Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.51K subscribers
113K photos
8.52K videos
131 files
22.3K links
Download Telegram
#Angren

Xorijliklar sport anjomlari sovg'a qildilar

Angren shahridagi 34- sonli maktab internatida "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan hayriya tadbiri tashkil etildi.

Unda elchixona tomonidan besh ming yevro mablag‘i miqdorida sport anjomlari tuhfa qilindi.

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘p yillar davomida mamlakatimizda ommaviy sportni targ‘ib qilishga alohida etibor qaratib kelmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad fuqarolik jamiyati hamda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘rsatgan tashabbusi va g‘amxo‘rliklaridan yurtimizdagi bir qator sport maktablari nogironlar uyishmalari hamda maxsus maktab internatlari bahramand bolishayabdi.

34-sonli maktab internatiga keltirilgan sovg‘alarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir qatnashchilari ham ko'rsatilgan g‘amxo‘rlikdan mamnun bo'ldilar.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#Vatanparvarlik_oyligi
#Yoshlar_Forumi_2021
#Zakovat
Õzbekiston yoshlari forumi-2021 hamda Qurolli Kuchlarimizning tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan 42219-harbiy qismda Qurolli Kuchlar tarkibiga kirivchi harbiy qism va muassasalardagi harbiy hizmatchilar òrtasida "ZAKOVAT" intelektual òyini bòlib òtdi.
Òyinda IIB "QALQON" jamoasi ģoliblikni qòlga kiritdi va diplom esdalik sovģalar bilan taqdirlandi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аngren shahrida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etilgan sanaga bag'ishlangan ma'naviy tadbir bo'lib oztdi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#maktabga_nigoh
#faxr

Angren shahar 39-maktabimizning ahil jamoamiz bilan birga ta'lim sifatiga nihoyatda katta e'tibor qaratib, o'quvchilari bo'shliqlari bilan ishlab katta natijalarga erishmoqdamiz!

Natijada bu yil 91 nafar o'quvchidan 52 nafari OTM ga o'qishga kirdi. Maktablar o'rtasida 9-, 10-, 11 - sinflar o'rtasida fanlar kesimida olimpiadada 20 nafar o'quvchimiz viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

Xalqaro olimpiadada esa 9-sinf o'quvchimiz Nozima Mamasoliyeva biоlogiya yo'nalishida viloyat bosqichida g'olib bo'lib, Respublika bosqichining xalqaro olimpiadasiga yo'llanma oldi.

Yoshlar agentligi bilan "Barkamol avlod" markazi hamkorligida o'tkazilgan viloyatlar aro musobaqada, "Mental arifmetika" yo'nalishi bo'yicha uch nafar o'quvchimiz Respublika g'olibiga aylandi.

Bunday yutuqlarni ko'pini sanashim mumkin. Maktabimizda kurash , volleybol, shaxmat va ko'plab to'garaklar tashkil etilgan.

Misol uchun kurash to'garagimizning o'zida 30 ga yaqin turli vaznda chempionlarimiz mavjud! Bularning hammasi bizning ahil jamoamiz natijasidir!

G. Baxodirova,
Angren shahar
39-maktab rahbari
@angrenhokimligi_7
#turizm

Самарқандга саёҳат уюштирилди

Ангрен шаҳрида ўтказилган "Ватан тараққиётига менинг ҳиссам" ва "Миллий алла" танлови ғолиблари Тошкент вилояти Маданий мерос бошқармаси ташаббуси билан Самарқанд шаҳрига саёҳат уюштирилди.

Унда шаҳримиз вакиллари қадимий Самарқанднинг тарихий қадамжоларига бордилар ва аждодларимиз меъросини кўздан кечирдилар.

Ангрен шаҳар ҳокимлиги, Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси, шаҳар Маданият бўлими ҳамкорлигида ўтказилган танлов ғолиблари учун саёҳат уюштириш энг яхши рағбат бўлди.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7