Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
8.01K videos
118 files
21K links
Download Telegram
Angrenda  shahar  hokimi  rahbarligidagi 1-sektor tarkibida bo‘lgan "Gulzor"  mahallasida  fuqarolarning bandlik bo‘yicha qilgan murojaatlari "xonadonbay",  "fuqarobay" tizimida o‘rganilayapti.

Unda shahar hokimining  o‘rinbosari  Mavluda Abdurahmonova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari hamda "Gulzor" MFY hokim yordamchisi murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

O‘zaro suhbat davomida fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi uchun qiziqishi, xohishi inobatga olinib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha ish o‘rinlari to‘g‘risida tushuntirilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#nazorat
#3_sektor

Ma’lumki,  shahardagi mavjud mahallalarning muammolari, fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ijobiy hal etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu borada  sektorlar rahbarlari nazoratni kuchaytirganlar.

Angren shahar "Obod"  mahallasida yashrvchi fuqarolardan 3-sektor rahbariga hududdagi elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorni talab darajasida bo‘lishi va tartibga keltirilishi yuzasidan qilgan murojaati  o‘rganildi. Sektor rahbari Abid Aripov murojaat ijobiy hal etilishini nazoratga oldi.

Natijada muammo Angren SHETK tomonidan bartaraf etildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#investitsiya

ANGREN: xorij investitsiyasi orqali tatbiq etiladigan yangi loyiha yuzasidan muzokaralar olib borildi

Angren  - sanoat markazi bo‘lib, unda   xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Mavjud qulayliklar va afzalliklar tufayli chet ellik investorlarning   Angrenga qiziqishlari yildan-yilga oshmoqda. Ular tomonidan kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning hajmi ko‘payib boraypti.

Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov "Green basik materials" MCHJ ishbilarmonlari bilan uchrashdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Unda Xitoy davlatining "Innovation Tashkent Building materials industry" kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladigan "Yupqa mineral kukun va gazbeton mahsulotlar ishlab chiqarish" loyihasi va taqdimoti bilan tanishdi.

Ichki va tashqi bozorni sifatli yupqa  mineral kukun va gazbeton mahsulotlari  ishlab chiqish quvvatiga ega bo‘lgan mazkur  loyiha qiymati 17, 7 mln.doll. bo‘lib, unda jami 50 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zaro muloqotlar chog‘ida loyihaning afzalliklari, xususan, hududda ekologik muhit barqarorlik ta’minlanishi, issiqlik elektr stansiyalariga atrof-muhit muhofazasi uchun zarur qurilmalar o‘rnatish bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilindi.

O‘zaro muzokaralarda tatbiq etiladigan mazkur loyihaga shahar rahbari  tomonidan berilgan taklif, tavsiyalarni ham kiritishga kelishildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Xabar berganimizdek,  ayni paytda Angren  shahrida  mavjud 46 ta mahallada aholi murojaatlari,  muammolari va hudud obodonchiligi bo‘yicha  keng ko‘lamli ishlar  boshlandi.

Sektorlar kesimida har bir mahallaning hududidagi jarayon sektor rahbari boshchiligida amalga oshirilayapti.

"Navbahor", "Zarbuloq", "Obod",  "Ulug‘bek" mahalla fuqarolar  yig‘inlarida obodonlashtirish ishlari izchil  davom  etmoqda.

Sektor rahbari Abid Aripov "Navbahor", "Zarbuloq"  mahallalarida ko‘p qavatli  uylar atrofini,  obodonlashtirish, daraxtlarga shakl berish,  ichki loy yo‘llarni shag‘allashtirish ishlariga boshchilik qildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube