Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
103K photos
7.96K videos
117 files
20.8K links
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️⚡️Бугун депутатлар Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда

Бугун соат 15:00 да Қонунчилик палатасида бўлиб ўтадиган Ялпи мажлисда Конституциявий қонун лойиҳаси кўриб чиқилади.

Йиғилишда “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси бўйича Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақидаги қарор қабул қилиниши кутилмоқда.

Ялпи мажлис “Ўзбекистон 24”, “Ўзбекистон” телерадиоканаллари, "UzReport" телеканали, Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг расмий веб-сайти, YouTube'даги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади.
❇️ Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchi va xizmatchilari tomonidan “Favqulodda vaziyatlarlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” tadbirlari doirasida shahrimiz fuqarolarning is gazidan zaharlanishni oldini olish, gaz-havo aralashmali chaqnash kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha profilaktik tadbirlar shahrimizdagi mahalla fuqarolar yig’inlarida davom ettirildi.
🔥 Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari MFYlarda joylashgan aholi turar uylarida fuqarolarning is gazidan zaharlanish, gaz-havo chaqnashi bilan bog’liq nohush xolatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va yo’riqnomalar berildi.

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
❇️ Shuningdek, “Favqulodda vaziyatlarlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” tadbirlari davomida Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi zobitlari tomonidan hududdagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida profilaktik mazmundagi suhbat va yo’riqnomalar o’tkazilib, o’qituvchi, o’quvchi va ishchi-xizmatchilarga tushuntirish va targ’ibot ishlari o’tkazildi.

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
#taraddud

Xabar berganimizdek,  shu kunlarda Angren shahrida sektorlar kesimida mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Sumalak sayli"  keng ko‘lamda tashkil  etilmoqda.

Xabar berganimizdek, navbatdagi sayl ertaga 3-sektorda o‘tkaziladi.

Bugun "Ulug‘bek"  mahallasida sumalak taomi   tayyorlanayapti.

Sektor rahbari Abid Aripov doshqozon atrofiga jamlangan 3-sektor mahalla xotin-qizlar faollariga minnatdorchilik bildirdi va "Sumalak sayli" tadbirini ko'tarinkilik bilan o'tkazish yuzasidan taklif, tavsiyalar berdi.

Mahalla xodimlari ezgu niyatlar bilan "Sumalak sayli"ga qizg‘in tayyorgarlik  ko'rayaptilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
"Yangiobod"  mahalla fuqarolar yig‘ini  hududida Davlatimiz rahbarining PQ-408-sonli Qaroriga muvofiq 40 dona yog‘och tayanchni yangisiga almashtirish belgilangan. Pudratchi-tashkilot tomonidan temir-beton tayanchlari o‘rnatilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Angren_shahar
#Targibot_tadbiri

❇️Bugun Angren shahar Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 11, 12, 13-umumta'lim maktablarida o'quvchilar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida  targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi M.Xusanboyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi mutaxassisi O.Jo'rayev, "Obliq" jome masjidi imom-hatibi X.Sharofxojayev va boshqalar ishtirok etdilar.

✳️Targ‘ibot tadbiri davomida qatnashchilarga mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi. Davra suhbati davomida o'quvchilarchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.