Apple Developer Academy UZ
965 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
Channel photo updated
Apple Developer Academy to'g'risida:
🏢 Tashkilotchilar: Neapol Universiteti va Apple
⌨️ Kurs: dasturlash, dizayn, marketing
🇮🇹 Qayerda: Italiya, Neapol
🗓 Davomiyligi: 9 oy
🌐 Til: Ingliz tili (IELTS shart emas, til darajasi suhbatda aniqlanadi)
📄 Xujjatlar: rezyume (Europass formatida), shahodatnoma yoki diplom nusxasi, passport nusxasi
📝 Imtihon: test + suhbat
🪑 Qabul kvotasi: 240 ta
💸 Narxi: Bepul
💶 Stipendiya: Annex A.8 bo'limini o'qing
Ushbu kanalga obuna bo'ling, xujjatlar topshirish boshlanganda biz sizga xabar beramiz
4 xonali uy. Remontdan shu kunlarda chiqqan. Hamma mebel va idishlari bor. Akademiyaning yonginasida. 2 kishilik xona 350 EUR. 1 kishilik xona 400 EUR. Komunal to'lovlar - 70 EUR.
Akademiyada o'qish uchun dasturlashni bilish shartmi?
Ha va yo'q. Testdan o'tish uchun dasturlash asoslarini bilish kerak va dasturlashni bilish o'qish davomida yordam beradi. Dasturlashni bilmasangiz, havotir olmang, o'qish davomida o'rganishingiz mumkin. Masalan, bugun iOS uchun ilova yaratishni o'rganishni boshladik. Boshidan. Agar sizda muammo bo'lsa akademiyada mentorlar sizga yordam berishadi.
💵 Italiyada narxlar EURda, ko'pchilik O'zbekistonliklar pulini USDda saqlaydi. Italiyaga kelganda qaysi valyutada pul olib borish kerak, kartada olish kerakmi yoki naqd degan savol tug'iladi?
💳 USD yoki EUR valyutalik Visa karta oling. Xavfsiz. Qulay: online yoki terminalda to'lasa bo'ladi. Kassada italyan tilida qancha to'lashingizni aytishganda, kartani berasiz, bo'ldi. Tangalar ko'tarib yurmaysiz. Ahamiyat bering, karta olganingizda komissiyasi yo'q yoki kamrog'idan oling. Ba'zi banklarda minimal komissiya bor: masalan hatto 2 EUR to'lov qilsangiz ham, 1 USD komissiya olishi mumkin.
💶 O'zbekistondagi bankda naqd EUR sotib oling. Italiyada banklar pul almashtirmaydi va ayirboshlash shahobchalardagi kurs yaxshi emas. Masalan 100USDga 91.5EURdan 6EUR komissiya olib 85.5EUR berishadi. Solishtirish uchun 🇺🇿NBUda kurs 100USD=93.76EUR. Ahamiyat bering O'zbekistondan chiqqanda 100 000 000 UZS ekvivalentdagi summani naqd pul ko'rinishida olish mumkin.