Apple Developer Academy UZ
964 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
🏠 Napolida turar-joy qidirayotganlar uchun e'lonlar. Biz shunday e'lonlar orqali topgan edik. Telefon raqamlarida Italiya telefon kodi (+39) ko'rsatilmagan bo'lishi mumkin va WhatsApp orqali aloqaga chiqasiz. E'lonlardagi ba'zi so'zlarning tarjimalari:
Affitto - ijara
Affittasi - ijara uchun
Appartamento - kvartira
Camera - xona
4 locali - 4 xonalik
Piano - qavat
Bagno - vanna
PS. Akademiya San Giovanni a Teduccioda joylashgan. Mana bu 2 xonalik uy akademiyadan 3-4 km uzoqlikdagi Porticida joylashgan.
🥲 Bugun akademiyadagi 2023/2024 o'quv yili o'z nihoyasiga yetdi. 2024/2025 o'quv yilida o'qiydiganlarga omad tilaymiz!
Long-Term Room Rental

🛏 Single private room
💶 €320 + bills
📆 Available from July 5th
📍 Portici
♐️ Any gender
🚈 25 minutes to the Academy
🧑‍🧑‍🧒‍🧒 You will live only with people from the Academy
📝 Contract available from September

Contact @matt_novoselov for more info!
FLAT ANNOUNCEMENT

I am looking for a female flatmate for the next 12 months. The rent is €300/month per person, including the condominium. The flat is near Piazza Garibaldi, it takes 40 mins to get to the academy from here. If you are interested, text me and I will gladly invite you to see the apartment.

Contact: @code_p0et
Forwarded from Firdavs' Universe (Firdavs)
Congratutions to Apple Developer Academy(in Naples) Class of 2023-24 graduates🥳

p/s:
Hammasi uchun rahmat🥹

@firdavsuniverse
2024/2025 yilda o'qiydigan talabalarga maslahatlarimiz:
💉 Italiyaga kelishdan oldin, to'liq tibbiy ko'rikdan o'ting. Ayniqsa tishlaringizni tekshirtiring, kerak bo'lsa ularni davolating. Chunki WAItaly kabi tibbiy sug'urtalar tishni davolashni qoplamasligi mumkin va bir tishni davolatish uchun 350 EUR sarflaysiz.
🏠 Uy-joyni akademiyaga yaqin joydan topishga harakat qiling. Yo'lga ketadigan vaqtingizni va oyiga 40 EUR pulingizni tejaysiz. Uzoqroqdan uy-joy topsangiz metroning Linea 2 yo'nalishi bekati yaqinida topishga harakat qiling.
🚌 Sayohat qiling. Italiyada sayohat qilish uchun joy juda ko'p. Italiyada hatto qishda ham sayohat qilsa bo'ladi, chunki Italiyada qishda nisbatan iliq ob-havo bo'ladi, bu paytda turistlar kamroq bo'ladi va chiptalar ham ancha arzon bo'ladi. Masalan, Itabusda Rimga chipta 1 EURdan boshlanadi. Kruizda 368 EURdan sayohat qilsa bo'ladi. Christmasga 2 haftalik ta'til beriladi va bu vaqt sayohat qilish uchun zo'r imkoniyat. Imkoniyat bo'lganda sayohat qiling, keyinga qoldirsangiz, vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qolasiz.
📖 Keyingi yillardagi Pier va ARTE dasturlariga qabul qilinish uchun akademiyadagi loyihalarda faol qatnashing. Future Fairda ish topishning ehtimolini oshirish uchun akademiyadan tashqari iOS dasturlashni chuqur o'rganing va o'z ustingizda ishlang.
Hammaga omad tilaymiz!
Apple Developer Academy UZ
2024/2025 yilda o'qiydigan talabalarga maslahatlarimiz: 💉 Italiyaga kelishdan oldin, to'liq tibbiy ko'rikdan o'ting. Ayniqsa tishlaringizni tekshirtiring, kerak bo'lsa ularni davolating. Chunki WAItaly kabi tibbiy sug'urtalar tishni davolashni qoplamasligi…
🇮🇹 Bundan tashqari, Italyan tilini o'rganishni maslahat beramiz. Akademiyadan tashqarida ko'pchilik ingliz tilini bilmaydi va italyan tilini bilishingiz Italiyadagi hayotingizni ancha yengillashtiradi. Duolingoda minimum darajada ("qancha turadi?", "qayerda?" kabi savollarni so'rash uchun) o'rgansa bo'ladi, lekin bemalol gaplashib fikringizni tushintirishda qiynalasiz. Akademiyada o'qish boshlanganida, bepul onlayn italyan kursi taklif etiladi. Duolingoda avval o'rgangan bilimingiz onlayn kursda A2 darajasida davom etishga yetarli bo'lmaydi, A1 darajasini tanlaganingiz ma'qul.
🍏 Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk akademiya bitiruvchilarini tabrikladi
✈️ Napoliga borishning turli yo'llari:

1️⃣ Turkish Airlines:
- Toshkent/Farg'ona/Samarqand/Buxoro/Urganchdan uchadi
- Istanbul orqali Napolining o'ziga boradi
- Talabalar uchun Student Discount dasturi mavjud. Chegirma olish uchun akademiyadan qabul qilgan Acceptance Letterni aviakompaniya saytiga yuklaysiz.
- 40kggacha yuk olsa bo'ladi
- Chipta narxi: 480 USDdan
2️⃣ Uzbekistan Airways:
- Toshkent-Rim 1030 USDdan
- Rimdan Napoliga 235km
- Toshkent-Milan 423 USDdan
- Milandan Napoliga 820km
3️⃣ Wizz Air:
- Toshkent/Samarqanddan uchadi
- Abu Dabi orqali Rimga boradi
- Chipta narxi: tahminan 200 USDdan
- eng noqulay: samoletdagi tor joy, uzoq uchish, Abu Dabida uzoq kutish, yuk va ovqat uchun alohida to'lov
4️⃣ Pegasus:
- Chimkent-Istanbul-Rim
- Chipta narxi: 316 USDdan
- Bu aviakompaniyada o'zimiz uchib ko'rmaganmiz, va aniq bir narsa deyish qiyin

⭐️ Bular orasidagi eng qulayi - Turkish Airlines
🏔️ Shohjahonning Italiya shimolidagi Alp tog'lariga sayohatidan rasmlar