Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
7.99K videos
117 files
20.9K links
Download Telegram
Shahar rahbari  boshchiligida  "Ohangaron"  ko‘chasining har bir qismiga alohida yondashildi.

- To‘g‘ri,  hududda  obodonlashtirish  va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan.  Lekin bu jarayon hozirgi davr talabiga mos bo‘lishi kerak- deya ta’kidladi  shahar hokimi Alisher  Rayimov.  - Ko‘chaning har bir qarichini yashil maskanga aylantirish,  avtobekatlarda odamlarga qulay sharoitlar  yaratish, hududda xizmat ko‘rsatish  sohalar ob’yektlariga qonuniy tus berish lozim..
Hademay  "Ohangaron"  ko‘chasida obodonlashtirish  ishlari  olib boriladi.  Ushbu jarayonda nafaqat  mutasaddi  tashkilotlar,  balki, hududdagi mahallalar tomorqa yer egalari hamda faollari ham munosib ulush qo‘shsalar,  ish unumdorligi ta’minlanadi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Angren shahrida "Ohangaron"  ko‘chasi shahar rahbari boshchiligida o‘rganilgandan so‘ng,  galdagi o‘rganish "Navoiy"  ko‘chasi bo‘ldi.

Unda barpo etilgan  "Salomatlik yo‘lagi"  va yashil maydonlarga sanoat,  qurilish mollari joylab qo‘yilganligi aniqlandi.

"Navoiy"  ko‘chasidagi mavjud avtobekatlarda yo‘lovchilarga sharoitlar yaratilmagan,  o‘rindiqlar o‘rnatilmagan. Аvtobekatlarni savdo do‘konlariga aylantirgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.

Shu yerning o‘zida savdo do'koni hamda avtobekat tartiblari hamda uning yon-atrofidagi mavjud maishiy chiqindilarni olib chiqish, yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish bo‘yicha  tushuntirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube