Apple Developer Academy UZ
964 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡น Rimga sayohatimizdan rasmlar
๐Ÿ—ฃ Suhbat to'g'risida:

๐Ÿ‘ฅ Kim: testdan o'tgan 400ta talabgor
๐Ÿ’ป Qayerda: Skype
โ“ Savollar: 5-10 ta
โณ Vaqt: 5-10 daqiqa
โšก๏ธ Maksimum: 40 ball

Mavzular:
1๏ธโƒฃ backgoundingiz
2๏ธโƒฃ motivatsiyangiz
3๏ธโƒฃ qiziqishlaringiz
va boshqa

โœ… Test va suhbatdan yuqori ball to'plagan 220 ta talabgor akademiyaga qabul qilinadi.

โ—๏ธEslatma: akademiyaga xujjat qabul qilish 2024-yil bahorida boshlanadi va shu yerda xabar beramiz.
๐Ÿ’ถ Qancha pul kerak bo'ladi?
Italiya vizasi uchun sizning bank hisob raqamingizda yoki kartangizda 5984 EUR (yoki shu miqdorga teng USD) borligi to'g'risida ma'lumotnoma topshirishingiz kerak.
Asosiy harajatlar:
๐Ÿ›‚ Viza, sug'urta va Residence Permit - 340 EUR
๐Ÿ›ซ Bir tomonga aviachipta - 455 EUR
๐Ÿ’ป Akademiyada o'qish - bepul
Yashash harajatlari uchun bir oyda tahminan 635 EUR sarflanadi:
๐Ÿ  Xona ijarasi - 400 EUR
๐Ÿž Oziq-ovqat - 170 EUR
๐Ÿ’ธ Boshqa harajatlar(ovqatlanish, transport, mobil aloqa) - 65 EUR
Tahminan umumiy harajatlar - 7000 EUR
80% darsga qatnashsangiz, o'qish tugaganidan so'ng 7168 EUR miqdorida stipendiya berilishi mumkin.
๐ŸšŒ ๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡นBariga sayohatdan rasmlar
Apple Developer Academy 2024/2025 o'quv yili uchun qabul e'lon qildi
๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡น Qayerda: Italiya, Neapol
๐Ÿข Tashkilotchilar: Apple va Neapol Universiteti
โŒจ๏ธ Kurs: dasturlash, dizayn, business va marketing
๐ŸŒ Til: Ingliz tili (IELTS shart emas, til darajasi suhbatda aniqlanadi)
โ—๏ธ Talablar: maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi va 23.09.2024da 18 yoshga to'lgan bo'lish lozim
๐Ÿ“„ Xujjatlar: Europass formatida rezyume, shahodatnoma yoki diplom nusxasi, shaxsni tasdiqlovchi xujjat nusxasi
โฐ Xujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 25.03.2024 9:00 (GMT+1)
โœ”๏ธ Onlayn test: 60 ball (03.04-10.04.2024)
๐Ÿ—ฃ Onlayn suhbat: 40 ball (17.04-24.04.2024)
โœ… Natijalar: 07.05.2024
๐Ÿ“ง Talabaning o'qishga qaror qilganligini tasdiqlash oxirgi muddati: 17.05.2024
๐Ÿ—“ Kurs davomiyligi: 23.09.2024-30.06.2025
๐Ÿ’ธ Narxi: Bepul
๐Ÿ’ถ Stipendiya: 7168 EUR (kurs oxirida 750 soatning 80%iga qatnashganlarga beriladi)
Batafsil ma'lumot

@apple_developer_academy_uz da barcha ma'lumotlar berib boriladi
Yo'riqnoma.pdf
769.6 KB
๐Ÿ‘† Apple Developer Academy uchun xujjat topshirish yoโ€™riqnomasi
โ—๏ธAhamiyat bering: Xujjatni Apple Programs Participantga emas Call for Studentsga topshirishingiz kerak.

