Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#ma'naviyat

Alijon Yusupov - Angren shahar ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari;:

- Ma'lumki, shahar hokimi tashabbusi bilan
"Eng namunali
ma’naviyat xonasi" nomli o‘tkazilayotgan tanlovda qatnashayotgan Angren shahar Tibbiyot kollejida ma’naviy ishlar holati o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi va yuritilayotgan hujjatlar, o‘quv jarayoni, davomat masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. "Eng namunali ma’naviyat xonasi" tanlovi shartlari bo‘yicha tegishli ballar qo‘yildi. Shahar bo‘yicha tanlov natijalari 21 oktyabr kuni  e’lon qilinadi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'naviyat

Ushbu haftada “21-oktyabr   -  Oʻzbek tili bayrami  kuni”  munosabati bilan  “Qadring baland boʻlsin,  Ona tilim” mavzusida davra  suhbati  boʻlib oʻtdi.

Batafsil videolavhada🎥
Bizni  kuzating👉https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#ma'naviyat

🔰 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Angren shahar bo‘linmasi hamda  shahar Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatini baholash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Xalk taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Angren shahardagi 3-, 11- maktablarning  ish faoliyati o‘rganildi.

Tegishli soha xodimlari tomonidan direktor o‘rinbosarining faoliyatini o‘rganish va baholash yuzasidan savolnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu savolnoma o‘rqali ish faoliyati baholandi.

O'rganish jarayonida ushbu maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar yuzasidan kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularga zarur bo'lgan tegishli maslahatlar va amaliy yordam berildi  .

📲 Bizni kuzatib boring:👇


Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'rifat

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi harbiy qismda kitob savdo yarmarkasi o'tkazildi.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda badiiy va ommabop adabiyotlar sotuvga qo‘yildi.

Arzonlashtirilgan kitob yarmarkasida  harbiy xizmatchilar o‘zbek, jahon va bolalar adabiyotining eng sara asarlarini xarid qilishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'rifat

"Zukko kitobxon" tanlovi
Angren shahar 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4.02.2023 kuni ''Zukko kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovni maktabimiz targ'ibotchisi Dushayeva Muazzam hamda maktabimiz kutubxonachisi Kulbayeva Gulchehra ustozlar tashkillashtirdi. Tanlovda 8-''A'' hamda 8-"B'' sinf o'quvchilari ishtirok etishdi .Tanlov shartlari 3 bosqichdan iborat bo'ldi.1- shartimiz Buyuk bobomiz A.Navoiyning g'azallarini ifodali o'qib berish. 2-shartimiz savollarga to'g'ri javob berish. 3-shart A.Navoiy bobomizning ruboiylarini yoddan aytib berish bo'ldi. O'quvchilar shartlarga javob berishdi. Tanlov yakunida 8-''A''sinf qalaba qozondi. 8-"B" 2-o'rinni oldi. 8-"A" va 8-"B" sinf ishtirokchilari maktabimiz targ'ibotchisi tomonidan kitoblar bilan tag'dirlandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#onlayn
#ma'naviyat

Ayni damda Angren shahar ma’naviyat va ma’rifat  Kengashining  navbatdagi  kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar hokimi Alisher  Rayimov, O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti huzuridagi AOKA  Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i  Zarifa Eraliyeva,  sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari,  Jinoyat ishlari  bo‘yicha  shahar  sudi raisi,  "Angren"  universiteti rektori, ta’lim muassasalari rahbarlarining ma’naviy va ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosarlari  hamda ommaviy  axborot  vositalari  vakillari qatnashmoqdalar.

Yig‘ilishni Angren shahar ma’naviyat va ma’rifat  Kengashining  raisi Alisher Rayimov olib borayapti.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat

Angren shahar 20-umumiy o‘rta talim maktabining 3-b sinfida "Buyuklikka tenglashgan bobomiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars soati bo‘lib o‘tdi.

Sinf rahbari Dilorom Sheranova o‘quvchilarga dars davomida she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning g‘azallari, bosib o‘tgan tarixiy kechinmalari haqida so‘zlab berdi. Darsda o‘quvchilar ham sahna ko‘rinishlari, yod olgan g‘azallari bilan faol ishtirok etdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat
#ochiq_muloqot

Angren shahar 40-umumta’lim  maktabida buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi  munosib nishonlandi


Unda jurnalist, "Oltin qalam" sohibi, Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etgan kechada shoirning barhayot siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

E’tirof etilganidek, atoqli shoir, Davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘zining purhikmat hayoti va boy ilmiy-ma’rifiy ijodi bilan nafaqat millatimiz adabiyoti, balki jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo‘limi va Angren 42219 harbiy qism hamkorligida  “Men namunali harbiy oila bekasiman” mavzusida  “Balli, ayollar!” ko’rik-tanlovining harbiy qism bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu ko’rik-tanlovda harbiy xizmatchilarning eng zukko va eng iqtidorli turmush o’rtoqlari “Men na’munali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o’tmasa”, “Baxru bayt” va “Biz To’maris izdoshlarimiz!” kabi shartlar bo'yicha berlashishdi. Jamoatchilik vakillaridan iborat hay'at a'zolari ishtirchilarning har bir  chiqishlarini odilona baholab bordi.

Yakuniy natijalariga ko'ra "Balli, ayollar! " ko‘rik-tanlovining harbiy qism bosqichida g‘oliblik kichik serjant Akmal Subxonovning turmush o‘rtog‘i Mashxura Ayasovaga nasib etdi.

Tanlov ishtirokchilari harbiy qism qo‘mondonligining "Diplom" va  esdalik sovg'alari bilan tantanali taqdirlandi.

M.Begmuratova,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Targibotchilar jamiyati" a'zosi
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma’naviyat

Angrenlik jurnalist, ijodkor bilan uchrashuv

Bugun Angren shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va jurnalist Nigora Shofayziyeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo‘limi rahbari A.Yusupov, ijodkorlardan Sayyora Rixsiyeva, Ne’mat Dushayev, Baxtjon Qidirboyeva, Axborot-kutubxona markazi xodimlari,  ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar, harbiylar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ma’rifiy suhbatlar, yangi she’rlar, kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat
#o'rganish

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati  bo‘limi  tomonidan Angren  shahardagi   "Angren  Issiqlik energiyasi"  DUKda      ma’naviy va ma’rifiy ishlarning olib borilishi o‘rganildi.

O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-apreldagi  "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish   chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 5040-sonli Qarori  ijrosining ta’minlanish holati ko‘zlan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ma’naviy va ma’rifiy sohaga oid  ishlar tahlil qilindi. 2022-yil uchun  davriy nashrlar mavjud. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni olib borishda yo‘l xarita tuzish to‘g‘risida kelishib olindi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.

A.Yusupov,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  Angren shahar bo‘linmasi rahbari
📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat

Uch avlod uchrashuvi 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, inson qadri va inmonga e’tibor,  yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam.

Angren shahrida " Osiyo" majmuasida  “Uch avlod uchrashuvi” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Unda faxriy va nuroniy otaxon-onaxonlar, mehnat faollari, turli fan olimpiadalari va sport musobaqalarida zafar qozongan angrenlik  o‘quvchilar,  yoshlar ishtirok etdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Ma'naviy  -  ma'rifiy  tadbir

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi 42219 harbiy qismda yangi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan  tadbir oʻtkazildi. Unda harbiy qism targʻibot guruhi, harbiy xizmatchilar hamda Angren shahar jamoat ishlari boʻyicha hokim maslaxatchisi Alijon Yusupov ishtirok etib, asosiy qonunimizga kiritilgan oʻzgarishlar haqida  maʼlumotlar berdi. Savol-javoblarga boy boʻlgan tadbirda harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Shubilan birgalikda  Mustaqil  Uzbekistonimizning  32 yilligi munosabati bilan " Yangi hayot uchun,  Yangi O'zbekiston uchun  !  " degan bosh  g'oyani mujassam  etgan ma'naviy- ma'rifiy  davra suhbatlari ham o‘tkazildi. Uchrashuv soʻnggida,  shahar hokimligi tomonidan harbiy qism kutubxonasiga badiiy badiiy  adabiyotlar t'oplami  sovgʻa qilindi.

✏️Respublika Ma'naviyat  va ma'rifat  markazi  Angren shahar bo‘limi
#ma'naviyat
Angren shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining 2023-yilda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha mo‘ljallangan "Yo‘l xarita" ishlab chiqilib, shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi A.Rayimov tomonidan tasdiqlangan.

