Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#3_sektor

Angren shahar sektorlar rahbarlari tomonidan mahallalar ichki ko‘chalarida  shag‘allashtirish ishlari davom etayapti.

Bugun shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Abid  Aripovning tashabbusi va sa’y-harakatlari  bilan sektor hududidagi "Zarbuloq" MFYning "Oltinbel"  hamda "Zarbuloq" ko‘chalar yo‘llariga shag‘al keltirildi va  shag‘allashtirish jarayoni olib borildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#3_sektor

Angren shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari  Abid Aripov tomonidan sektor hududiga qarashli bo‘lgan "Obod" MFY aholisi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaat va muammolar ijobiy xal etildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
14 DMTTda "YASHIL MAKON"
Angren shahar XTBga qarashli 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilishi munosabati bilan "Ona tilim, millat ko‘zgusi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirda kirish so‘zni o‘zining sammimiy dil izhorlari va bayram tabrigi bilan maktabimizning O‘IBDO‘ B. Xatamova ustoz ochib berdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tilimizni ulug‘lovchi she'rlar,allalar,qo‘shiqlar ijro etildi. Ona tili va adabiyotimizning rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy siymosi va uning "Farhod va Shirin" dostonidan parcha, o‘zbek romanchiligimizning asoschisi bo‘lgan Abdulla Qodiriyning " Mehrobdan chayon "asaridan olingan parchalar maktab o‘quvchilari tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.
Mohirona ijro etilgan raqslar esa davraga o‘zgacha fayz va joziba olib kirdi.

Tadbir juda ajoyib va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlar yana bir bor ona tilimizning naqadar jozibador va jilvakor ekanligiga amin bo‘lishdi.
Ulug‘bek Xabiljonov - Angren shahar prokurori:

- Toshkent viloyati hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining  barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish hamda jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan “Zarbdor
oylik” e'lon qilindi.

Mazkur tadbirni o‘tkazish bo‘yicha idoralararo hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risidagi Qo‘shma farmoyishi Angren shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi. Tegishli xizmatlarga ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Angren shahrida  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlan maqsadida «Zarbdor» tezkor-profilaktik oyligi o'tkazilmoqda.

Angren shahar  prokurri Ulug‘bek  Xabiljonov,  shahar  IIB  boshlig'i Abid Aripovlar  2-mintaqada bo'ldilar.

Unda  navbatchi xodimlarga  "Zarbdor oylik"  tezkor-profilaktik tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni tushuntirdilar.

Tadbir doirasida amalga oshiriladigan vazifalar va ko‘rsatmalar asosida hudud osoyishtaligi uchun shahar ko‘chalari mahalla va dahalarda amalga oshirish lozim bo'lgan ishlarni ta'kidladilar.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7