โš ๏ธ Agar sizga xat kelmagan bo'lsa, pochta qutisining Spam papkasini tekshirib ko'ring
Audio
๐Ÿ’ถ "Bir oyda qancha pul kerak bo'ladi?" deb ko'plar so'rashadi. Hozirda akademiyadagi indoneziyalik talaba Fahmidan qancha xarajat qilishini so'radim va u bir oyda 365 EUR sarflashini aytdi:
250 EUR - 2ta odam yashaydigan xonada bir joy
15 EUR - kommunal xizmatlar
80 EUR - oziq-ovqat
10 EUR - 150Gblik mobil aloqa
10 EUR - aylanib kelishga (transport, pizza)
0 EUR - transport (akademiyaga yaqin joyda yashaydi)
โ—๏ธAhamiyat bering, bu tejamkorlik bilan yashash uchun ko'rsatilgan. Yaxshiroq sharoitda yashash uchun tahminan 635 EUR sarflaysiz.
Test to'g'risida batafsil
๐Ÿ“ง Barcha xujjatlarni to'g'ri topshirganlarga testdan kamida 5 kun oldin yuqorida ko'rsatilgandek e-mail keladi.
๐Ÿ’ป Test turi: onlayn
๐Ÿ—“ Test sanasi: 03.04.2024-10.04.2024
Mavzular:
1๏ธโƒฃ Mantiqiy fikrlash
2๏ธโƒฃ Dasturlash:
- asosiy tushunchalar
- obyektga yo'naltirilgan dasturlash
- Swift dasturlash tili asoslari
- loyihalash namunalari (Design patterns)
3๏ธโƒฃ Dizayn:
- asosiy tushunchalar
- moslashuvchan dizayn
- Human Interface Guidelines
- foydalanuvchiga yo'naltirilgan dizayn jarayonlari
- eskizlar, prototiplar, wireframe
โณ Vaqt: 60 daqiqa
โ“ Savollar: 30 ta
๐Ÿค” Variantlar: 4 ta
โœ… To'g'ri javob: +2 ball
โŒ Noto'g'ri javob: -0.5 ball
Masalan: 27 ta to'g'ri, 2 ta noto'g'ri javob, 1ta savolda javob belgilanmanan bo'lsa, natija 27x2-2x0.5+1x0=53 ball bo'ladi.
๐Ÿ’ฏ Maksimal: 60 ball
๐Ÿ” Testdan 400 ta eng ko'p ball to'plaganlar o'tadi
"Men Apple Developer Academyga xujjat topshira olamanmi?" deb ko'plar so'rashmoqda. Quyidagi talablarga javob bersangiz, siz xujjat topshira olasiz:
1๏ธโƒฃ maktabning 11-sinfini tugatganlik to'g'risida shahodatnoma yoki akademik litsey/kollej diplomi bo'lishi kerak. Agar o'qishni 2024-yil tugatsangiz va shahodatnoma/diplom olmagan bo'lsangiz, shu yil o'qishni tugatishingiz to'g'risida maktab/litsey/kollejdan ma'lumotnoma olasiz.
2๏ธโƒฃ 29.09.2025da 18 yoshga to'lgan bo'lishingiz lozim (avvalgi yillarda 18 yoshga to'lmaganlar qabul qilingan va ularda xujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar bo'ldi). Yoshning maksimal chegarasi yo'q (masalan, 30 yoshdan oshganlar ham tahsil olishmoqda)

