Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
8K videos
118 files
21K links
Download Telegram
#ana_xolos ‼️Xabaringiz bor shu kunlarda shahar hokimi boshchiligida Angren shahrining ko‘rkini yangicha qiyofa tus oldirish, obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayapti, aniqlangan kamchiliklarga keskin choralar ko‘rilayapti. O‘rganish davomida ko‘plab dilni xira qiluvchi manzara, ya’ni, tashqi reklamalardan ko‘z yumib o‘tib bo‘lmayapti. Ahamiyat berilsa, peshlavhalari mantiqan tushunarsiz nomlar o‘rin olgan yoki Davlat tilini mensimaslik holatlari kuzatiladi.

✔️Daraxtga yangicha dizayn ham bor

‼️Achchiq gapirmadik. Sub’yektga nom tanlashda ma’no-mazmunga va Davlat tiliga e’tibor bering! Maylimi?

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#jarayon

Angren shahar "Ulug‘bek"  mahallasida to'rt qavatli 48 ta xonadoni,  6 ta yo'lagi mavjud uyning fasad qismi bazalt qoplamasi bilan qoplanmoqda.

Ushbu utga jami 2700 metr kvadrat hajmda bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari olib boriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Shahar hokimining  o‘rinbosari  Shavkat  Erkabayev "Ulug‘bek"  MFY 14-daha,  18-uyning fasad qismini bazalit qoplamasi bilan qoplash ishlarini doimiy nazorat qilib kelmoqda.

Bugun ushbu jarayon ham kuzatildi va mas’ullar,  quruvchi-pudratchi tashkilot rahbari bilan uchrashdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#onlayn

Ayni damda  shahar  hokimi  Alisher  Rayimov,  shahar prokurori Ulug‘bek  Xabiljonov,  IIB boshlig‘i  Abid Aripov,  DSI boshlig‘i  Jamshid Usmanovlar "Gulzor"  mahallasida shahardagi mavjud  mahalla raislari,  boshqaruv servis  kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashmoqda.

Unda 4 ta sektor kesimida shahardagi mavjud  46 ta mahalla va shahar markaziy ko‘chalari, xiyobon va maydonlarini obodonlashtirish,  bahorgi yumushlar bilan shug‘ullanish  va ko‘p qavatli  uylarning ichki va tashqi  qismi,  yon-atrofi,  kommunikasiya  tarmoqlarini tartibga  keltirish bilan bog‘liq  masalalarni muhokama qilmoqdalar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube