AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
26.8K subscribers
23.9K photos
1.72K videos
300 files
18.4K links
«Olmaliq KMK» AJ
O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy.
E-mail: [email protected]
веб-сайт: www.agmk.uz
www.facebook.com/agmkofficial
https://t.iss.one/ao_agmk
https://www.instagram.com/agmkofficial
Ishonch telefoni: 71 61 9 23 33
@agmk_bot
Download Telegram
#Mustaqilligimizning_33_yilligi
#OKMK_75_yilligi

“Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti”

Joriy yilning 30-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi va OKMKning 75 yilligi munosabati bilan Markaziy tahlil laboratoriyasi 3-toifali kimyoviy tahlil laborantlari o’rtasida “Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etgan 15 nafar laborantlar o’z bilimlarini nazariy va amaliy shartlar bo’yicha namoyon etishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, ”Metodik ishlar va sinovlar” guruhi laboranti Gulshoda Abdusattarova faxrli 3-o’rinni egalladi. “Oqava suv tahlili” guruhi laboranti Surayyo Mirhakimova 2-o’ringa loyiq ko’rildi.

”Metodik ishlar va sinovlar” guruhi laboranti Asal Axmatova 1-o’rinni qo’lga kiritib, “Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti” deya ehtirof etildi.

Tanlov g’oliblari MTL kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Sarvinoz To’raqulova,
MTL kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

📝📝📝
#К_33_летию_независимости
#К_75_летию_АГМК

«Лучший лаборант химического анализа»

30 августа этого года в центральной аналитической лаборатории провели конкурс профессионального мастерства «Лучший лаборант химического анализа».

В конкурсе, приуроченном к 33-летию независимости нашей страны и 75-летию со дня образования АГМК, приняли участие 15 лаборантов, продемонстрировав свои теоретические знания и практические навыки.

По итогам конкурса третье место заняла лаборант группы методических работ и испытаний Гулшода Абдусаттарова, второе место – лаборант группы анализа сточных вод Сурайё Мирхакимова. Лаборант группы методических работ и испытаний Асал Ахматова признана «Лучшим лаборантом химического анализа».

Победители конкурса награждены памятными подарками от профсоюзного комитета.

Сарвиноз Туракулова,
председатель профсоюзного комитета ЦАЛ

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimizning_33_yilligi
#OKMK_75_yilligiga

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasida sport musobaqalari


Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda OKMKning 75 yillik yubileyiga bagʻishlab Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy boʻlinmalarida bir qator sport musobaqalari oʻtkazildi.

Jumladan, joriy yilning 27-avgust kuni OKMK sport majmuasida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari va ularning farzandlari oʻrtasida “Ona-bola – sportchi oila” sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada ishtirokchilar arqonchada sakrash, uzunlikka sakrash, quvnoq estafeta kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.

IOB kasaba uyushmasi qoʻmitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 4-sonli MTT tarbiyachi yordamchisi M.Qodirqulova farzandi D.Abdurahmonov bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

21-sonli MTT tarbiyachisi F.Abdullayeva va farzandi O.Yarkinovlarga faxrli 2-oʻrin nasib etdi.

18-sonli MTT tarbiyasi yordamchisi R.Isakova hamda farzandi S.Abdunabiyevlar 3-oʻringa loyiq koʻrildi.

Bundan tashqari, 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bolalar spartakiada”si ham oʻtkazilib, unda bolajonlar uzunlikka sakrash, estafeta bahslari boʻyicha bellashdilar. Spartakiada musobaqasi gʻoliblari ham ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, “Nuroniylar uyi”da ham mehnat faxriylari oʻrtasida darts boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi. Unda nuroniylar merganliklarinini namoyish etishdi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Farhod Usvaliyev,
IOB sport yoʻriqchisi


📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
#Mustaqilligimizning_33_yilligi #OKMK_75_yilligiga Ijtimoiy obyektlar boshqarmasida sport musobaqalari Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda OKMKning 75 yillik yubileyiga bagʻishlab Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy boʻlinmalarida bir qator…
Спортивные соревнования в УСО

В структурных подразделениях управления социальных объектов провели ряд спортивных соревнований, посвященные 33-летию независимости нашей страны и 75-летнему юбилею АГМК.

27 августа этого года в спортивном комплексе АГМК прошло спортивное соревнование «Мама и я – спортивная семья» между работницами УСО и их детьми. Участники состязались в прыжках со скакалкой, прыжках в длину и эстафете.

По итогам состязания победу одержали помощник воспитателя ДОО №4 М. Кадыркулова и её сын Д. Абдурахманов. Воспитатель ДОО № 21 Ф. Абдуллаева и её сын О. Яркинов заняли почетное второе место. Помощник воспитателя ДОО №18 Р. Исакова и её сын С. Абдунабиев стали обладателями третьего места.

В дошкольной образовательной организации № 35 провели «Детскую спартакиаду», на которой дети участвовали в веселой эстафете. Команды-победители награждены памятными подарками.

Кроме этого, в центре «Нуронийлар уйи» организовали турнир по дартсу среди ветеранов труда. Всех участников состязания наградили памятными подарками.

Фарход Усвалиев,
спортивный инструктор УСО

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев соғлиқни сақлаш тизимининг бирламчи бўғинини такомиллаштириш ҳамда тиббий суғурта механизмларини жорий этиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, касалликни эрта аниқлаш ва даволашда бирламчи бўғин жуда муҳим. Шунинг учун давлатимиз раҳбари бу йўналишдаги ислоҳотларни халқимизнинг, айниқса, олис ҳудудлардаги аҳолининг талаб ва эҳтиёжларини чуқур ўрганган ҳолда босқичма-босқич амалга ошириш зарурлигини таъкидлади.

Давлат тиббий суғуртаси тизимини шу йил 1 октябрдан бошлаб Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида, 2025 йил 1 январдан Қорақалпоғистон Республикасида жорий этиш таклиф этилмоқда.

Бунинг учун 2024 йил якунига қадар “Электрон поликлиника” ва “Электрон шифохона” ахборот тизимлари жорий қилинади. Тиббиёт ходимлари улардан фойдаланиш бўйича ўқитилади. Муассасалар зарур техника ва тармоқ қурилмалари билан жиҳозланади.

Давлат тиббий суғуртаси тизимини бошқа ҳудудларда 2026 йил якунига қадар жорий этиш режалаштирилган.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimizning_33_yilligiga

Mehr-muruvvatga yo‘g‘rilgan amallar


Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan OKMKning bir tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga biriktirilgan ta'lim muassasalariga homiylik yordamini ko‘rsatishib, bayram tadbirlarini tashkil etishdi.

Jumladan, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan Piskent tumanidagi 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirini o‘tkazib berishdi. Shuningdek, bolajonlarga o‘quv qurollari va sport jihozlari tufha etildi.

Shahrimizdagi 6-sonli yordamchi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Kovuldi koni mehnat jamoasi bayram dasturxoni yozib, ularga bir olam quvonch bag‘ishlashdi.

Kombinat temiryo‘lchilari esa o‘zlariga biriktirilgan, shahrimizdagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida bayram tadbirini o‘tkazishdi.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM