Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
Nurafshon shahrining Yoshlar markazida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi. Angren shahridan 4 nafar faol ayol ishtirok etishdilar.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️I
shtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

*Bekobod tumani. Tuman hokimining o’rinbosari korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig’ilish o’tkazdi.

*Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi tashabbusi bilan, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar moddiy tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.

*Toshkent tumani. Yoshlar yetakchilari tomonidan yigit-qizlarning murojaatlarini hal etish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash choralari ko'rilmoqda.

*Bo'ka tumani. Hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilishda ijro intizomi, murojaat va hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, nazorat rejada qayd etilgan masalalar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

*Oqqo'rg'on tumani. Tuman hokimi  rahbarligida mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida dolzarb masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

*O'rta Chirchiq tumani. Tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 21 nafar yigit-qizlarga mehnat qurollari topshirildi.

*Olmaliq shahri. Shahar hokimi boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” oʻtkazildi.

*Bekobod shahri. Mahalla raislari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi "Hokimlik soati" yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.  
*Angren shahri. Shahar hokimi boshchiligida “Bogʻi surh”  mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazildi.

*Chinoz tumani. "Samarqand" mahallasidagi nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan oilalarga homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

*Qibray tumani. Tuman hokimi boshchiligida oʻtgan yigʻilishda hokimlik hamda korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga amal qilmaslik borasidagi kamchiliklar muhokama qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#айни_дамда

Ангрен шаҳрида хуқуқбузарликлар ва жиноятчиликларнинг барвақт олдини олиш мақсадида "Хавфсиз тун" рейди ташкил этилди.

Шаҳар прокурори Улуғбек Хабилжонов бошчилигида шаҳар ИИБ тунги хизмат ходимлари ҳамкорликда тадбир давомида бир қатор масканлар, жумладан, савдо дўконлари, кўнгилочар масканлар ва компьютерхоналардаги аҳвол кўздан кечирилди.

Ўрганиш давомида тунги вақтда бемақсад юрган айрим шахслар ўртасида профилактик суҳбатлар олиб борилаяпти.
"Хавфсиз тун" тадбири доирасида куз-қиш Штаби фаолияти ҳам ўрганилди, фуқароларнинг тунги мурожаатлари бўйича зарур чора-тадбирларни амалга ошириш юзасидан зарур кўрсатмалар берилди.

Шаҳар прокурори Улуғбек Хабилжонов ҳудудда тунги вақтда муҳит хавфсизлигини таъминлашда эътибор қаратилиши лозим бўлган омиллар тушунтирилди ва ҳар бир маскан кўздан кечирилди.