portfoliongiz uchun loyihalar yig'ing
2️⃣ akademiyadagi o'qishdan tashqari, Swift dasturlash tilini mukammal o'rganing. Chunki ishga kirishda katta ehtimol bilan, texnik suhbat bo'ladi va u yerda Swift bo'yicha savollar bo'ladi.
3️⃣ akademiyada o'qish davomida boshqa talabalar bilan tanishing va ular keyinchalik ishga kirganingizda qo'llab quvvatlashlari mumkin.
4️⃣ 70-80% tayyorligingizni his qilganingizda ishga topshirishni boshlang, chunki bunga ko'p vaqt ketishi mumkin. Ko'pgina kompaniyalar hatto javob ham berishmaydi, bu normal holat. Ko'proq ishlarga yoki internshiplarga topshirishga harakat qiling. Ba'zilari suhbatga chariqishlari mumkin. O'ta olmasangiz xatolaringizni tahlil qilib, ularning ustida ishlang.
Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, ko'p mehnat qilish, xato qilish va o'rganish kerak bo'ladi. Oson bo'ladi deb o'ylamang. Buni kimnidir motivatsiyasini so'ndirish uchun emas, balki vaziyatga to'g'ri baho berish uchun yozdim.
📄 Test to'g'risida

Mavzular: 3 ta
1️⃣ Mantiqiy fikrlash
2️⃣ Dasturlash
3️⃣ Dizayn

💻 Qayerda: Onlayn
Savollar: 30 ta
✔️ Variantlar: 4 ta
To'g'ri javob: +2 ball
Noto'g'ri javob: -0.5 ball
⚡️ Maksimum: 60 ball
Vaqt: 60 minut

🗣 Testdan yuqori ball to'plagan 400 ta talabgor keyingi bosqich, suhbatga chaqiriladi.
🇮🇹 Rimga sayohatimizdan rasmlar