Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.52K subscribers
120K photos
8.94K videos
137 files
23.3K links
Download Telegram
Navro‘z  -  ezgulik,  mehr-oqibat,  saxovat,  azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ayyom.

Bugun "Birinchi  rezinotexnika  zavodi"  ishchi-xodimlari "Navro‘z sayli"ni chinakamiga bayramona ruh bilan o‘tkazishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Korxona mehnatkashlari tomonidan milliy an’analarimiz,  ko‘klam taomlari namoyish etildi. 

Xalq ijodiyotidan namunalar,  lapar va o‘lanlar ijro etilgan saylda barcha bo‘lim xodimlari bahamjihatlik bilan faol qatnashdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Xushxabar
#talim
Maʼlumki, rivojlangan davlatlarda oʻqish uchun hukumat grantlaridan tashqari universitetlarning alohida qisman va toʻliq grantlari ham mavjud boʻlib, bu grantlarni yutish oʻziga yarasha mashaqqat talab qiladi. Ayniqsa, top reytingda turuvchi universitetlarga qabul qilinish va ular taqdim etadigan grant sohibi boʻlish uchun siz oʻzingizning boshqalardan farqli va kuchli jihatlaringizni namoyish etishingiz kerak.

Tanishing bu Muhiddinov Avazxon. Bir
vaqtning o'zida 8 ta Xalqaro universitetlarga grant yutib olgan.
Oʻz ustingizda doimo ishlang, til sertifikatlari, SAT, GMAT, GRE imtihonlaridan yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻling, volontyorlik harakatlari va amaliyotlarda qatnashing, sport musobaqalarida faol boʻling va, eng muhimi, oʻz yutuq hamda qobiliyatlaringizni pozitivlik bilan koʻrsatib bering. Siz, albatta, koʻplab raqiblarni yengib chiqib, grant sohibiga aylanasiz!


📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube