Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.59K subscribers
114K photos
8.62K videos
133 files
22.5K links
Download Telegram
DEPUTAT O'QITUVCHILARNI BAYRAM BILAN QUTLADI

Oʻqituvchi,  murabbiy, tarbiyachi... Inson hayotining gultojidir.

Angren shahrida "Ustoz va murabbiylar kuni"  munosabati bilan keng koʻlamli tadbirlar nishonlanmoqda.

Xususan,  "Geolog"  mahallasida joylashgan 35-umumiy  oʻrta taʼlim maktabida tadbir oʻzgacha ruhda oʻtdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Nosirjon Aminov ushbu maktabda boʻldi va pedagoglarni kasb bayrami bilan qutladi.

Shuningdek, tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi  deputati Nosirjon Aminov 35-umumiy  oʻrta taʼlim maktabi jamoasi "Butunjahon tozalik kuni"  munosabati bilan oʻtkazilgan  tanlovning "Eng toza taʼlim muassasasi"  nominatsiyasi  boʻyicha  1-oʻrinni qoʻlga kiritgani munosabati  bilan Oʻzbekiston  Ekologik  partiyasi Markpziy Kengashi  Ijroiya qoʻmitasi tomonidan taqdirlangan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻasini topshirdi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#onlayn

Ayni vaqtda “NURAFSHON BUSINESS CITY" hududidagi amfiteatrda 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Tantanali kechada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻz olib, oʻqituvchi-murabbiylar hamda ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Bayram tafsilotlari fotoreportajda

Jonli efirda tomosha qilish👇
🌐
YouTube
✴️"1-oktabr- Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan joriy yilning 30 sentabr kuni Angren pedagogika kollejida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
✴️Bayram munosabati bilan ustoz-murabbiylar va iqtidorli o'quvchilar ta'lim muassasasi mamuriyati, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasining tashakkurnoma va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
✴️Tadbirda o'quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar va ta'lim muassasasining sobiq bitiruvchilarining samimiy tabriklari bilan davom etdi.
Angren shahar  "Yangi Go'shsoy" mahallasi xodimlari tomonidan ko'p yillar davomida ta'lim tizimida mehnat qilgan, bugungi kunga shukronalik keltirayotgan aziz ustozlarni 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan xonadonlariga borib tabriklashdilar.

Ustozlarga va ularning oila vakillariga bayram sovg'alari ulashildi.
O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI BILAN!

Yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o’qituvchi – murabbiylar timsolida, ertangi kunimizning porloq kelajagi o’g’il - qizlarimiz baxtini ko’ramiz.
Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

▫️Веб-сайт ▫️ Telegram ▫️ Facebook ▫️ Instagram
С ДНЁМ УЧИТЕЛЕЙ И НАСТАВНИКОВ!

Уважаемые учителя и наставники! Поздравляем вас с профессиональным праздником!
Спасибо за вашу мудрость и терпение! Ваш каждодневный путь — это путь к вершинам знаний. Ваше призвание делает вас людьми доброй славы и большого уважения.
Желаем вам крепкого здоровья и вечной гармонии сердца и души. Пусть в жизни будут новые победы, в деятельности будет много ярких идей, а в доме всегда — счастье!

▫️Веб-сайт ▫️ Telegram ▫️ Facebook ▫️ Instagram
#tabrik
•1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

MUALLIMLARGA

Bodi sabo yanglig‘ o‘tgan hayotda,
Kim ifor sochadi, kim gard-g‘uborlar.
O‘rganish farz-ku, har musulmonga,
O‘rgatuvchi bo‘lar tolesi borlar.

Qog‘oz bergan emas muallim nomin,
Mehnat ulug‘laydi ahli ilmni.
Axir o‘rgatmasa harflar sirin,
Qanday ochar edim qulfi dilimni?!

Jahon mulkiga boq fitrating ochib,
Qay ulus farovon – ustoz izzatda.
Tarixlar guvoh-ku, ustozlar shoh-u,
Shoh alar qoshida hurmat, xizmatda.

Kimki kamol topsa ziyoli bo‘lib,
Tug‘ilganiga ming sharaflar bo‘lsin.
Yulduzlar qutlasin har yangi yoshin,
Yuragiga baxtu farahlar to‘lsin!

Otabek BAKIROV,
"Ulugʻ yoʻl" gazetasi muharriri

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7