Siz universitetda o'qiganligingiz yoki avval qaysi sohada o'qigansiz/ishlagansiz - buning ahamiyati yo'q. Xujjat topshirishingiz mumkin.
๐Ÿ—“ Apple Developer Academy uchun qabul jarayoni bosqichlari:
29.01.2024 2024/2025 o'quv yili uchun qabul e'lon qilindi
25.03.2024 xujjat topshirish uchun oxirgi muddat
03.04-10.04.2024 Onlayn test
17.04-24.04.2024 Skype orqali suhbat
07.05.2024 Yakuniy natijalar (misol tariqasida, 2023-yil natijalari)
23.09.2024-30.06.2025 Akademiyada tahsil olish
โ—๏ธBu sanalar akademiya tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
Apple Developer Academy uchun qabul jarayoni to'g'risida batafsil:
1๏ธโƒฃ 29.01.2024 2024/2025 o'quv yili uchun qabul e'lon qilindi
2๏ธโƒฃ 25.03.2024 xujjat topshirish uchun oxirgi muddat. Xujjat topshirgandan so'ng, ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida xat ma'lum vaqt o'tib (ba'zilarga yarim soat ichida ba'zilarga 3-4 kundan so'ng) keladi. Agar 1 haftada xat qabul qilmasangiz [email protected] ga xat yozib murojaat qilishingiz mumkin.
3๏ธโƒฃ 03.04-10.04.2024 Onlayn testdan kamida 5 kun oldin, test to'g'risidagi ma'lumotni e-mail orqali qabul qilasiz. Test mahsus sayt orqali o'tkaziladi. Testdan tahminan 1 haftadan so'ng test natijalari e'lon qilinadi. Test natijasiga ko'ra 400ta talabgor keyingi bosqich, suhbatga taklif etiladi.
4๏ธโƒฃ 17.04-24.04.2024 Skype orqali suhbat, xujjat topshirish jarayonida ko'rsatilgan Skype Name orqali suhbat o'tkaziladi.
5๏ธโƒฃ 07.05.2024 Yakuniy natijalar e'lon qilinadi (misol tariqasida, 2023-yil natijalari). 220 ta talabgor akademiyada o'qishga qabul qilinadi. Har bir qabul qilingan talabgorga xat yuboriladi va ular akademiyada o'qishini tasdiqlashlari lozim.
5๏ธโƒฃ 17.05.2024 gacha o'qishni tasdiqlamaganlarning joyi keyingi o'rindagi talabgorlarga taqdim etiladi. Masalan, 2023-yili dastlab 240ta talabgor qabul qilingan, keyinchalik 280-o'ringacha talabgorlar qabul qilingan. Bu yili, masalan, 221-o'rinni egallasangiz ham, sizda qabul qilinish imkoniyati bor. O'qishga qabul qilingandan so'ng, akademiyaga qabul qilinganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma so'rab [email protected] ga xat yozasiz va ular ma'lumotnoma taqdim etishadi. Bu ma'lumotnomani Italiya vizasi uchun xujjat topshirishda foydalanasiz.
6๏ธโƒฃ 23.09.2024-30.06.2025 Akademiyada tahsil olish
โ—๏ธSanalar akademiya tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
"Apple Developer Academyda o'qishning qanday afzalliklari bor?" deb savol berishdi. Bu afzalliklar har bir inson uchun har xil bo'lishi mumkin. Biz uchun eng muhimlarini keltirib o'tamiz:
1๏ธโƒฃ Eng asosiysi bu yerda kelajakdagi karyerangiz uchun muhim bo'lgan bilim va ko'nikmalarni olasiz:
- ilova yaratish uchun tajriba o'tkazishni o'rganasiz
- Figma yordamida ilova dizayni ustida ishlaysiz
- Swift va SwiftUI yordamida ilova yaratasiz
- jamoada ishlashni o'rganasiz (bu tajribaga ega bo'lmaganlar uchun muhim)
- tanish-bilish orttirasiz. Kelajakdagi karyerangiz uchun bu juda muhim bo'lishi mumkin. Biron ishga akademiyadagi tanishingiz sizni refer qilsa intervyuga chaqirishadi va ishga kirish imkoniyatini ancha oshirasiz. Ko'p holatlarda bu referencesiz rezyumengizni hatto ko'rib ham chiqishmadi, ayniqsa tajribangiz kam bo'lganida.
2๏ธโƒฃ Dunyo qarashingiz kengayadi:
- Italiyadagi hayot: bu yerda yashaydigan insonlarning turmush tarzi va madaniyati bilan yaqindan tanishasiz
- har xil davlatdan kelgan talabalar bilan birga loyihalar ustida ishlaysiz, ularning madaniyatini o'rganasiz
- boshqa davlatlarda ish/o'qish qanday olib borilishini ko'rasiz.
3๏ธโƒฃ Sayohat qilasiz:
- Italiyada sayohat qilish qimmat emas. Masalan, avtobusda Rimga 3 soatlik yo'l va 2 EURga ham borib kelsa bo'ladi
- Yevropaning boshqa davlatlariga sayohat qilish ancha arzon, samolyot uchun chiptalar 15 EURdan boshlanadi.
- Neapoldan kruiz kemalar yuradi. 415 EURga bir hafta O'rtayer dengizini aylanib kelsangiz bo'ladi.
- Neapol dengiz oldida joylashgan, dam olish kunlari dengizga borib dam olib kelishingiz mumkin.
4๏ธโƒฃ Futbol muhlislari uchun:
- Italiya chempionati yoki Chempionlar Ligasi bahslariga tashrif buyursangiz bo'ladi. Masalan, 21.02.2024da Barcelona jamoasi Napoli bilan bahs uchun keladi. Chiptalar 45 EURdan. Ertaroq xarid qilsangiz arzonroq sotib olishingiz mumkin.