Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.36K subscribers
107K photos
8.17K videos
124 files
21.5K links
Download Telegram
⭕️Live

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi

Xitoyda bo‘lib turgan delegatsiyamiz ayni paytda Pekinda muloqot va muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida va bugun imzolangan kelishuv hamda shartnomalar:

Ohangaron tumanida elektromobil ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Tomonlar bu haqdagi dastlabki kelishuvga erishdilar. Loyihaning birinchi bosqichdagi qiymati - 20 million AQSH dollari.

Xitoylik tadbirkor bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida mineral o‘g‘it ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati - 5 million AQSH dollari.

Ohangaron tumanida keramik plitalar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan press-formalar, frit va glazur aksessuarlari, keramika bo‘yoqlari, karton o‘ragichlar va PET-tasmalari ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati - 10 million AQSH dollari.

Angren shahrida yelim ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati - 20 mln. AQSH dollari.

Shuningdek, Xitoyda Piskent tumani vakillari tomonidan ham bir qator kelishuvlarga erishildi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbek davlatchiligi tarixida milliy madhiyalar ham alohida o‘rin tutib kelgan. Qadimgi Turk hoqonligi, Xorazmshohlar, Temuriylar davrida qo‘shinlarning alohida saf qo‘shiqlari, harbiy marshlari bo‘lgan. Jang paytida maxsus musiqachilar tabl, karna, burg‘u, nog‘ora va boshqa maxsus asoslarda jangovar musiqalarni ijro etishgan, bu askarlarga o‘ziga xos jo‘shqinlik baxsh etgan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 декабрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тарихи

🗓 10 декабрь (1992 йил)

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисидаги Қонун қабул қилинган.

Қонунга кўра, Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир.

Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.
Профессионал бокс: Саиджамшид Жафаров ғалабага эришди

БААнинг Дубай шаҳрида бокс бўйича ўтказилган "IBA чемпионлар оқшоми"да ҳамюртимиз Саиджамшид Жафаров ғалаба қозонди. Мазкур бокс баҳсида С.Жафаров япониялик Осиё ўйинлари ва Жаҳон чемпионати ғолиби Қуинсе Оказава билан 6 раундлик жангда рингга кўтарилди.

Батафсил:
https://uza.uz/posts/546598

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
"Ангрен иссиқлик энергияси" ДУК раҳбари Эркин Гаибов "Кимёгар" маҳалласи ва Дукент қўрғонига узатилаётган иссиқликнинг ҳароратини жойига чиқиб тегишли ускуналар ёрдамида ўлчаб, текширув-назорат ишларини олиб борди.

Ўрганишларда ҳудуддаги бошқарув сервис компаниялари раҳбарлари ҳамда маҳалла фуқаролари қатнашдилар.
Шаҳар ҳокимига фуқаролардан келиб тушаётган мурожаатлар жойига чиқиб ўрганилиши тизимли ташкил этилган.

Бугун "Дорилфунун" маҳалласида яшаб келаётган, боқувчисини йўқотган икки нафар фарзанднинг онаси томонидан шаҳар раҳбарига қилинган мурожаат ҳам ўрганилди.

Унда шаҳар хокимининг ўринбосари Мавлуда Абдурахмонова, "Дорилфунун" МФЙ раиси ва профилактика инспектори мурожаатчи билан мулоқотда бўлдилар, муаммонинг сабабини ўргандилар ва фуқаронинг истагидан келиб чиқиб, уни шаҳардаги реабилитация  марказига жойлаштирдилар.