Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#shahar_Kengashi
#davra_suhbati
Bugun Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, shaharning tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi birinchi masala, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6108-sonli Farmoni asosida 18-umumta’lim maktabining direktor lavozimi masalasi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish natijalari muhokama qilindi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Kun tartibidagi ikkinchi Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirladiri  masalasi ko‘rilib,  unda Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy  komissiya  raisi  Erkin Ergashev so‘zga chiqdi.

"Eng namunali ma’naviyat  xonasi"  tanlovi uchun mablag‘ ajratish taklifi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi raisi Alisher Rayimov olib borgan sessiya kun tartibidagi uchinchi masala. jumladan, Angren shahar prokuraturasining 2022-yil 30- sentyabrdagi 9/3/22-sonli hamda 9/1/22-sonli taqdimnomalari to‘g‘risida bo‘lib,  unda  "Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" raisi Rahmon  Davlyatovning  axboroti  tinglandi.

Sessiya  kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar  atroflicha  muhokama  qilindi.

Deputatlar fikr-mulohazalari bildirilib,  qaror loyihalari tasdiqlandi.

Sessiya o'z ishini yakunladi.
#3_sektor

Angren shahar sektorlar rahbarlari tomonidan mahallalar ichki ko‘chalarida  shag‘allashtirish ishlari davom etayapti.

Bugun shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Abid  Aripovning tashabbusi va sa’y-harakatlari  bilan sektor hududidagi "Zarbuloq" MFYning "Oltinbel"  hamda "Zarbuloq" ko‘chalar yo‘llariga shag‘al keltirildi va  shag‘allashtirish jarayoni olib borildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#3_sektor

Angren shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari  Abid Aripov tomonidan sektor hududiga qarashli bo‘lgan "Obod" MFY aholisi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaat va muammolar ijobiy xal etildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
14 DMTTda "YASHIL MAKON"
Angren shahar XTBga qarashli 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilishi munosabati bilan "Ona tilim, millat ko‘zgusi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirda kirish so‘zni o‘zining sammimiy dil izhorlari va bayram tabrigi bilan maktabimizning O‘IBDO‘ B. Xatamova ustoz ochib berdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tilimizni ulug‘lovchi she'rlar,allalar,qo‘shiqlar ijro etildi. Ona tili va adabiyotimizning rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy siymosi va uning "Farhod va Shirin" dostonidan parcha, o‘zbek romanchiligimizning asoschisi bo‘lgan Abdulla Qodiriyning " Mehrobdan chayon "asaridan olingan parchalar maktab o‘quvchilari tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.
Mohirona ijro etilgan raqslar esa davraga o‘zgacha fayz va joziba olib kirdi.

Tadbir juda ajoyib va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi-yoshlar yana bir bor ona tilimizning naqadar jozibador va jilvakor ekanligiga amin bo‘lishdi.