Mazkur "Yo‘l xarita" va RMMM Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan tasdiqlangan "Haftalik ish reja" ijrosini ta'minlash yuzasidan bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi tomonidan Angren shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo'limida ma'naviy-ma'rifiy sohaga oid faoliyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli tavsiyalar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat
Bugun Angren shahar axborot - kutubxona markazida  "Biz bir bòlsak- yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz" g'oyasi asosidagi "Ma,'naviyat marafoni" loyihasi doirasida ijodkor pedagog Gulsunoy Jamolovaning "Yoshlik navosi" kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda Angren shahar ma'naviyat - ma'rifat bo'limi rahbari A.Yusupov, Angren shahar madaniyat bo'limi to'garaklar bo'yicha mutaxassis I.Mahkamov, " Dovon jilg'alari" adabiy mahorat maktabi rahbari M. Abduqadirova , 25 - 34 sonli maktab ustozlari o'z  o'quvchilari bilan hamda axborot - kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.Tadbir davomida hamkasblari o'z ezgu tilaklarini bildirib, ijodkorning hayoti va ijodi haqida gapirishdi.Tashrif buyurgan o'quvchilar ijodkor she'rlaridan namunalar keltirishib, barchada katta taassurot qoldirdi.
#Angren
#ma'naviyat

Angren shahar 41-sonli  maktabda "Farzand tarbiyasida oilaning ro'li" mavzusida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda maktab direktori Sh.Raxmonova, Angren shahar IIB boshlig'i 3-sektor rahbari A.Aripov, mahalla raislari, Angren shahar Milliy Gvardiya xodimi inspektor-psixologi katta-leytenant J.Nishanov, Milliy gvardiya xodimi O.Mamatqulovlar  ishtirok etdlar.

Yig‘ilishda Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini yanada jonlantirish, nohushliklar sodir etilmasidan uni oldini olish,voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish , ota-onalarning farzandlariga e’tiborini kuchaytirish,farzandi tarbiyasi bilan jiddiy shug'illanishi uni yurish-turishi yuzasidan har  kuni kun  tahlilini qilishi,kechki 19 00 dan keyin farzandini  kattalar nazoratisiz ko'chalarga chiqarmaslik  kabi masalalar haqida gapirib o'tildi.
#Angren
#kitobga_mehr
#ma'naviyat

Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.

Bugun Angren shahar axborot kutubxona markaziga shahrimizdagi  10- bolalar bog‘chasi tarbiyachisi A.Abdurazzakova boshchiligida  bog‘cha tarbiyalanuvchilari sayohat uyushtirdi.

Kutubxona xodimlari bolalarga kutubxonamiz javonlaridan òrin olgan adabiyotlar, bir-biridan qiziqarli ertak kitoblar bilan tanishtirdi. Bolajonlar òzlari sevgan ertaklari va she'rlarini aytib berishdi. Òylaymizki, bolalar adabiyoti òsib kelayotgan bolajonlar qalbida kitobga mehr uyģotishga yordam beradi .
#Angren
#taqdimot
#ma'naviyat

Bugun Angren shahar axborot - kutubxona markazida shahrimizda yashab ijod qilayotgan ijodkor, pedagog, ma'naviyat targ'ibotchisi Muqaddamxon  Bekmurodovaning "Oqqan daryo" deb nomlangan kitobl taqdimoti bo'ldi.

Tadbirda shahar muzey direktori Sh.Ro'zmatov, "Tong yulduzi" gazetasi muharriri o'rinbosari M.Abduqodirova, shahar tibbiyot birlashmasi mas'uli S.Tursunov va boshqa mehmonlar qatnashdilar.

Kelgan mehmonlar M.Bekmurodovaga ezgu tilaklar bildirib, kelgusi ijodiga muvoffaqiyatlar tilab qoldilar.

Ishtirokchilar ijodkor she'rlaridan namunalar o'qib berishdi.

Tadbir sòngida Muqaddamxon òzining 16 nushada kitoblarini axborot-kutubxona  markaziga sovgʻa qildi.

Tadbir barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlab, kutubxonamizning ijodkor kitobxonlari koʻpayishiga turtki boʻldi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#Ma'naviyat_yashasa_millat_yashaydi

Angren shar 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining  bitirubchi sinflari bilan o'tkazilgan "Manaviy- ma'rifiy" mavzusidagi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga, ularning tarbiyasiga,ma'naviyat iga alohida e'tibor berish kerakligi to'g'risidagi video roligi va professor o'qituvchining "Ma'naviyat yashasa,Ma'rifat yashaydi" mavzusidagi dildan suhbaitdan  o'quvchilar kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi

Davra suhbatida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi savol-javoblardan o'quvchilar o'zlariga kerakli xulosalarni chiqarishdi.

Angren shahar 18- maktab o'qituvchisi Nozila Usmonova
#ma'naviyat

Angrenda ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar ma'naviy-ma'rifiy ishlar holatini o'rganish va amaliy yordam berish maqsadida, Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 41-sonli umumta'lim maktabidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati  o'rganildi.