Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
103K photos
7.98K videos
117 files
20.9K links
Download Telegram
14 DMTTda "YASHIL MAKON"
Angren shahar XTBga qarashli 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilishi munosabati bilan "Ona tilim, millat ko‘zgusi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirda kirish so‘zni o‘zining sammimiy dil izhorlari va bayram tabrigi bilan maktabimizning O‘IBDO‘ B. Xatamova ustoz ochib berdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tilimizni ulug‘lovchi she'rlar,allalar,qo‘shiqlar ijro etildi. Ona tili va adabiyotimizning rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy siymosi va uning "Farhod va Shirin" dostonidan parcha, o‘zbek romanchiligimizning asoschisi bo‘lgan Abdulla Qodiriyning " Mehrobdan chayon "asaridan olingan parchalar maktab o‘quvchilari tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.
Mohirona ijro etilgan raqslar esa davraga o‘zgacha fayz va joziba olib kirdi.

Tadbir juda ajoyib va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlar yana bir bor ona tilimizning naqadar jozibador va jilvakor ekanligiga amin bo‘lishdi.
Ulug‘bek Xabiljonov - Angren shahar prokurori:

- Toshkent viloyati hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining  barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish hamda jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan “Zarbdor
oylik” e'lon qilindi.

Mazkur tadbirni o‘tkazish bo‘yicha idoralararo hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risidagi Qo‘shma farmoyishi Angren shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi. Tegishli xizmatlarga ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Angren shahrida  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlan maqsadida «Zarbdor» tezkor-profilaktik oyligi o'tkazilmoqda.

Angren shahar  prokurri Ulug‘bek  Xabiljonov,  shahar  IIB  boshlig'i Abid Aripovlar  2-mintaqada bo'ldilar.

Unda  navbatchi xodimlarga  "Zarbdor oylik"  tezkor-profilaktik tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni tushuntirdilar.

Tadbir doirasida amalga oshiriladigan vazifalar va ko‘rsatmalar asosida hudud osoyishtaligi uchun shahar ko‘chalari mahalla va dahalarda amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarni ta'kidladilar.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Ана холос: Яна Қибрай, яна фирибгарлик!

Ер сотган эр бўлмайди, деган гаплар эскирганга ўхшайди. Бўлмаса фуқаро Б.Т. яна бир фуқаро Н.нинг ишончига кириб, унга гўёки Ўрта Чирчиқ тумани қурилиш бўлимида ишловчи танишлари орқали “ИстиқлолМФЙ ҳудудидаги 90 гектар ер майдонини аукцион орқали 49 йил муддатга фойдаланиш учун ютиб беришини ваъда қилардими?

У "ёрдами" эвазига 30 000 АҚШ доллар олишни кўзлаган. Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Қибрай туман бўлими томонидан ҳамкорликда ўтказилган тадбирда фирибгар долларларни "қуртдек" санаётган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

📌Мазкур ҳолат бўйича жиноят кодексининг тегишли моддалари бўйича иш қўзғатилган.

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from ITMA Angren_IM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
#33_yoshda

⚡️⚡️QADRING BALAND BO'LSIN, JONAJON TILIM❗️

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan 9-10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida she'r va g'azallarni ifodali o'qish tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
G'azal - 10-v sinf o'quvchisi Abduvaliyeva Mehrangiz.
Angren shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi aholini  band qilish maqsadida kasb-hunarga yo‘naltirish, zarur ko‘nikmalar berishda mavjud imkoniyatlardan foydalanib kelmoqda.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan band bo‘lmagan, ya’ni, "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari"dagi fuqarolar hamda kasb-hunarga ega bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Bugun 20.10.2022 yil kuni kompyuter operatori  yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlagan fuqarolarga sertifikatlarni topshirildi.