Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
8.02K videos
118 files
21.1K links
Download Telegram
#ma'naviy_tadbir

Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси ташаббуси билан Ангрен шаҳарида фаолият олиб бораётган ижодий-маданий масаллар бўйича тарғиботчилар иштирокида "Оламни маҳлиё айлаган диёр!" мавзусида тадбир бўлиб ўтди. Тадбир Ўзбекистон Республикаси мадҳияси билан бошланди.

Байрамга ташриф буюрган "Қорабоғ" маҳалла фаоллари, нуроний ота-оналар ва ижодкор ёшлар мадҳияни биргаликда куйлагач, А.Юсупов тадбирни очиб берди.
Тадбирда ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчилар ва ижодкор ёшлар ўз ижод намуналари билан қатнашиб, томошабинлар олқишига сазовор бўлдилар.

"Қорабоғ" маҳалла фаоллари ёшлар куни муносабати билан ижодкор ёшларни табриклаб, келажакда фахрли касб эгалари бўлишини тиладилар.
Тадбир сўнгида, сана муносабати билан #online ўтказилган танлов ғолиблари ёш рассомлар, видеороликлар усталари, ёш қўшиқчилар ва ижодкор ёшлар ҳокимлик томонидан ташаккурнома ва эсталик совғалари билан тақдирландилар.

Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси
#ma'naviyat

Alijon Yusupov - Angren shahar ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari;:

- Ma'lumki, shahar hokimi tashabbusi bilan
"Eng namunali
ma’naviyat xonasi" nomli o‘tkazilayotgan tanlovda qatnashayotgan Angren shahar Tibbiyot kollejida ma’naviy ishlar holati o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi va yuritilayotgan hujjatlar, o‘quv jarayoni, davomat masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. "Eng namunali ma’naviyat xonasi" tanlovi shartlari bo‘yicha tegishli ballar qo‘yildi. Shahar bo‘yicha tanlov natijalari 21 oktyabr kuni  e’lon qilinadi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'naviyat

Ushbu haftada “21-oktyabr   -  Oʻzbek tili bayrami  kuni”  munosabati bilan  “Qadring baland boʻlsin,  Ona tilim” mavzusida davra  suhbati  boʻlib oʻtdi.

Batafsil videolavhada🎥
Bizni  kuzating👉https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#ma'naviyat

🔰 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Angren shahar bo‘linmasi hamda  shahar Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatini baholash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Xalk taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Angren shahardagi 3-, 11- maktablarning  ish faoliyati o‘rganildi.

Tegishli soha xodimlari tomonidan direktor o‘rinbosarining faoliyatini o‘rganish va baholash yuzasidan savolnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu savolnoma o‘rqali ish faoliyati baholandi.

O'rganish jarayonida ushbu maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar yuzasidan kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularga zarur bo'lgan tegishli maslahatlar va amaliy yordam berildi  .

📲 Bizni kuzatib boring:👇


Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'rifat

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi harbiy qismda kitob savdo yarmarkasi o'tkazildi.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda badiiy va ommabop adabiyotlar sotuvga qo‘yildi.

Arzonlashtirilgan kitob yarmarkasida  harbiy xizmatchilar o‘zbek, jahon va bolalar adabiyotining eng sara asarlarini xarid qilishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'rifat

"Zukko kitobxon" tanlovi
Angren shahar 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4.02.2023 kuni ''Zukko kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovni maktabimiz targ'ibotchisi Dushayeva Muazzam hamda maktabimiz kutubxonachisi Kulbayeva Gulchehra ustozlar tashkillashtirdi. Tanlovda 8-''A'' hamda 8-"B'' sinf o'quvchilari ishtirok etishdi .Tanlov shartlari 3 bosqichdan iborat bo'ldi.1- shartimiz Buyuk bobomiz A.Navoiyning g'azallarini ifodali o'qib berish. 2-shartimiz savollarga to'g'ri javob berish. 3-shart A.Navoiy bobomizning ruboiylarini yoddan aytib berish bo'ldi. O'quvchilar shartlarga javob berishdi. Tanlov yakunida 8-''A''sinf qalaba qozondi. 8-"B" 2-o'rinni oldi. 8-"A" va 8-"B" sinf ishtirokchilari maktabimiz targ'ibotchisi tomonidan kitoblar bilan tag'dirlandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#onlayn
#ma'naviyat

Ayni damda Angren shahar ma’naviyat va ma’rifat  Kengashining  navbatdagi  kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar hokimi Alisher  Rayimov, O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti huzuridagi AOKA  Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i  Zarifa Eraliyeva,  sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari,  Jinoyat ishlari  bo‘yicha  shahar  sudi raisi,  "Angren"  universiteti rektori, ta’lim muassasalari rahbarlarining ma’naviy va ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosarlari  hamda ommaviy  axborot  vositalari  vakillari qatnashmoqdalar.

Yig‘ilishni Angren shahar ma’naviyat va ma’rifat  Kengashining  raisi Alisher Rayimov olib borayapti.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat

Angren shahar 20-umumiy o‘rta talim maktabining 3-b sinfida "Buyuklikka tenglashgan bobomiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars soati bo‘lib o‘tdi.

Sinf rahbari Dilorom Sheranova o‘quvchilarga dars davomida she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning g‘azallari, bosib o‘tgan tarixiy kechinmalari haqida so‘zlab berdi. Darsda o‘quvchilar ham sahna ko‘rinishlari, yod olgan g‘azallari bilan faol ishtirok etdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat
#ochiq_muloqot

Angren shahar 40-umumta’lim  maktabida buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi  munosib nishonlandi


Unda jurnalist, "Oltin qalam" sohibi, Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etgan kechada shoirning barhayot siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

E’tirof etilganidek, atoqli shoir, Davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘zining purhikmat hayoti va boy ilmiy-ma’rifiy ijodi bilan nafaqat millatimiz adabiyoti, balki jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube