Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.6K subscribers
118K photos
8.81K videos
133 files
23K links
Download Telegram
“Apartak koni koni o‘z tarixida ilk bor 1 million tonnalik marrani zabt etdi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram
#Xushxabar

“Apartak” koni: 1 million tonnalik marra zabt etildi

“Apartak koni koni o‘z tarixida ilk bor 1 million tonnalik marrani zabt etdi. Agar ushbu kon yiliga o‘rtacha 387,5 ming tonna ko‘mir qazib chiqarish quvvatiga egaligini inobatga olsak, ushbu ko‘rsatkich salmog‘i naqadar yuqori ekanligi oydinlashadi.

Bir milliard 800 ming tonnalik zaxiraga ega “Angren” ko‘mir havzasida faoliyat olib borayotgan “Apartak” ko‘mir koni tarixi 1968 yildan boshlanadi. Dastlab bu yerda “Qizilqum” starateli jamoasi kon ochish va ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2001 yilda “Apartak” ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kon “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda konda ustki qatlamni ochish va ko‘mir qazib chiqarish hajmlarini yil sayin ko‘paytirib borilmoqda. Agar 2016 yili bu yerda konda 152,1 ming tonna ko‘mir qazib chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 355,1, 2020 yilda 456,0, 2021 yilda 767,8 ming tonnani tashkil etdi. O‘tgan yili 831,4 ming tonna ko‘mir qazib olindi.

Kon jamoasi joriy yilda 1350 ming tonna yoqilg‘i qazib chiqarishni rejalashtirilgan. Bu boradagi to‘qqiz oylik reja muddatidan oldin ortig‘i bilan ado etildi.

‒ Konimizga zamonaviy kon-texnikalari biriktirib berilgani ishlab chiqarishni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Rahbariyat tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil etilayotgani, o‘z kasbini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislarimizning g‘ayrat-shijoati ham yutuqlarimizning omili bo‘layapti, ‒ deydi bo‘lim boshlig‘i Lutfulla Nosirov.

Ikki yuz yigirma kishi mehnat qilayotgan korxonaga bu yil 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega o‘nta “Komatsu” avtosamosvali va boshqa zamonaviy kon-texnikalari biriktirildi. Hozirgi kunda bu yerda 4 ta (EKG) 4 ta gidravlik ekskavator, 3 ta buldozer, 1 ta avtkran, 1 ta avtogreyder, 10 ta “Komatsu” (90 tn), 4 ta “FT) avtosamosval, burg‘ulash qurilmasi, konveyer liniyasi ishlab turibdi.

Tog‘ ustalari Dilshod Ro‘ziboev, Jo‘rabek Noraliev, Abdurasul Rustamqulov, Yo‘ldosh Nomozboev, ekskavator mashinistlari Kamol Soliev, Botir Nurmatov, shuhrat Nishonboev, aka-uka Ozod va Azamat Abdurahmonovlar, Farhod Bekovlar ko‘mir qazib olishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda.

Lutfulla Nosirovning mamnuniyat bilan qayd etishicha, erishilayotgan yutuqlarda energetik Farruh Masharipov, katta mexanik vazifasini bajaruvchi Jahongir Avalmirzaev, nozimxona xodimi Davron Ashurov, mexanik Dilshod Abdurahmonov va boshqa ko‘plab mutaxassis konchilarning hissasi katta bo‘lmoqda.

“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati


Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram
Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкасига бўлган ҳуқуқни эътироф этиш учун фуқаролар қайси ташкилотга мурожаат қилишлари керак?

Жавоб:
- Фуқаролар ҳеч қайси ташкилотга мурожаат этишлари керак эмас. Давлат идоралари фуқароларга хизмат қилади тамойили асосида Кадастр агентлиги томонидан республика бўйича туманлар ва маҳаллалар кесимида яъни қайси маҳаллада ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ва уларда қурилган бино иншоотларга нисбатан ҳуқуқларнинг эътироф этилишини кўриб чиқилиши юзасидан режа ишлаб чиқилади ва мазкур режа асосида ишлар амалга оширилади. Бу режа ОАВ лар, ижтимоий тармоқлар ҳамда маҳаллаларда эълон қилиниб борилади.

❗️Эслатма, Қонун жорий йилнинг 8 ноябрь санасидан кучга киради

Ҳуқуқий асос: ЎРҚ-937-сон, 05.08.2024 й.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/Jasur_Axrorov
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3400 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 599 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 246 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 519 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 247 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 302 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 25 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 49 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 120 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 118 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 202 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 21 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#2_сектор

Ангрен шаҳар прокуратурасида 2-сектор кесимида "маҳалла еттилиги" фаолиятига бағишланган йиғилиш ўтказилди.

Унда шаҳар прокурори, 2-сектор раҳбари Аллаёр Хайриддинов маҳалла ходимларининг ўз йўналишларида зиммаларига юклатилган вазифалар ижросини таъминлаш бўйича жорий йилнинг тўққиз ойи давомида бажарган ишларини танқидий-таҳлил қилди.

Маҳалла ходимлари ўз вазифалари юзасидан ҳисобот бердилар.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
Шаҳар ҳокимининг ўринбосари М.Абдурахмонова "Тараққиёт" маҳалласида бўлди.

Унда "Камбағалликдан фаровонлик сари" дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
#кун_мавзуси

Ангрен шаҳрида аҳолининг, айниқса, энг кам таъминланган, имконияти чекланган, ногиронлиги бўлган оилаларнинг турмуш тарзини яхшилашга эътибор кучайтирилди.

Шаҳар ҳокими Алишер Райимов бошчилигида шаҳар ИИБ бошлиғи А.Мирходжаев, Солиқ инспекцияси бошлиғи Б.Шомирзаев, ҳоким ўринбосари М.Абдурахмонова, "Инсон" ижтимоий хизматлар маркази раҳбари М.Мансуров, Маҳаллалар уюшмаси раҳбари З.Ходжиматов ҳамда мутасадди ташкилотлар масъуллари, маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари, хотин-қизлар фаоллари, ёшлар етакчилари, ижтимоий ходимлари иштирокида "Камбағалликдан фаровонлик сари" тамойилининг муҳим омиллари, белгиланган вазифаларига бағишланган йиғилиш бўлди.

Унда камбағал оилаларнинг турмуш тарзини янада яхшилашда белгиланган мезонлар асосида индивидуал дастур ишлаб чиқиш ва унинг самарадорлигини таъминлаш юзасидан зарур таклиф, тавсиялар берилди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtub