Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.53K subscribers
122K photos
9.06K videos
138 files
23.7K links
Download Telegram
#ochiq muloqot Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida hokimning barcha o‘rinbosarlari va hokimlik mas’ullari, sektorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, sektor kotiblari ishtirokida joriy yilning 6 mart kuni Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Batafsil

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
🎓 #OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI

📍 Toshkent viloyati pedagogika texnikumi

🟢 “Men tanlagan kasb — kelajagim, faxrim mening” shiori ostida Toshkent viloyati pedagogika texnikumida Ochiq eshiklar kuni katta tantana bilan nishonlandi.


🎓 Tadbir davomida “Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi” yo‘nalishining kunduzgi va dual shaklda ta’lim olayotgan o‘quvchilariga 50 ta diplom tantanali ravishda topshirildi.

👥 Tadbirda Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlaridan umumta’lim maktab o‘quvchilari, ustozlar, ota-onalar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

🛠 Texnikumning mavjud yo‘nalishlari, amaliy mashg‘ulotlari va ijodiy chiqishlari mehmonlarga namoyish etildi.


🎙 Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo'linmasi rahbari A.T. Yusupov ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda yoshlarni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish muhimligini alohida ta’kidladi.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi