Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
103K photos
7.97K videos
117 files
20.9K links
Download Telegram
❇️ Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchi va xizmatchilari tomonidan “Favqulodda vaziyatlar va yong’inlar profilaktikasi” kuni doirasida shahrimiz fuqarolarning is gazidan zaharlanishni oldini olish, gaz-havo aralashmali chaqnash kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha profilaktik tadbirlar shahrimizning “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’inida davom ettirildi.
🔥 Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari ushbu MFYda joylashgan aholi turar uylarida fuqarolarning is gazidan zaharlanish, gaz-havo chaqnashi bilan bog’liq nohush xolatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va yo’riqnomalar berildi.

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7/67018
❇️ “Favqulodda vaziyatlar va yong’inlar profilaktikasi” kuni tadbirlari davomida Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi hodimlari tomonidan hududdagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik mazmundagi suhbat va yo’riqnomalar o’tkazilib, o’qituvchi, o’quvchi, tarbiyalanuvchi va ishchi-xizmatchilarga tushuntirish va targ’ibot ishlari o’tkazildi

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7/67018
❇️ Toshkent viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 31 499,2 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Ангрен шаҳар "Янги Ҳаёт" МФЙ ҳудудига ПҚ-408 Қарори асосида 25-дона св-9,5 темир-бетон таянчи келтирилди.
#bandlik

Angren shahrida hokim yordamchilari tomonidan  har bir fuqaroning muammosi atroflicha o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha hal etilayapti.

"Yangi Gushsoy" mahallasi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida  “Oilaviy tadbirkorlik” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Unda "Nurota" ko‘chasi 4-uyda yashovchi Shohjahon  Sobirmatovga  33 mln.so‘m miqdorida  imtiyozli kredit ajratilib, o‘z xonadonida fotostudiya faoliyatini yo‘lga qo‘ydi va shu orqali o‘zini o‘zi band qilib,  oilasiga daromad keltiradigan bo‘ldi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Angren shahrida hududlarni ijtimoiy rivojlantirish,  aholi turmush tarziga qulayliklar yaratishda bajarilayotgan ishlar sektorlar rahbarlari tomonidan nazoratga olingan.

Xususan,  IIB boshlig‘i Abid Aripov rahbarligida 3-sektor tarkibida bo‘lgan mahallalar kesimida obodonlashtirish va kommunikasiya tizimida bir qator ishlar olib borilayapti.

Sektor rahbari "Ulug‘bek" MFY 43-maktabda va hududdagi obodonlashtirish hamda  "Namuna" MFYda ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ini tortish ishlarini, "Obod", "Navbahor" mahallalarida sel toshqini xavfi ehtimoli bo‘lgan hududning holatini borib ko‘rdi.

Shuningdek,  "Zarbuloq" mahallasida yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi bilan uchrashdi.

Unda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish va tadbirkorlik orqali ishsizlarning bandligini ta’minlash yuzasidan zarur taklif, tavsiyalar berdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube