Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
7.99K videos
118 files
21K links
Download Telegram
#Live

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib turibdi.

Ayni paytda Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi B2B va G2B formatda davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴Live

Urumchi shahrida boʻlib oʻtayotgan investitsiya, savdo va turizm forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoy tomoni bilan B2B, G2B, G2G formatida amaliy muloqot va ishchi muzokaralar olib bormoqda.

Vakillarimiz ham mazkur oʻziga xos anjumanda faol ishtirok etib, Oʻzbekistonning, xususan, Toshkent viloyatining investitsiyaviy jozibasi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishmoqda, yangi investitsiya bitimlari shakllanmoqda, loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlar tuzilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM