Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.53K subscribers
122K photos
9.06K videos
138 files
23.7K links
Download Telegram
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
#LIVE
A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 171-253, 271-294 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, yo‘llarda ko‘rish masofasi 300 metrni, shamol 4-10 m/s. ni, havo harorati -6 darajani, namlik 78 %ni tashkil etmoqda.Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.
⚡️Binolarning tomlaridan qor massalari, muz va sumalaklar tushishidan ehtiyot bo‘ling⚠️

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar❗️

Qorlar erishi va tomlardan qor massalari, muz va sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/item/95

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
#Infografika

Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi Oliy taʼlim muassasalari toʼgʼrisida maʼlumotga egamisiz?

Infografika orqali hududdagi oliy taʼlim muassasalari toʼgʼrisida qisqacha maʼlumotga ega boʼlishingiz mumkin.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Forwarded from IHMA Toshkent viloyati
Endi har yili yurtimizda “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

🔮 Xo‘sh, nomzodlarni qanday sinovlar kutmoqda?

1. Bilim darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test sinovlari;
2. IQ va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
3. Yakka tartibdagi suhbat.

🧠 Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

Hududiy saralash bosqichidagi g‘oliblarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5, 3 va 2 baravarigacha;

Final bosqichidagi g‘oliblarga esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20, 15 va 10 baravarigacha pul mukofotlari beriladi.

🧠 Ko‘rik-tanlov — “Eng faol ijtimoiy xodim” va “Eng faol ijtimoiy xodim assistenti” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanadi.

Arizalar shu yilning 1-aprelidan 30-apreligacha Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy sayti ihma.uz orqali topshiriladi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining
Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati


📝 telegram 🎖 www.ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Пулингиз йўқми? Лекин тани-жонингиз соғломку.

Ҳозироқ шукур қилинг! Қаранг, сизда шукур қилишга қанча кўп сабабларингиз бор!


https://t.iss.one/Gulshoda_Nasibaliyeva
Angren shahar hokimligi binosida sportchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli yod gʻoyalarni targ'ib qilinishini oldini olish hamda sportchilar oʻrtasida huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbat jarayonida Shahar hokimligi, IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha vakilli, Yoshlar ishlari agentligi Angren shahar bo’limi vakilli, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Angren shahar boʻlimi , diniy idora vakillari hamda  1- va 2-sonli Bolalar sport maktabi murabbiy va sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

O'tkazilgan davra suhbatida sportchi yoshlarimiz o'zlari uchun tegishli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
Ногирон болам бор. Фақат унга ғамхўрлик қиламан. Пенсия ёшигача ҳеч каерда ишлай олмасам менга пенсия тайинланадими?

🔰 “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ, 18 ёшгача ногиронлиги бўлган болага қараб туриш даври пенсияга чиқишда иш стажига қўшиб ҳисобланади.

Бунда, қараб туриш вақти пенсия тайинлаш учун зарур бўлган иш стажига фақат қараб турган ва қараб туришга муҳтож бўлган шахс билан бирга яшаган шахслардан бирига қўшиб ҳисобланади.

Ушбу қараб туриш вақти фуқарода умумий иш стажи камида 7 йил бўлган тақдирда иш стажига қўшиб ҳисобланади.


❗️Агар фуқарода камида 7 йил иш стажи бўлмаган тақдирда 18 ёшгача болага қараб туриш даври иш стажига ҳисобланмайди.

🗣 Бундай вазиятда фуқарони ижтимоий ҳимоя қилиш, моддий қўллаб-қувватлаш мақсадида унга “ёшга доир нафақа” тайинланади.


Маълумот учун, ёшга доир нафақага
◼️ эркаклар 65 ёшдан;
◼️ аёллар 60 ёшдан чиқиш ҳуқуқига эга бўлса;
◼️ болаликдан ногиронлиги бўлган фарзанди бор (бўлган) оналар 55 ёшдан чиқишлари мумкин.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#муаммо_ва_ечим
Ангрен шаҳар "Оҳангарон" кўчасида реклама ва эълонларни жойлаштириш тартиби бўйича тушунтиришлар олиб борилди.

Шаҳар ҳокимининг маслаҳатчиси Наргиза Назарова, Маънавият ва маърифат маркази шаҳар бўлими раҳбари Алижон Юсупов, ҳокимлик Ахборот хизмати билан ҳамкорликда ушбу жараённи амалга оширдилар.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube