Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.32K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
Xabar berganimizdek,  bugun Angren shahrida yoshlar daftariga kiritilgan nogironligi bor yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg’armasi hisobidan elektron nogironlik aravachalari berildi.

Jumladan, Navro’z, Bobotog’, Chinniobod mahallalarida istiqomat qiluvchi  yoshlarga  shahar hokimi A. Rayimov boshchiligida hokim o‘rinbosari M.Abduraxmonova, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi rahbari A.Parpiyevlar elektron nogironlar aravachasini etkazdilar.

Fotosuratlarda "Chinniobod"  MFY
Ангрен шаҳар ҳокими Алишер Райимов, ҳоким ўринбосари М.Абдурахмонова, Ёшлар ишлари агентлиги шаҳар бўлими раҳбари А. Парпиевлар "Боботоғ" маҳалласида бўлган чоғида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 сентябрдаги "Хотин-қизлар бандлигини ошириш ва саломатлигини мустаҳкамлашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПҚ-376-сонли
Қарорига мувофиқ,янги ташкил этилиши кўзда тутилган  хотин-қизлар тадбиркорлик марказининг фаолияти билан танишдилар.


📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Profilaktika

# Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"

Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida targ’ibot ishlari Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan “Toshkent Markaziy Geologiya Qidiruv Ekspeditsiyasi” korxonasi va 4-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida ishlovchi ishchi va xizmatchilar bilan o’tkazildi.

Targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, yong’in qutqaruv texnikalarning imkoniyatlari, namoyish etilb, yig’ilganlarga sohaga oid videoroliklar namoyishi tashkillashtirildi.

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati