Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.29K subscribers
105K photos
8.03K videos
118 files
21.1K links
Download Telegram
#3_SEKTOR
#AYOLLAR_DAFTARI

📘Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

Angren shahar IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor va reabilitasiya markazi rahbari tomonidan xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari individual shaklda o‘rganildi.

"Ayollar daftari" ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur huquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatish maqsadida 3-sektor tarkibiga kiruvchi mahallalarda istiqomat qiluvchi ''AYOLLAR DAFTARI''ga kiritilgan xotin-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Xotin qizlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ajrim xamda erta tug'ruq bo'yicha tushunchalar berildi.

Tadbirda xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Шуҳрат Бобожонов - Ангрен шаҳар 14 ДМТТ мудири:

- Муассасамизда ташкил этилган "Қисқа муддатли" гуруҳлар учун қўшимча бинода таъмирлаш ишлари шогирдларим ҳамда саховатли одамлар кўмаги билан 
якунига етди. 2023-2024 ўқув йилида юз нафар тарбияланувчини қамраб олишга тайёр. Янги бинонинг ўқув хоналари мебель ва бошқа зарур жиҳозлар билан таъминланди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 maydagi PQ-5118-son qarori asosida 2023-yil 14-avgust kuni "MANO NOVO PROJECT" MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan Angren shahri 5/5 dahasi Bunyodkor va Amir Temur chorrahasi hududida o`tgan "Angren issiqlik energiyasi" ga tegishli magistral issiqlik tarmoqlari quvurlarini demontaj qilish maqsadida yer qoplamasini kovlash ishlari olib borilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муаммони ўзимиз ўрганамиз!

Маҳалланинг эгаси бор. МИ?!

Сайёр камерамизнинг навбатдаги видеолавҳаси

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#очиқ_мулоқот

ҲОКИМ ЁРДАМЧИЛАРИ БИЛАН УЧРАШУВ


Бугун эрталабдан Ангрен шаҳар ҳокими Алишер  Райимов маҳаллаларга бириктирилган ҳоким ёрдамчилари билан учрашди ва юзма-юз мулоқотда бўлди.

Ангрен шаҳрида  жами 46 та маҳалла бўлиб, ҳар бири ўзига хос муҳитга эга. 

Таъкидланганидек, ҳоким ёрдамчиси маҳалланинг  ислоҳотчисидир. Аҳоли турмуш тарзини яхшилаш, тадбиркорликни ривожлантириш, ёшларни касбга ўргатиб, ишга жойлаштиришдек масъулиятли вазифаларни бажараришда берилаётган имкониятлардан оқилона фойдаланган ҳолда амалга оширади.

Ҳоким ёрдамчилари маҳаллабай ишлаш,  хонадонбай ўрганиш,  аҳолининг мурожаатларини тизимли кўриб чиқиш ва ижобий ечим топиш масалаларига алоҳида эътибор қаратишлари лозимлиги таъкидланган учрашувда шаҳар раҳбари томонидан ҳар бир вазифани бажаришнинг муҳим омиллари тушунтирилди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Angren #yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA

⚡️Angrenda olib borilayotgan nazorat tadbirlari

Maʼlumki joylarda yer nazorati monitoringi tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan Angren shahri hududlarida ham Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi tomonidan yer nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

🔎Monitoring davomida mahalliy aholi tomonidan hovli yer maydonlariga qo‘shimcha ravishda yer maydonlari devorlar, sim setkalar yordamida o‘rab olinganligi, noturar joy qurib olish holatlari aniqlangan.

🔹Ushbu sodir etilgan holatlarning hech birida yerga egalik qiluvchi asoslarning yo‘qligi va bir qancha qonun buzilish holatlari mavjudligi maʼlum bo‘ldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, joyning o‘zida qonun buzilish holatlari bartaraf etildi.

❗️Monitoring tadbirlari joylarda davom etmoqda, ushbu holat bugun maʼlum bo‘lmasa, ertaga kun kelib aniqlanishi muqarrar edi.

👉 Boshqa holatlar: Uza qisqa xabarlarida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM