Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.29K subscribers
103K photos
7.95K videos
116 files
20.8K links
Download Telegram
#forum

O'zbekiston Respublikasi Рrezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarorning Angren shahar miqyosidagi amaliy ijrosini ta'minlash hamda ta'lim sohasida yuksak natijalarga erishgan o'quvchilarni taqdirlash hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Angren shahar hokimligi va viloyat xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish Agentligi bilan hamkorlikda "Hokim va yoshlar forumi" o'tkazildi.

👉Kanalga ulanish:https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Anjumanda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish Agentligi Toshkent viloyati boshqarma boshlig'i
Shahzoda Jumayeva, Yoshlar ishlari angrentligi rahbari Azizbek Parpiyev, shahar XTB horijiy tillar metodisti Sardor Jalilov, O'zLIDEP vakillari, shahar umumta'lim maktablari va nodavlat ta'lim muassasalari ingliz tili fan o'qituvchilari hamda o'quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
"Hokim va yoshlar forumi"da qatnashgan ingliz tilida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan eng sara o'quvchilar va ularga ta'lim bergan o'qituvchilar hamda ota-onalar shahar hokimining tashakkurnomalari bilan rag'batlantirildi. 👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/angrenhokimligi_7