Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.92K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
#media_tur "O‘zkimyosanoat" aksiyadoplik jamiyati tarmoq korxonalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJda sayyor seminar-trening tashkil etildi.

Seminar doirasida zavod hududida press-tur uyushtirildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Press-tur jarayonidan lavhalar
#fotoreportaj
#kuz_hosili

Angren shahar Axborot-kutubxona markazida kuz ne’matlari ko‘rgazmasi - Hosil bayrami o‘tkazildi.

Foto: O.Bakirov

@angrenhokimligi_7
#ochiq_muloqot Angren shahrida isitish mavsumiga o‘tish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. "Angren IES" AJ tomonidan elektr energiya, issiq suv va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya va issiqlikning asosiy negizi, manbai ham "Angren IES" sanaladi.
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Ulug‘bek Xabiljonovlar "Angren IES" AJ rahbariyati bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldilar. Unda asosan issiqlik energiyasi va issiq suv uzatish tizimi, qozon-turbina qurilmalarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

"Angren IES" AJ tomonidan issiqlik uzatishda bor imkoniyatlar ishga solinayotgani ma’lum qilindi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Angren shahrida 2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga, ayniqsa, isitish tizimiga tayyorgarlik holati kunning muhim mavzularidan biridir.
Angren shahar hokimi va sektorlar rahbarlari har bir hududda kommunikasiya tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ-5118-son qarori asosida amalga oshirilayotgan muhandislik, ta’mirlash, sozlash va modernizasiya ishlarini to‘liq nazoratga olganlar.
 
“Bunyodkor” ko‘chasida issiqlik tarmog‘idagi ta’mirlash ishlarini nihoyasiga yetkazish va ushbu joyda hech qanday nosozliklar vujudga kelmaslik bo‘yicha shahar hokimi va shahar prokurori   quruvchilarga, “Angren issiqlik energiyasi” DUK mas’ullariga tushuntirdilar.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 maydagi PQ-5118-son qarori asosida Angren shahri Guncha kochasida joylashgan "Bolinish shahobchasi" nasos stansiyasida d-300 mm olchamli 1 dona ochib yopish moslamasi va d-300 mm olchamli 1 dona qaytuvchi klapan ornatildi. "Kimyogar" nasos stansiyasida d-100 mm olchamli 2 dona va d-250 mm olchamli 1 dona ochib yopish moslamalari montaj qilindi. 5-sonli nasos stansiyasida elektruskunalari montaj qilindi.