Apple Developer Academy UZ
961 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
"Akademiyada o'qishga boraymi?" deb o'ylayotganlar bo'lsa, akademiyada o'qishning afzalliklari va yomon taraflari to'g'risida o'qishingiz mumkin. Qisqacha aytganda:

Afzalliklari:
1️⃣ Tanish orttirish imkoniyati
2️⃣ Akademiyadagi zo'r atmosfera
3️⃣ Italiya/Yevropa bo'ylab sayohat qilish

Noqulayliklari:
1️⃣ Napoli - Yevropaning eng xavfli shaharlaridan biri (o'g'rilik, giyohvand moddalar, jinoiy guruhlar)
2️⃣ Rivojlanmagan infrastruktura (transport, tozalik)
3️⃣ Stipendiya to'lanishi kafolatlanmaganligi ("If funding is available...")
🌍 Apple Developer Academy nafaqat Italiyada, balki boshqa davlatlarda ham borligini bilarmidingiz?

Apple Developer Academy turli mamlakatlarda mavjud:
🇧🇷 Braziliya
🇮🇩 Indoneziya
🇮🇹 Italiya
🇸🇦 Saudiya Arabistoni
🇰🇷 Janubiy Koreya
🇺🇸 AQSh

🇮🇩 Balida xalqaro talabalar uchun akademiya ishga tushdi va hozirda qabul jarayoni davom etmoqda: https://developeracademy.apps.binus.ac.id/bali/

ℹ️ Barcha akademiyalar to'g'risida batafsil:
https://developer.apple.com/academies/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Italiyada futbolni juda ham yaxshi ko'rishadi. O'zbekistondan ekanligimizni bilganlarida, "O, Shomurodov!" deyishadi. Napoli futbol klubi Italiya A Seriasi g'olibi bo'lganligi bilan tabriklaymiz!
formulario_visto_nazionale_ing-ita.pdf
276.7 KB
🇮🇹 Italiyada o'qishga viza uchun quyidagi xujjatlar talab etiladi:
🟥 Chet elga chiqish uchun pasport
🗓 Xujjat topshirish vaqtini bron qilganlik to'g'risida xujjat
📄 Milliy vizani olish uchun ariza (PDF shaklida biriktirilgan)
🟩 Passport nusxasi yoki ID karta nusxasi va yashash manzili to'g'risida ma'lumotnoma
📷 1 ta rasm
🏥 Kamida 30000 EURni qoplaydigan 15 kunlik tibbiy sug'urta
🛫 Aviachiptani bron qilganlik to'g'risida xujjat
🏠 Italiyada yashash joyini bron qilinganlik to'g'risidagi xujjat
🧑‍🎓 Akademiyaga qabul qilinganlik to'g'risidagi xujjat ([email protected] ga yozing)
💳 Kartada/hisob raqamda kamida 5984 EUR yoki 7000 USD mablag' borligi to'g'risidagi xujjat
📄 Ingliz tilini bilish to'g'risidagi sertifikat nusxasi
🏢 Ish joyidan ma'lumotnoma va oxirgi 12 oylik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma
💵 Xujjatlarni ko'rib chiqish uchun to'lov - naqd 54 USD
❗️ Hozirda xujjatlar ro'yxati yoki mablag'/to'lov miqdori o'zgargan bo'lishi mumkin. Elchixona telefon raqamlari: +998712521119, +998712521120
O'zbekiston futbol bo'yicha jahon chempionatiga chiqdi! Ura!
Apple Developer Academy UZ
4 xonali uy. Remontdan shu kunlarda chiqqan. Hamma mebel va idishlari bor. Akademiyaning yonginasida. 2 kishilik xona 350 EUR. 1 kishilik xona 400 EUR. Komunal to'lovlar - 70 EUR.
🇮🇹 Napolida yashash uchun joy

📍 Akademiya yonginasida (yo'lga vaqtingiz va pulingiz ketmaydi), Deco supermarketi yaqinida, San Giovanni Barra metro bekatidan uzoq emas
🛏 2 kishilik xonada 1 joy
💶 Ijara haqi: oyiga 350 EUR
💡 Kommunal xizmatlar: oyiga 70 EUR
🗓 10 oylik shartnoma (01.09-30.06)
👧 Faqat ma'suliyatli, toza va tartibga rioya qiladigan qizlarga beriladi
🚿 2023-yili ta'mirlangan, 5-qavat, 2 ta dush, 2 ta xojatxonasi bor, hamma oshxona jihozlari va dars qilish uchun sharoitlari bor
Umumiy 5 kishi uchun 3 xona: 1 kishilik xona (ijaraga berilgan) + 2 ta 2 kishilik xona (hozirda 4 kishi uchun joy bor)
📷 Rasmlar
📞 WhatsApp: +39 328 331 64 03 Antonella
Napolidagi Apple Developer Academy bitiruvchisi Firdavs Juraev Tech for Ecology Hackatonida 1-o'rinni egallaganligi bilan tabriklaymiz!
Napolidagi Apple Developer Academy talabasi Behruz Hakmirzaev ARTE dasturiga qabul qilinganligi bilan tabriklaymiz!
ARTE dasturiga akademiya bitiruvchilari qabul qilinadi va dastur davomida sun'iy intellekt, spatial computing, cloud computing kabi sohalarda tadqiqotlar olib boriladi va hayotga tadbiq etiladi. Kuniga 8 soat bo'lganligi hisobidan, stipendiya akademiyaning birinchi yilidan ikki marta ko'proq berilishi mumkin.
"Akademiya tomonidan taqdim etilgan iPhoneni qanday qilib UzIMEI tizimida ro'yxatdan o'tkazish mumkin?" deb so'rashdi.
Biz UzIMEI bosh ofisiga borib, bu iPhone akademiya tomonidan taqdim etilganligini takidlab, 75000 UZS to'lab, ro'yxatdan o'tkazgan edik. eSIM slotni ham ro'yxatdan o'tkazishni unutmang.