Apple Developer Academy UZ
965 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
🇮🇹 Milanga sayohatimizdan rasmlar
Akademiya ishga joylashtirish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga olmaydi.
Apple Developer Academyda o'qish Apple yoki boshqa kompaniyada ishga qabul qilinadi degani emas. Hamma qatori ishga topshirasiz va loyiq deb topishsa, ishga qabul qilishadi. Italiyada yoki boshqa davlatda ishga kirsangiz, ish uchun yashash ruxsatnomasiga xujjat topshirasiz. E'tibor bering, Yevropada raqobat ancha kuchli va ishga kirish oson bo'lmaydi. iOS Developer bo'lib ishga kirishning ehtimolini oshirish uchun, quyidagilarni maslahat beraman:
1️⃣ akademiyada o'qish vaqtida portfoliongiz uchun loyihalar yig'ing
2️⃣ akademiyadagi o'qishdan tashqari, Swift dasturlash tilini mukammal o'rganing. Chunki ishga kirishda katta ehtimol bilan, texnik suhbat bo'ladi va u yerda Swift bo'yicha savollar bo'ladi.
3️⃣ akademiyada o'qish davomida boshqa talabalar bilan tanishing va ular keyinchalik ishga kirganingizda qo'llab quvvatlashlari mumkin.
4️⃣ 70-80% tayyorligingizni his qilganingizda ishga topshirishni boshlang, chunki bunga ko'p vaqt ketishi mumkin. Ko'pgina kompaniyalar hatto javob ham berishmaydi, bu normal holat. Ko'proq ishlarga yoki internshiplarga topshirishga harakat qiling. Ba'zilari suhbatga chariqishlari mumkin. O'ta olmasangiz xatolaringizni tahlil qilib, ularning ustida ishlang.
Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, ko'p mehnat qilish, xato qilish va o'rganish kerak bo'ladi. Oson bo'ladi deb o'ylamang. Buni kimnidir motivatsiyasini so'ndirish uchun emas, balki vaziyatga to'g'ri baho berish uchun yozdim.
📄 Test to'g'risida

Mavzular: 3 ta
1️⃣ Mantiqiy fikrlash
2️⃣ Dasturlash
3️⃣ Dizayn

💻 Qayerda: Onlayn
Savollar: 30 ta
✔️ Variantlar: 4 ta
To'g'ri javob: +2 ball
Noto'g'ri javob: -0.5 ball
⚡️ Maksimum: 60 ball
Vaqt: 60 minut

🗣 Testdan yuqori ball to'plagan 400 ta talabgor keyingi bosqich, suhbatga chaqiriladi.
🇮🇹 Rimga sayohatimizdan rasmlar
🗣 Suhbat to'g'risida:

👥 Kim: testdan o'tgan 400ta talabgor
💻 Qayerda: Skype
Savollar: 5-10 ta
Vaqt: 5-10 daqiqa
⚡️ Maksimum: 40 ball

Mavzular:
1️⃣ backgoundingiz
2️⃣ motivatsiyangiz
3️⃣ qiziqishlaringiz
va boshqa

Test va suhbatdan yuqori ball to'plagan 220 ta talabgor akademiyaga qabul qilinadi.

❗️Eslatma: akademiyaga xujjat qabul qilish 2024-yil bahorida boshlanadi va shu yerda xabar beramiz.
💶 Qancha pul kerak bo'ladi?
Italiya vizasi uchun sizning bank hisob raqamingizda yoki kartangizda 5984 EUR (yoki shu miqdorga teng USD) borligi to'g'risida ma'lumotnoma topshirishingiz kerak.
Asosiy harajatlar:
🛂 Viza, sug'urta va Residence Permit - 340 EUR
🛫 Bir tomonga aviachipta - 455 EUR
💻 Akademiyada o'qish - bepul
Yashash harajatlari uchun bir oyda tahminan 635 EUR sarflanadi:
🏠 Xona ijarasi - 400 EUR
🍞 Oziq-ovqat - 170 EUR
💸 Boshqa harajatlar(ovqatlanish, transport, mobil aloqa) - 65 EUR
Tahminan umumiy harajatlar - 7000 EUR
80% darsga qatnashsangiz, o'qish tugaganidan so'ng 7168 EUR miqdorida stipendiya berilishi mumkin.