Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.32K subscribers
103K photos
7.95K videos
117 files
20.8K links
Download Telegram
#kun_tartibi

Angren shahar hokimi Alisher  Rayimov  boshchiligida hokimlik apparati xodimlari ishtirokida yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida  amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda  ushbu haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamaga qo‘yildi.

Shahar hududini obodonlashtirish, noqonuniy  qurilmalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, shuningdek,   Davlatimiz rahbarining PQ-408-sonli Qaror ijrosi hamda  kommunikasiya  tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlar ijrosi, "Ayollar daftari"ning to‘rtinchi bosqichidagi jarayon,  ijtimoiy-iqtisodiy sohalar oldida turgan muhim vazifalar atroflicha  tahlil qilindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#инсон_қадри

"Истиқлол" МФЙ ҳоким ёрдамчиси ташаббуси билан ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳолига озиқ-овқат билан ёрдам кўрсатилди.
Fevral  - qish faslining oxirgi oyi bo‘lsa-da, ob-havoda ham o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatilib,  goh yog‘in-sochin,  gohida iliq kunlar bo‘lmoqda.

Qorlar erigach, tabiiyki,  atrof-muhitga alohida e’tibor qaratish zarur  bo‘ladi.  Tabiat ham,  uning in’omlari ham inson mehriga tashnadek tuyuladi.

Ana shularni teran his etgan har bir inson tabiatga oshno bo‘ladi.

Ayni pallada tog‘lar bag‘rida joylashgan ona shahrimiz Angrenda obodonlashtirish,  atrof-muhit tozaligini ta’minlash,  yo‘l va kommunikasiya infratuzilmasini tartibga keltirish bilan bog‘liq ishlar izchil boshlandi.

Bugun ertalabdan shahar  hokimi  Alisher Rayimov "Angren temir yo‘l vokzali"  hududida sektorlar,  mutasaddi  tashkilotlar hamda boshqaruv servis kompaniyalari  rahbarlari bilan uchrashuvda aynan ana shu masalalarga e’tiborni qaratdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Angren shahriga kirishning asosiy qismida, xususan, "Angren" stellasi yon-atrofida amalga oshiriladigan ishlar joyida muhokama qilindi.
O'rganish davomida har bir mutasaddi rahbar o‘z yo‘nalishida bajariladigan vazifalarni belgilab oldilar.

Elektr energiya,  gaz,  hudud obodonchiligi,  fuqaro muhofazasi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati bo‘yicha soha mutaxassislari fikr bildirdilar va hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube