Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
103K photos
7.98K videos
117 files
20.9K links
Download Telegram
#obodonlashtirish
Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov "Ulug‘bek" mahallasida bo‘ldi.

Unda 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar atrofi,  bolalar maydonchalarini tartibga keltirish hamda uylar oldidagi ariq-zovurlarni tozalash, yengil  konstruksiyadagi noqonuniy qurilmalarni buzish,  hududni obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish  yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimi Alisher  Rayimov "Ulug‘bek"  mahallasi 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar oldi va yon-atrofidagi holat yuzasidan "Dukent service center"  Boshqaruv servis kompaniyasiga e’tirozlar bildirib,  muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasini berdi.

"Ommaviy tozalash haftaligi" doirasida hudud obodonchiligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatayotgan  "Birinchi rezinotexnika zavodi", "O‘zbekko‘mir" AJ, "Issiqlik elektr stansiyasi" AJ ishchi-xodimlari beminnat  mehnatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Shahar  hokimi  Alisher  Rayimov "Ulug‘bek"  mahallasida  bo‘lgan chog‘ida hududda amalga  oshirilayotgan ishlarni qadamba-qadam yurib o‘rgandi. Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Mahallada chinakamiga obodonchilik hukm surishi, ishlar sifatli bo‘lishi, ish hajmini yanada  ko‘tarish yuzasidan taklif,  tavsiyalar  berdi.

Obodonlashtirish  ishlariga ko‘maklashayotgan korxonalar ishchi-xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
"Ulug‘bek"  mahallasida obodonlashtirish  ishlari  qizg‘in  tus olgan. Ayni paytda mahallaga  maxsus texnikalar jalb etilgan.

Safarbar etilgan kuch va  vositalar ko‘magi bilan ko‘p qavatli uylar yer maydonlari tekislanib, yashil maskanga aylantirish uchun shay qilindi.Bundan tashqari, uylar kirish yo‘laklari bir xil ko‘rinishga keltirilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube