Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.32K subscribers
102K photos
7.92K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

#ANONS

“Toshkent suv taʼminoti”: Angren shahrida ichimlik suvga ulanish va debitorlik qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi.

🎥 youtubeda videolavhani to’liq ko‘rish

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
#bildirish

Angren shahar  tarixi muzeyi "2024- yil Yangi yil bayrami " munosabati  bilan 1-10- yanvar  kunlari Toshkent viloyatida o‘tkaziladigan "Yoshlar  turizmi haftaligi "  doirasida muzeyga tashrif buyuruvchi  o‘quvchi ,  talaba va yoshlar uchun 100% chegirma   e‘lon qiladi.

Angren shahar tarixi muzeyi ma‘muryati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angren shahar "Barkamol avlod bolalar maktabi"

🤖 Barkamol avlod - Robototexnika va konstruktorlik to'garagi raxbari Umidjon Kenjayev yasalgan odamsimon robot
!

📌 Odamsimon robotimiz o'zbekcha, ruscha va inglizcha gapira oladi. Robot "Yangi yil" ga she'r yodlabti eshitib ko'ring!

👉 @Angren_Barkamol_avlod
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren temir yo'l vokzalining ahvoli yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Angren shahar bolimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

Oʼrganish davomida shahar hududida yomgʼirli ob-havo sharoitiga qaramasdan davlat inspektorlari nazoratida  buguni o'zida maxsus texnikalarni jalb etgan holda chiqindilarni tozalash ishlari olib borildi hamda hudud chiqindilardan bartaraf etildi.

Oʼz oʼrnida aholidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamasliklarini va uni yoqmasliklari haqida eslatib oʼtishni joiz deb bildik. Zero, atrof-muhitga beparvolik bilan qilingan salbiy harakatlar uchun qonunda belgilangan tartibda chora koʼrilishini eslatib oʼtamiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
Joriy yil yurtimiz bo‘ylab Yangi 2024-yilni kutib olish o‘zgacha bir hayajon, zavq va shukuh bilan qarshi olinishi bizning 73- ixtisoslashtirilgan maktab-internati  o‘quvchilarning ham mas’uliyat bilan izlanishiga sabab bo‘ldi.

Bugun maktabda o‘zgacha kayfiyatda o‘tkazilgan ’’Yangi yilda yangi orzular’’ mavzusidagi badiiy tadbir barcha tomoshabinlar, mehmonlar, bolajonlarning qalbidan joy oldi. Ayniqsa, ustozlar tomonidan ijro etilgan barcha bayram dasturlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. O‘quvchilarning ijro etgan kuy va raqslari, mehmon bo‘lib kelgan sahna qahramonlari orqali biz ustozlarni yana bir bor  bolalikning xayollar olamiga sayohat qilishga undadi.

Ertamiz egalari bo‘lgan aziz bolajonlarning ma’naviy va madaniy dunyosini rivojlantirishda biz pedagoglar va ota-onalarning hamkorlikda ishlash shijoatimiz hech qachon so‘nmasin!
Бугун "Истиқлол" майдонида Янги йил шодиёналари давом этди.

Унда 2-сон "Ёшлар" маданият маркази қошидаги "Замин" халқ театри жамоси (режиссёр Маҳмуджон Хамдамов) навбатдаги эртак-томошасини болажонлар учун намойиш қилдилар.

Ушбу эртак томошада шаҳримизнинг истеъдодли ёшларидан Сардор Нурматов, Маҳлиё Тоирова, Мухаммадкамол Кучаров, Сарвар Шахзодов, Азиза Холматова, Гулзода Адашбоева, Чингиз Абдусаматов, Ваҳобжон Товбоев, Зиёда Жўраева, Дилнура Тоирова, Шахризода Акбаралиева, Дурдонахон Нуруллахоновалар ўзларига берилган ролларни маҳорат билан ижро этишди.
🎉“Президент совғаси” республикамизнинг барча ҳудудларига етиб борди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг маълум қилишича, Янги йил байрами муносабати билан юртимиздаги Меҳрибонлик уйлари тарбияланувчилари, ота-она қаровисиз қолган болалар, ота-оналари Ватан сарҳадларини ҳимоя қилиш йўлида қурбон бўлган болалар, ижтимоий ҳимояга муҳтож оилалар фарзандлари учун бериладиган “Президент совғаси” карвонлари барча ҳудудларга етиб борди.

Ушбу совғалар ҳудудий ҳокимликлар иштирокида жорий йилнинг 29-30 декабрь кунлари тантанали тарзда топширилади.

Маълумот ўрнида, “Президент совғаси” таркибига Ўзбекистон Республикаси Президентининг болаларга йўлланган Янги йил байрами табриги, 17 турдаги ширинликлар, 2 номдаги канцелярия маҳсулотлари, смарт соат, дарс магнит тахтаси ва бошқа совғалар киритилган, дейилади хабарда.

Шунингдек, 12 ёшдан катта 1600 нафар тарбияланувчилар совғалари таркибига планшетлар ҳам киритилган.

@haqiqatonline_24