Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
103K photos
7.96K videos
117 files
20.8K links
Download Telegram
"ANGREN ISSIQLIK ENERGIYASI" DUK "TMB" bolimi ishchi xodimlari tomonidan Angren shahar 5/4 dahasida joylashgan 4-sonli va 1-sonli nasos stansiyalarida dvigatel va zahira nasoslarni boyash ishlari amalga oshirildi.
@angrenhokimligi_7
Angren shahar  prokurori  Ulug‘bek  Xabiljonov 14-, 17-umumiy o‘rta  ta’lim  maktablarida bo'ldi.

Unda "Tashabbusli byudjet"  loyihasi doirasida maktab sport o‘yingohida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
@angrenhokimligi_7
#1_sektor

Angren shahrida  aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, turmush tarziga  qulay sharoitlar yaratish maqsadida sektorlar kesimida mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bugun 1-sektor tarkibida bo‘lgan "Sog‘lom"  mahallasida fuqarolarning murojaatlari ko‘rildi.

Shahar hokimining  o‘rinbosarlari Salim Anarboyev,  Mavluda Abdurahmonova hamda mutasaddi  tashkilotlar  rahbarlari  ishtirokida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ichimlik  suvi,  elektr energiya hamda ichki ko‘chalar yo‘lini tekislash bilan bog‘liq muammolari ko‘rildi.
@angrenhokimligi_7
Shahar hokimining o‘rinbosari  Salim Anarboyev yurtimizda mahallalar obodligiga  qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati,  ayniqsa,  "Tashabbusli byudjet"  platformasi orqali hududdagi muammolarni hal etishning  imkoniyatlari  to‘g‘risida,  "Angrenshahargaz"  GTB rahbari Sardor Mirzamiddinov fuqarolarning gaz hisoblagichlari va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savollariga javob berdi.  Angren SHETK rahbari  Bekzodxon Nimatullayev mahalladagi eski simyog‘ochlarni  yangisiga almashtirish  tartibi xususida gapirdi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish  markazi rahbari  A. Mirzaxonov ish o‘rinlari bo‘yicha  fuqaroning  murojaatini ko‘rdi.

"Sog‘lom"  mahallasida qabul davomida jami 15 ta murojaat ko‘rildi va ijrosi ta’minlanishi uchun mas’ullarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.
@angrenhokimligi_7
Kitob- umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbaidir...

Qizlarimiz bu yo‘lda o‘zlariga kerakli bilimlarga ega bolishlari uchun Angren shahar "Hakkarman-Yangi Jigariston" mahallasida joylashgan 39-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Xalqaro qishloq ayollari kuni" ga bag'ishlab "Kitob - bilim manbai" mavzusida qizlar ishtirokida kitobxonlik  tadbiri bòlib o‘tdi.

Tadbir qiziqarli ma'lumotlarga boy bo‘ldi.
@angrenhokimligi_7