Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
103K photos
7.96K videos
117 files
20.8K links
Download Telegram
Bugun Angren shahrida joylashgan Nurchi MFY da besh tashabbus doirasida sporning voleybol turi bo’yicha tuman shahar bosqichi bo’lib o’tdi

Shahar IIB boshlig‘i ning tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqada 4 ta sektor kesimida Angren shahrining 16 ta MFY lari ozaro kuch sinashdailar qizgin va murosasiz kechgan baxslarda 110 dan ortiq sportchi qizlar va o’gil bolalar g’oliblik uchun kurashdilar

Ushbu musobaqada Angren shahar Xokimiyati, Angren yoshlar ishlari agentligi, Umumtalim maktabidan masullar hamda Sport maktabidan masullar qatnashdi


Musobaqa g’oliblari esdalik sovg’alar medal va diplom hamda keyingi bosqich yani viloyat birinchiliga ishtirok etish uchun yo’llanma oldilar
Шу кунларда шаҳар ҳокими Алишер  Райимов бошчилигида ҳоким ўринбосарлари,  шаҳар прокуратураси,  Маҳаллалар уюшмаси,  коммунал корхоналар  раҳбарлари иштирокида аҳолини қийнаб келаётган ва ҳудудга оид муаммолар жойига чиқиб ўрганилмоқда ва сайёр қабул ташкил этилаяпти.

Хусусан,  бугун шаҳар ҳокимм А.Райимов "Дорилфунун" маҳалласида сайёр қабул ўтказилди.

Унда фуқароларнинг соғлиғини тиклашга сарфландиган ҳаражат учун моддий ёрдам кўрсатиш,  кўп қаватли уйларнинг том қисмини таъмирлаш, куз-қиш мавсумига тайёрлаш, фарзандини болалар боғчасига тўловларни тўлаш масаласи билан боғлиқ мурожаатлар кўрилди.

Ҳар бир мурожаат эътиборга олиниб, ижроси юзасидан назорат ўрнатилди.
Angren shahrida bir qator tashkilotlar hamkorligida 2- son kasb-hunar maktabi negizidagi "Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazi" binosida ta’lim muassasasalari bitiruvchilari hamda ishsiz aholi uchun  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  tashkil etildi.

Unda 31 nafar yirik ish beruvchi korxona 400 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkaga 101 nafar bitiruvchi jalb etildi. Shu yerning o‘zida 30 nafar yoshga turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlari to‘g‘risidagi yo‘llanmalar taqdim etildi.

9 nafari kasb-hunarga o‘qitiladigan, 6 nafariga o‘z tadbirkorliklarini boshlashlari uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar olishga ko‘maklashiladigan bo‘ldi. Shuningdek, 15 nafari xorijda ishlash istagini bildirdi, yana 33  nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ангрен шаҳар ИИБ бошлиғи А.Мирходжаев олис ва оғир ҳудуд "Жигаристон" маҳалласида бўлди.

Унда маҳалла еттилиги фаолияти ҳамда ҳудуддаги аҳволни кўздан кечирди.